Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
502 Sport o‘yinlari o‘quvchilarning sog‘ligi va axloqiga ko‘p foyda beradi. Ta’lim-tarbiya vazirligi sport va sport ishlariga alohida e’tibor berib, darslik programmalarida sport o‘yinlari uchun o‘quv soatlari ajratilgan. Bu vazirlik to- monidan bu sohani o‘rgatadigan o‘qituvchilar tayinlanib, har yili musobaqalar uyushtiriladi va unda yutib chiqqanlar uchun mukofotlar belgilanadi. Lekin o‘yinlarning foydasi faqat quyidagi odoblarga rioya qilgandagina bo‘ladi. 1. O‘ynamoqchi bo‘lgan bola o‘yin vaqtida o‘rtoqlari bilan go‘zal odoblarga rioya qilgan holda o‘ynashi kerak. 2. O‘yin vaqtida hazillashib yomon so‘zlar va uyatsiz gaplarni aytmasin. Chunki kim o‘yin vaqtida tilini yomon so‘zlarga o‘rgatib qo‘ysa, jiddiy turgan vaqtlarida ham yomon so‘zlarni tilga oladigan bo‘lib qoladi. 3. Agar ikki guruh o‘ynayotgan bo‘lsa, biri yutib chiqsa, unisini mazah qilishi va ustidan kulishi uchun biri boshqasini o‘ziga dushman sanamasin. 4. O‘ynayotganlardan biri boshqasiga ozor berish, uni urish, kiyimini yirtish yoki erga yiqitishga harakat qilmasin. Chunki o‘ynovchi arzimas deb sanayotgan bu ishlar ba’zida o‘ta achinarli natijalar bilan tugaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 503 5. Futbol va basketbol kabi odatiy o‘yinlarni o‘ynasin. 6. Har bir o‘yinda o‘zining va o‘zi bilan o‘ynayotgan bolalarning kiyimlarini yirtish va kir qilib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lsin. 7. Ovqat egandan keyin darhol o‘ynamasin. Chunki bu narsa oshqozonga zarar qilib, jismni qiynab qo‘yadi. 8. Bolalar o‘yinlarni me’yorida o‘ynasinlar. Chunki charchab qolib maktab vazifalarini tayyorlashga kuch topa olmasliklari mumkin. 9. Qurol-aslaha yoki gugurt kabi uy jiho- zlariga talafot yetkazadigan, koptok kabi dera- za oynalarini va chiroqlarni sindiradigan nar- salarni o‘ynamasin. 10. O‘yin uchun munosib vaqt tanlasin va odamlar dam oladigan yoki uxlaydigan, ma- salan peshin vaqtiga o‘xshagan vaqtlarda o‘ynamasin. 11. Shuningdek, o‘yin uchun munosib joy ham tanlasin. Odam lar va mashinalar o‘tadigan ko‘chalarda o‘ynamasin. Bog‘lar va oqar su- vlarga yaqin, bahavo joylar o‘yin uchun eng yaxshi joylardir. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling