Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
562
uchun doim ilm olishi
va foydali ishlar bilan
shug‘ullanishi kerak. Dangasalik, ishyoqmaslik
zararli odat bo‘lib, dangasa bolalar dasrlarini
tayyorlashga erinadilar.
Tirishqoq bolalar esa
darslarini vaqtida bajarib, ro‘zg‘or
ishlari-
da ota-onalariga yordamlashadilar. Bu narsa
ularning kelgusida hayot tashvishlarini qiynal-
may bajarishlariga zamin yaratadi.
Bolalar lug‘ati
dangasalik
– mehnat qilishdan
qochish, ishyoqmaslik, tanballik,
yalqovlik.
Mehnatsevar
(mehnatkash) –
mehnat qilishni yaxshi ko‘radigan.
Ro‘zg‘or ishlari
– oila va
xo‘jalikka oid ishlar.
zamin yaratish
– biron narsaga asos solish,
sharoit va imkon yaratish.
Maqollar
1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan, mehnat
qilsang, davron surasan.
2. Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
563
3. Daraxt yaprog‘i bilan go‘zal, odam – meh-
nati bilan.
4. Bekorchidan Xudo bezor.
5. Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla.
6. Izlanganga tole yor.
7. Mehnat, mehnatning tagi rohat.
omonat
y farzand, ma’lum muddatga saqlash uc-
hun berilgan moddiy va ma’naviy nar-
salar omonatdir. Har bir inson o‘z mol-mulkini
asraganidek o‘zgalarga tegishli narsalarni ham
xuddi shunday asrab-avaylashi kerak. Omonat
saqlash jamiyatdagi insonlarning bir-biriga is-
honchini oshiradi.
Agar maktab hovlisidan biron narsa topib ol-
sang, u sening qo‘lingdagi omonatdir. U sening
mulking emas. Agar sen egasini qidirib topib,
narsasini unga qaytarib berish uchun maktab
direktoriga uchrasang, sen omonatga vafodor
inson bo‘lasan. Shu ishingni deb seni maktab
direktori, ustozlar va barcha o‘quvchilar yax-
shi ko‘radilar va seni maqtaydilar. Agar ega-
sini qidirmasdan uni o‘zingniki
qilib olsang,
sen xoin bo‘lasan. Ehtimol egasi tasodifan uni
www.ziyouz.com kutubxonasi