Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
554
– Agar xazinachi sen aytgan matoni berib 
yuborganida edi, men uni o‘sha zahoti ishdan 
bo‘shatgan bo‘lar edim, – dedi, so‘ngra o‘g‘liga 
taskin berdi.
Chiroqning yog‘i kimniki?
 
(Ibratli hikoya)
azrati Umarning xalifalik davrlarida uy-
lariga makkalik bir do‘sti mehmon bo‘lib 
keldi. Qorong‘i kecha edi. Hazrati Umar uyida 
davlat ishlari bilan mashg‘ul edi. Do‘stidan uzr 
so‘rab, biroz kutib turishini aytdi. Davlat ishi-
ni bitirganidan keyin, yonib turgan chiroqni 
o‘chirdi va boshqa chiroqni yoqdi. Do‘sti bun-
dan hayratlanib, sababini surishtirdi. Hazrati 
Umar shunday javob berdi:
– O‘chirilgan chiroqning yog‘i xazinanikidir, 
ya’ni davlatniki. U davlat ishlari ko‘rilayotgan 
paytda yonsa, menga halol bo‘ladi. Sen esa 
mening oshnamsan, suhbatimiz ham o‘zimizga 
tegishli bo‘ladi. Shu sababli o‘z pulimga olin-
gan ikkinchi chiroqni yoqib qo‘ydim. Davlat-
ning moli xususiy ishlarga qo‘llanilsa, yorug‘lik 
o‘rniga qorong‘ilik va uyat bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
555
Shijoat va jasorat
y aziz farzand! Bilginki, kimda shijoat 
ko‘p bo‘lsa, unda xilma-xil fazilatlar 
bo‘ladi. Shijoatli kishini hamma yaxshi ko‘radi. 
Shijoatli kishi jangda ham dushman diliga va-
hima solib, boshqalarni olg‘a yurishga ilhom-
lantiradi.
Jasorat insonning eng ulug‘ fazilatidir. Qo‘r-
qoqlik esa eng yomon xususiyatdir. Tarixda 
nom lari qolgan ulug‘ insonlar eng jasur va 
mard kishilar bo‘lishgan. Qo‘rqoq odamning aslo 
sharafi, or-nomusi va qadr-qiymati bo‘lmaydi. 
Bir so‘z bilan aytganda, quyon yurakning tarix-
da yaxshi nomi qolmaydi. Shijoat inson sharafi-
ni va qadrini ko‘taradi. Qo‘rqoqlik esa pastkash 
odamlarni yanada tubanlashtiradi.
Inson ruhiy tarafdan qancha kamolotga yet-
sa, shuncha jasur bo‘ladi. Insonning shijoati va 
jasorati uning kamolot darajasiga bog‘liq.
Aziz bolalar, tilimizdagi “matonat” so‘zi ham 
“mardlik”, “jasurlik”, “shijoat” ma’nolarida 
qo‘llaniladi. Matonat bu har bir insonning o‘z 
fikrida va so‘zida sabotli bo‘lishi, bir ishga qo‘l 
urganda uni oxirigacha yetkazish uchun mah-
kam turishi va barcha ishda sabr qilishdir. Ma-
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling