Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
592
va millatini dushmanlardan qo‘riqlaydigan askar-
larga havas qilish ham yaxshidir.
Demak, aziz bolajonlar, hayotda yaxshi in-
sonlarga havas qilib yashasak, faqat ezgulik 
va yutuqlarga erishamiz. Hasad bilan yasha-
gan odamlar esa yomonlik sari qadam qo‘ygan 
bo‘ladilar...
Hasaddan uzoq bo‘ling!
asad eng yomon illat. Bolalar, hasad ni-
maligini bilasizlarmi? Hasad bu bir kishi-
dagi yaxshi xususiyatlar va yutuqlarni ko‘ra 
olmaslik va undagi yutuq va yaxshilikning yo‘q 
bo‘lishini xohlashdir. Hasad ko‘ngli qora, qalbi 
toshdek qattiq kimsalarning ishidir. Hasad in-
sonni xudbin, faqat o‘zi haqida o‘ylab, o‘zgalar 
bilan ishi bo‘lmasligiga sababdir. Hasadgo‘y 
biron natijaga erishganlarni oyog‘idan chal-
ib, ularga zarar yetkazishga urinadi. Bu eng 
yomon odat. Hasadgo‘y havas qilish nima-
ligini bilmaydi. Havas qiladigan odam o‘ziga 
ham shunday yaxshilik berilishini xohlasa
hasadgo‘y esa odamlardan bu yaxshilik olinib, 
faqat o‘zigagina berilishini istaydi. Bu xudbin-
lik va ichiqoralikdan boshqa narsa emas. De-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
593
mak, bolalar, biz hasaddan uzoq bo‘lishimiz, 
kek va adovatdan saqlanishimiz kerak ekan.
Bolalar lug‘ati
Havas
– qiziqish, ishtiyoq, intil-
ish, rag‘bat, birovlar erishgan yu-
tuqlar o‘zida ham bo‘lishini orzu 
qilish.
Hasad
odamlardagi yaxshi-
liklarni ko‘rolmaslik, ichiqoralik.
Hasadgo‘y
– hasad qiluvchi, qalbi hasadga 
to‘la odam.
Xudbin
– o‘zini o‘ylovchi, hamma narsadan 
o‘z foydasini ustun qo‘yuvchi.
ichiqoralik
– dili buzuqlik, hasadgo‘ylik, bi-
rovning yutuqlarini ko‘ra olmaslik.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling