Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
588 senda yo‘q yomon sifatlar bilan boshqa joyda seni yomonlashi mumkin. Saroy qayerda? (Ibratli hikoya) azrati Umar xalifaligi davrida xalqidan ajramas va ular qatorida hayot kechi- rardi. Kamtarin bo‘lganidan o‘zi uchun taxt qurdirmagan edi. Vizantiyalik bir hokim hazrati Umarning zi- yoratiga kelib, uni qidira boshladi. Qarasa sha- harda na saroy va na bir dang‘illama uy bor. Yo‘lda bir odamdan: “Xalifangiz qayerda?” deb so‘radi. Yo‘lovchi: “Xalifamiz shu yerda, qumlar ustida yotibdi”, debdi. Shunda hokim juda ham hayratda qolibdi. – Eron va Hindga farmon jo‘natgan xali- fa shumi? Toju taxti, saroyi yo‘qmi? Posbon- lar bilan qo‘riqlaydigan odamlari yo‘qmi? Bi- zning o‘lkamizda bo‘lsaydi, kattakon saroylari bo‘lardi. Shunchalik kamtarlik ham bo‘ladimi? – deb yoqa ushlab qolibdi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 589 Shukr qilish fazilati ziz bolalar, bilasizki, biz foydalanadi- gan barcha narsalarni mehribon Al- loh taolo beradi. Bular evaziga U Zotga shukr qilib, o‘sha ne’matlarni faqat yaxshilik yo‘lida ishlatishimiz kerak. Bir inson sizga ikki dona olma sovg‘a qilsa, bundan qanchalik quvona- siz. Alloh bizga behisob ne’matlarni ato qilib qo‘yibdi. Bularga, albatta, shukr qilish kerak. Yana o‘zingizga tegishli kitobni do‘stingizga o‘qish uchun bersangiz-u, ammo u kitob varaqlarini yirtib, muqovasini kir-chir qilib qaytarib bersa, qanchalik jahlingiz chiqadi. Shunday ekan, bizlar ham berilgan ne’matlarni avaylab-asrab, uni o‘z holicha saqlash va tanamizni turli illatlardan himoya qilishimiz lozim. Buning uchun ichkilik, tamaki chekish, sog‘liqqa zararli narsalarni iste’mol qilishdan uzoq bo‘lib, qabih ishlardan saqlanishimiz va kompyuter o‘yinlarini ko‘p o‘ynashdan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bolalar, bizning tana a’zolarimiz bahosi yo‘q ne’matlardir. Yorug‘ olamni ko‘rish uchun beril- gan ikki ko‘zimiz qanchalik qadrli, to‘g‘rimi? Ko‘zning qadriga undan judo bo‘lganlar yetadi, www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling