Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
510
2. Sizlarda yoshlik kuch-quvvati bor ekan,
uni zoe ketkazmasdan burchingizni bajarishga
sarflang.
3. Yoshlik sofligini saqlab qolishning eng
yaxshi yo‘li – yomon xislatlarga ko‘ngildan
o‘rin bermaslik, bolalikni saqlab qolish. Bola-
lik sofligini saqlab qolgan kishilar dunyoda eng
baxtlidir.
Kundalik ishlarni tartibga solish
shlash, dam olish va boshqa zaruriy yu-
mushlarni bajarish vaqtlarini tartibga kelti-
rish yuksalishning eng ulug‘ dasturidir. Tarti-
bsiz va pala-partish
ishlarda doim kamchilik
bo‘ladi. Bu insonning qoloqlikka qarab ketish-
iga, ishlaridan unum va baraka ko‘tarilishiga
sabab bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi tezkor zamonda
har bir ishni o‘z vaqtida bajarish, dam olish va
boshqa kerakli yumushlarga ham vaqt ajrata
bilish talab etiladi.
Tartibli yashash inson umrini barakali qila-
di. Vaqt qadrini bilmagan bola o‘z qadrini ham
yo‘qotadi. Vaqtning besh daqiqasi ham katta
ahamiyatga ega.
Chunki shu besh daqiqalar
yig‘ilsa, soatlarga,
soatlar kunlarga, kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
511
haf talar, haftalar oylarga,
oylar esa yillarga
aylanadi. Umrimiz yillardan iborat. Shunday
ekan, umrimizning kichik bo‘lagini ham behu-
da ishlarga sarflamasligimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: