Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
508
Maqollar
1. Vaqt g‘animat, o‘tsa nadomat.
2.
Vaqting ketdi, baxting ketdi.
3. Gap ko‘p – umr oz.
4. Yozda ishlamagan qishda kesak yer.
5. Yo‘qotilgan oltin topilar, yo‘qotilgan vaqt
topilmas.
6. O‘tgan vaqt yo‘qolgan oltindan qimmat.
Hikmat
Abu Bakr Siddiqdan shunday rivoyat qili-
nadi: “Uch narsani uch narsa bilan topib bo‘l-
maydi:
1. Boylikni orzu bilan topib bo‘lmaydi;
2. Yoshlikni bo‘yanish bilan topib bo‘lmaydi;
3. Sog‘liqni dori-darmon bilan topib bo‘l-
maydi”.
Yoshlik qadriga yetish
a
ziz bolalar, yoshlik davri g‘animatdir. U
juda tez o‘tib ketadi. Yaqindagina mak-
tabda o‘qib yurgan bolalar ko‘z ochib yumgun-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
509
cha ulg‘ayib, turli sohalarada ishlaydilar. Xul-
las, bilgan kishiga vaqt suvdek oqib o‘tib ketadi.
Shu sabab yoshlikni qadriga yetish, uni foydali
ishlar va mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish kerak.
Jumladan,
ilm va odobni, biron kasb-hunarni
o‘rganish har bir bola uchun muhimdir. To‘g‘ri,
bolalarni vaqti-vaqti bilan o‘rtoqlari
bilan
o‘ynashdan qaytarilmaydi. Ammo bolalikning
hamma vaqtini o‘yin-kulgu bilan o‘tkazish
to‘g‘ri emas. Balki bolalik chog‘ida ilm olish qay
darajada ahamiyatli
ekanini tushunib yetsak,
yoshimiz ulg‘ayganida uning mevasini ko‘ramiz.
Rivoyatlarda kelishicha, tabobat ilmining katta
olimi Abu Ali ibn Sino 18 yoshiga qadar juda
ko‘p ilmlarni egallab, 20-25
yoshlarida yetuk
olimlik maqomini egallagan edi. Ko‘rdingizmi,
bolalar, har bir bola yoshligini g‘animat bilib, bu
vaqtlardan unumli foydalansa, katta bo‘lganida
egallagan ilmi o‘ziga juda ko‘p foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: