Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

6. o‘qishda tanaffus zarur.
Dars mobaynida biroz tanaffus qilish tanaf-
fussiz o‘qishdan foydaliroq. Dam olib o‘qish ish-
ni qisqa va tez fursatda bajarishning sababidir.
Darsga tanaffus berish bir xillikdan qoch-
ish, kuchni oshirish, yanada unumli ishlash-
ga yordam beradi. Tinimsiz dars qilish zehnni 
charchatadi, sabrni ketkazadi va ilmni qabul 
qilish imkoniyatini kamaytiradi.
Lekin, dars orasidagi tanaffusni televizor 
ko‘rish, kompyuter o‘ynash, telefonda gaplash-
ish bilan emas, balki toza havoda yu-rish va 
jismoniy mashqlar qilish bilan o‘tkazish kerak.
7. Qiziquvchan bo‘lish.
Mavzularni yaxshilab o‘zlashtirish uchun 
qiziqish kerak. Har bir ma’lumotni alohida 
e’tibor va qiziqish bilan o‘qisak, zehnda yaxshi 
saqlanib qoladi. Shuningdek, bajara olmagan 
savolimizni kitoblardan xohish bilan qidirsak, 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
541
Imomi A’zamdan: “Qanday qilib chuqur 
bilim egasi bo‘lgansiz?” deb so‘rashganida, 
“Bilmaganimni o‘rganish uchun diqqat bilan 
tingladim, bilganlarimni qaytarishganda esa 
xuddi bilmagandek maroq bilan takrorladim”, 
deb javob bergan ekan. Bolalar shuni unut-
mangki, ko‘p ishlagandan ko‘ra unumli ish-
lashga harakat qi-lish kerak. Kitob bizga yuk 
emas, yo‘l ko‘rsatuvchidir.
8. Savollarni to‘g‘ri tushunish.
Imtihonga tayyorlanayotganda ko‘p savol-
larga javob topish kerak. Sizga berilayotgan 
savollarni to‘g‘ri tushunish javob berishni 
yen gillashtiradi. Savolni yaxshi tushunib ol-
magan odam uning javobiga ham qiynaladi 
yoki noto‘g‘ri javob beradi.
Unutmaslik kerakki, savolni to‘g‘ri tush-
unish va ishlayotgan mashq mohiyatini bilish 
masalaning yarmini yechish bilan barobar.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling