Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
580
keladi? Demak, hamma narsaning o‘z me’yori 
bor. Qanoat insonga o‘sha me’yorda yashash-
ni o‘rgatadi. Qanoatning ziddi ochko‘zlikdir. 
Ochko‘zlik insonni halokatga olib borishiga 
hayotiy misollar keltiramiz:
Bir haydovchi manzilga tezroq yetib olay
deb tezlikni oshiribdi va oqibatda avtohalokat-
ga uchrabdi. Bir yigit kuchli bo‘laman, deb ker-
agidan ortiq ovqat yeyaverganidan o‘zini ham 
ko‘tara olmaydigan darajada semirib ketibdi.
Inson to‘xtashi kerak bo‘lgan nuqtani bili-
shi kerak. Bu nuqtani qanoat belgilab beradi. 
Ochko‘zlik esa chegaradan chiqishga va ko‘n-
gilsizliklar tomon yo‘l olishga sabab bo‘ladi.
Demak, hayotda hamma narsa o‘z me’yorida 
bo‘lishi yaxshi ekan. Qanoatni o‘ziga shior qilib 
olgan inson ham mana shu mezon asosida ha-
yot kechirgan bo‘ladi.
Bolalar lug‘ati
Qanoat
shukr qilish, boriga 
rozi bo‘lish, ozi bilan ham kifoy-
alanish, mamnunlik, qoniqish hissi.
Taqdir
– Alloh tarafidan oldin-
dan belgilab qo‘yilgan qismat (taq-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
581
dir Allohning bandalar nima amallar qilishini 
bilishidir, aslo birovni ishga majburlash emas).
Ko‘z tikish
– birovlarning narsasiga yomon 
nazar bilan qarash. (Bu so‘z «kutish» ma’nosida 
ham keladi)
Foydali nasihatlar
1. Kishi uchun eng foydali va 
dilni yorituvchi narsa qanoatdir. 
Eng zararli va nafratli narsa hirs 
va g‘azabdir.
2. Qanoat barcha mamlakatlar unga tobe 
bo‘lgan mamlakatdir. Qanoat shunday bir 
mamlakatki, hech kim unga zarar yetkaza ol-
maydi. Kim unga egalik qilsa, hech bir nar-
saga muhtoj bo‘lmaydi, baxtli hayot kechiradi. 
Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik 
ham qanoatdir.
4. Ko‘zi suq uchun butun dunyo ham kifoya 
qilmaydi, boriga qanoat qiluvchi kishi baxtli 
hayot kechiradi.
5. Ko‘zi to‘q odam har narsaga suqlanaver-
maydi, bir odam bir narsali bo‘lsa, unga havas 
qilavermaydi.
6. Tana va nafsga erk berma, bo‘yin egma, 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling