Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Foydali nasihatlar
1. Hasad va g‘azab ikki qanot 
bo‘lib harakatga kelsa, toza va chi-
royli hayotlarni xira qilib yuboradi.
2. Olov o‘zidan o‘zi yonib kul 
bo‘lgani kabi hasadchining jasadi 
hasad o‘tidan erib, barbod bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
594
3. Odamzot hasad qilmasligi kerak, havas qili-
shi kerak. Havas qilgan odam murodiga yetadi.
4. Hasadchida rohat yo‘q.
ota-bobolarimiz o‘gitlari
urmatli bolalar, mana kitobimizning 
ox i riga ham yetib keldik. Siz ushbu 
kitobni o‘qish orqali o‘zingizga kerakli ko‘p 
ma’lumotlarni bilib oldingiz, shundaymi? Endi 
ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihat-
laridan bir qanchasini keltiramiz. Ularni yod-
lab olishga harakat qiling:
Ikki toifa odam doimo boydir, hech 
kambag‘al bo‘lmaydi: biri – olim, ikkinchisi – 
qanoat egasi.
– Ikki narsa borki, ozi ham ko‘pdir: birin-
chisi – adovat, ikkinchisi – chaqimchilik.
– Ikki narsa qalbni buzadi: biri – ko‘p ovqat 
yeyish, ikkinchisi – ko‘p uxlash.
– Ikki narsa insonni tez ado qiladi: biri – 
ahmoqlik, ikkinchisi – axloqsizlik.
– Ikki narsani kishi o‘zidan quvishi qiyin: 
biri – soya, ikkinchisi – badfe’llik.
– “Nima desam ekan” deb andisha qil-
ish “nega aytdim” deb pushaymon bo‘lishdan 
yaxshiroq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
595
– Uch narsani unutgan odam aqlli emas: du-
nyoning o‘tkinchiligini, undan qachondir ajral-
ishini va o‘limdan hech kim qutulib qola olmas-
ligini.
– Hakimlarning aytishicha, odamlar uch gu-
ruhga, ya’ni aqllilarga, yarim aqllilar va nodon-
larga bo‘linadilar. Aqlli shunday kishiki, biron 
voqea yuz bermasdan avval undan qutulish-
ning chora-tadbirini o‘ylab ish tutadi. Odamlar 
oxirida qiladigan ishni u oldindan qilib qo‘yadi. 
Yarim yoki o‘rta aqlli shunday kishiki, biron 
hodisa yuz bersa, esankirab qolmaydi, undan 
qutilish chorasini qidiradi va shu tufayli bu 
balo domidan ozodlikka erishadi. Nodon shun-
day kishiki, biron noxush voqea yuz bersa, un-
dan qutilish yo‘llarini qidirish o‘rniga dod-voy 
qilish bilan cheklanadi.
– Uch sifat uch xil natija keltiradi: muloy-
imlik – ulug‘ martaba, qanoat – rohat, tavoze’ 
– e’zoz keltiradi.
– Uch narsa inson uchun juda zarur: qahru 
g‘azab vaqtida o‘zini tuta bilish, boshga kul-
fat tushganda betoqat bo‘lmay sabr qilish va 
xayrli ishlarga shoshilish.
– Uch ne’mat qadriga uch toifa odam yeta-
di: yoshlik qadriga qarilar, salomatlik qadriga 
bemorlar va xotirjamlik qadriga g‘am-tashv-
ishli kishilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling