Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
558
masa, befoydadir. Ammo tana kuchsizroq bo‘lsa
ham, ammo qalbda g‘ayrat-shijoat bo‘lsa, ta-
naning kuchsizligi ahamiyatsizdir.
4. Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan
qo‘rqmaydi.
5. Qo‘rqmasang – yov qochar.
6. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi
odamlarning eng qo‘rqog‘idir.
7. Jahon ahli shijoatnikidir.
Jasur o‘g‘lon
(Ibratli hikoya)
Ibn Qutayba hikoya qiladiki, Umar ibn Xat-
tob yo‘l bo‘yida o‘ynayotgan
bolalar oldidan
o‘tayotgan edi. Ular orasida yosh Abdulloh ibn
Zubayr ham o‘ynayotgan edi.
Hazrati Umar-
ni ko‘rgan zahoti salobatidan qo‘rqib,
bolalar
o‘zini chetga olishdi. Lekin bir bolakay joyida
qimirlamay turaverdi. Undan boshqa hech kim
qolmadi. Mo‘minlar amiri unga yaqin keldi-da,
tabassum qilib:
– Nega do‘stlaring kabi sen ham chetga chiq-
mading? – deb so‘radi. Bola hazrati Umarga:
– Ey mo‘minlar amiri, aybim yo‘qki, sizdan
qo‘rqsam, yo‘l ham tor emaski, sizga bo‘shatay
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
559
desam, – deya mag‘rur javob qildi.
Bolaning
shijoatidan hazrati Umar xursand bo‘ldi. Ke-
lajakda ulug‘ inson bo‘lishiga umid bog‘ladi.
Yillar o‘tib, bu umid haqiqatga aylandi. Bola
ulg‘ayib, zamonaning ulug‘laridan biri –
sarkarda Abdulloh ibn Zubayr bo‘lib yetishdi.
Bu javob zamiridagi durdek yashirin ziyraklik
va go‘zal topqirlikka qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: