Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
582 uning istaklari ermak va o‘yin, u alam va qayg‘u keltiradi. 7. Taomga ortiq darajada hirs qo‘yish xud- binu pastkash kishilarning axloqlaridandir. ochko‘zlik oqibati (Hikmat) uhammad ibn Yamoniy shunday dedi: “Olti kishidan olti narsa haqida so‘ra- ganimda bir xil javob olganim uchun bir umr ro‘za tutishni ixtiyor qildim. Tabiblardan: “Kasalliklar- ga eng shifoli narsa nima?”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi. Donishmandlar- dan: “Hikmat izlashda qaysi narsa ko‘proq yor- dam beradi?”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz yeyish”, deyish-di. Obidlardan: “Alloh ibodatida ko‘proq qaysi narsa foydaliroq”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi. Zohidlar- dan: “Zuhdga qaysi narsa ko‘proq undaydi”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi. Ulamolardan: “Ilm olishda qaysi narsa eng af- zali”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi. Podshohlardan taom va ishtaha ochu- vchining eng yoqimlisi haqida so‘raganimda, ular ham: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi”. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 583 * * * Imom Shofe’iy: “O‘n yildan beri to‘yib ovqat yemadim. Chunki to‘yib yeyish badan- ni og‘irlashtiradi, zakovatni (aql-idrokni) ket- kazadi, uyquni keltiradi va egasini ibodatdan qoldiradi”, degan ekan. Hakimlardan biri shunday degan: “Dunyon- ing ichiga kir, sayr qil, ko‘r, ammo ehtiyot bo‘l, dunyo sening ichingga kirib ketmasin!” otning tuyoqlari nechta? (Ibratli hikoya) ir kuni imom Abu Hanifa otda ketayot- gan edi. Shunda u zotdan: – Otning tuyoqlari nechta? – deb so‘rashdi. Imom otdan tushib, otning oyoqlarini sanab ko‘rdilar va: – To‘rtta, – deb javob berdi. Bu bilan javob berish haqida shogirdlarga katta saboq bergan edi. Aziz bolalar, ko‘rdingizmi, savolga javob berishda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Biron narsani aniq bilsa-da, yana bir mulohaza qilib javob berish lozim ekan. Zero, dono xalqimiz bekorga “etti o‘lchab, bir kes”, deb aytmagan. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling