Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
584
Kechirimli bo‘lish fazilati
ziz farzandim, hech bir odam xatodan 
xoli emas. Hamma xato qiladi, yangli-
shadi. Yoki bironta ham xato va nuqsoni yo‘q 
mukammal bir insonni ko‘rganmisan? Yo‘q, 
bunday odam aslo bo‘lmas. Shunday ekan
odamlar bir-birining xato va kamchiliklarini 
kechirish, ularni tuzatishga harakat qilishlari 
va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, hayotda 
hamjihat bo‘lib yashashlari kerak. Hatto du-
shman deb qaralgan odamga ham insof bilan 
muomala qilinadi. Agar dushmanim deb unga 
zulm va adolatsizlik qilinsa, buning oqibati yo-
mon bo‘ladi. Kechirimlilik dushmanni do‘stga, 
bag‘ritoshlik esa do‘stni dushmanga aylantiri-
shi mumkin. Demak, bag‘rikeng va kechirimli 
bo‘lish hayotdagi shioring bo‘lsin!
Bolalar lug‘ati
Kechirimli bo‘lish
– birovning 
xatosini kechirish, bag‘rikeng va 
mehribonlik.
Yanglishmoq
adashish, xato 
qilish.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
585
Hamjihat
– ahil, inoq.
Bag‘ritoshlik
berahmlik, shafqatsizlik.
Bag‘rikenglik
– biron narsaga ochiq ko‘ngil 
bilan yondashish, qalbni keng qilish.
Foydali nasihatlar
1. Sen kechirish xislatini 
o‘zingga shior qil, atrofingdagilar-
dan arzimas gunohlari uchun yuz 
o‘giraverma!
2. Kechira olish mardlik va kechira olmaslik 
nomardlikdir.
3. Gunohkor kishining gunohini kechir, ado-
vat ildizini kes va qo‘porib tashla.
* * *
insoniy fazilatlar quyidagilardir:
1. Islomiyat.
2. Diyonat.
3. Ota-onani hurmat qilish.
4. Ilm-ma’rifat.
5. Idrok, fahm-farosat.
6. Sabr-qanoat.
7. Tartib-intizom.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling