Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
526
Televizorni me’yorida ko‘ring!
olajonlar, hozirgi vaqtda ko‘pchilik bolalar
televizor ko‘rish va kompyuter o‘yinlarini
juda yoqtiradi. Ayrimlari darsdan bo‘shagan
zahoti
uyiga borishni ham unutib, kompyut-
er oldida har xil o‘yinlarni o‘ynab kunni kech
qiladi. Ammo har bir ishda me’yorni saqlansa,
haddan oshilmasa, sog‘likka zarar bo‘lmaydi,
yana boshqa ishlari o‘lda-jo‘lda bo‘lib qolmaydi.
Ayrim qiz bolalar
uyga kelgan zahoti uy yu-
mushlarini bajarish va supurib-sidirish o‘rniga
hali kechgacha ulguraman, degan xayolda tele-
vizor oldida o‘tirib qoladi va onasidan dakki
eshitadi. Yaxshilab o‘ylab ko‘rilsa,
vaqt oltin-
dan qimmat ekani ayon bo‘ladi. Ayrim o‘g‘il-
qizlar televizorda behayo va bachkana filmlar,
bemehrlik, shafqatsizlik va axloqsizlikni targ‘ib
qiluvchi multfilmlarni ota-onalaridan yashirin-
cha ko‘rishga odatlanadi. Aslida bularni hech
bir inson ko‘rishi joiz emas. Zero, ular inson qa-
lbini qotirib, ma’naviyatini buzadi.
Shifokorlar bolalarning
televizorni qancha
muddat ko‘rishlari mumkinligi haqida kerakli
tavsiyalarni berishgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
Do'stlaringiz bilan baham: