Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
568
Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng hokim Farruxga 
yuzlanib shunday dedi:
– U qayerga ketdi, endi qachon qaytib ke-
larkin? Derazani oldiga borib qarab tursak, 
qaytib kelayotgan bo‘lsa ko‘rinib qolarmikin?
Farrux joyidan qimirlamasdan shunday dedi:
– U kamida uch soatdan keyin qaytib ke-
ladi. Chunki kashtan daraxti bu yerdan juday-
am uzoq.
Shunda hokim Farruxga qarab o‘shqirdi:
– Sen nafaqat yolg‘onchisan, balki yana 
g‘irt ahmoqsan! Agar sen uzukni olmagan 
bo‘lganingda, u daraxt qayerda ekanini ham 
bilmagan bo‘lar eding. Sen mana bu hadisni 
eshitmaganmisan: “Ey insonlar! Hech qachon 
yolg‘on gapirmanglar! Yolg‘on va imon hech 
qachon birga bo‘lmaydi”.
Hokim Farruxga bu jinoyati uchun og‘ir 
jazo belgiladi.
Rostgo‘ylik fazilati
y farzandim, agar do‘stingdan yangi ol-
gan kiyimining narxini so‘rasang, u sen-
ga sotib olgan narxini to‘g‘ri aytsa, u to‘g‘ri 
so‘zdir. Agar narxiga ozgina bo‘lsa ham qo‘shib 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
569
aytsa, demak, u yolg‘onchidir. Agar senga bir 
do‘sting va’da qilib va’dasida qat’iy tursa, u 
va’dasiga sodiqdir. Agar va’dasida qat’iy tur-
masa, u yolg‘onchidir.
Agar ustoz bir o‘quvchiga uyda masala 
yechib kelishni topshirsa, u dangasalik qilib 
boshqa o‘quvchining daftaridan masala javo-
bini ko‘chirib olsa va ustoziga masalani o‘zim 
yechdim, desa, u yolg‘onchidir. Agar maktab 
direktori bir o‘quvchini guvohlik berish uchun 
chaqirsa va u eng qadrdon do‘stining zarari-
ga bo‘lsa ham haqiqatni ochiq aytsa, u to‘g‘ri 
so‘zdir. Agar guvohlik berishda biron narsani 
qo‘shsa yoki kamaytirsa, u yolg‘onchidir.
Mana shu misollardan ko‘rayapsanki, to‘g‘-
rilik so‘z yoki amalning haqiqatga to‘g‘ri ke-
lishidir. Sen maktabga bormaslik uchun yol-
g‘ondan o‘zingni betob qilib ko‘rsatishing yoki 
bilmaydigan narsang haqida xabar berishing 
yoki yolg‘on gapirayotganini bila turib birovni 
yolg‘on gapirishiga indamay qarab turishing 
bularning barchasi yolg‘onchilikdir.
To‘g‘ri so‘zlash foydalaridan biri shuki, rost 
so‘zlagan inson ko‘pchilik muhabbatini va is-
honchini qozonadi. Shuning uchun rostgo‘y 
o‘quvchini ota-onasi ham, ustozlari ham birday 
yaxshi ko‘radilar. Odamlar har doim rostgo‘y 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling