Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati Shukr qilish
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
590 deyishadi. Ammo aqlli bolalar ko‘z va boshqa a’zolar qadriga yetishi uchun ko‘zlaridan judo bo‘lishi shart emas. Zukko bolalar bir yomon- likni u kelmasdan oldin sezib, undan qutulish yo‘lini biladilar. Bizning a’zolarimiz ham oltin- dan qimmatroqdir. Chunki oltinni pulga sotib olinsa ham, biroq tana a’zolarining sog‘lig‘ini qaytarib bo‘lmaydi. Shunday ekan, bizga ato etilgan har bir ne’matni avaylab-asrashimiz, uni faqat yaxshilik va ezgulik yo‘liga ishlatishi- miz lozim. Bolalar lug‘ati Shukr qilish – minnatdor- lik izhor qilish, maqtov aytish (ne’matlarni bergani uchun Allo- hga maqtov aytib, o‘sha ne’matni yaxshi ishlarga sarflash shukrdir). Qadriga yetish – biron narsan- ing qiymatini bilish, avaylash. avaylab-asrash – ehtiyot qilish, saqlash, ozor va shikastlardan himoya qilish. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 591 Havas qilib yashang! olalar, havas deganda yaxshi insonlar- dagi fazilat va xislatlarni ko‘rib, ularni o‘zimizda ham bo‘lishini xohlash tushunila- di. Havas qilish bizlarni shunday yaxshi si- fatlarga intilishga chorlaydi. Havas qilib ya- shaydigan bolalar doim harakatchan va ti- rishqoq bo‘ladilar. Havas qilish turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, bir o‘rtog‘imiz ota-onasin- ing gapiga quloq tutib, ularni hurmat qiladi. Shu sabab ota-onasi ham u bolani juda yax- shi ko‘rishadi. Ular baxtli hayot kechiradilar. Mana shu o‘rtog‘imizga havas qilsak, arziydi. Yana bir o‘rtog‘imiz ota-onasidan olgan pullarini tejab-tergab ishlatadi, pulni behuda sarflamaydi, faqat kitob, daftar kabi kerakli narsalarga sarflaydi. Uning bu tejamkorligi maqtovga loyiqdir. Biz ham unga o‘xshashni havas qilsak arziydi. Pulni tejab ishlatsak, ota- onamizning topgan pullariga baraka kiradi, o‘zimiz ham foydasiz xarajatlardan saqlanamiz, isrofdan uzoq bo‘lamiz. Hayotda havas qilsa arzigulik insonlar ko‘p. Ilm- ma’rifatli, olimu fuzalolarga havas qilish naqadar yaxshi! Yana kuchli, baquvvat kishilarga, vatan www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling