Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til va dil birligi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
572 hatto yolg‘onchining o‘zi ham yaxshi ko‘rib qo- ladi. 8. To‘g‘ri so‘z achchiqdir, uni hazm qilgin, keyin foydasi tegadi, xushnud qiladi. 9. To‘g‘ri so‘z kishi erkin nafas oladi. Til va dil birligi ziz bolalar, she’riyat mulkining sultoni Amir Alisher Navoiy bobomiz: “Tiling bilan ko‘nglingni bir tut”, deb nasihat qilganlar. Tilshunos olim, vatandoshimiz Abulqosim Za- maxshariy esa: “Odamning sirtiyu botini (ichi) to‘g‘ri, salomat va tuzuk bo‘lsa, uning zohiri (tashqarisi) ham sog‘lom bo‘ladi”, deb aytganlar. Bu insonni komilikka olib chiquvchi xis- latdir. Zero, til va qalbning bir bo‘lishi bi- lan odam rostgo‘y va chin insonga aylanadi. Tilida bir gap, qalbida boshqa gap bo‘lsa, u yolg‘onchi sanaladi. Do‘stini tilida maqtab, qa- lbdan uni yomon ko‘rish ikkiyuzlamachilikdir. Shu sabab bunday illatdan saqlanish uchun til va qalbni bir qilish, makkorlik, ayyorlik va yolg‘onchilikdan saqlanish kerak. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 573 Va’dasi ustidan chiqish y farzand, shuni bilki, berilgan va’da qarz kabidir. Olingan qarzni uzish, uni vaqtida qaytarish shart bo‘lganidek, va’dasiga vafo qi lish haqiqiy insonga xos fazilatdir. Va’dasi ustidan chiqadigan bolalarni “yaxshi bola”, “aqlli bola” deya ta’riflanadi. Va’da berib, unutib yuboradi- gan bolalarni hamma “subutsiz”, “va’daboz” deb yomonlaydi. Shuning uchun va’daga e’tiborli bo‘lib, to‘g‘ri so‘z bo‘lishga harakat qilish kerak. Yaxshi bolalar va’da bermasalar ham bi- ron narsani bajarishga harakat qiladilar. Ming marta va’da berib, unga e’tibor bermay yura- digan bolalarga odamlar har qachon ishonmay qo‘yadi. Odamlar nazaridan qolish juda yomon narsa. Kim odamlar ishonchini yo‘qotsa, hayo- tda ko‘p qiyinchiliklarga uchraydi. Zero, sen hali ulg‘ayib, katta-katta ishlarni amalga os- hirishing kerak. Bunda to‘g‘riso‘zlik, va’daning ustidan chiqish kabi fazilatlar senga juda ker- ak. Shunday ekan, va’da bersang, uni albatta bajar! Qila olmaydigan ishni “bajara olaman!” deb katta gapirma! Faqat kuching yetadigan ishga kirish, va’da berishdan oldin uni o‘z vaqtida bajarishga ham ye’tiborli bo‘l! www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling