Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
564
ko‘rib qolib, seni o‘g‘irlab olgan deb o‘ylar 
va odamlar orasida seni xoin-o‘g‘ri deb gap 
tarqatar. Mana shunda sening kelajaging va 
sharafingga katta zarar bo‘ladi.
Agar biron inson pul, zeb-ziynat yoki kitob-
lar kabi biron narsani senga omonatga qo‘ysa, 
u narsa bo‘yningda omonat hisoblanadi. Agar 
sen uni ehtiyot qilib, sog‘-salomat saqlab ber-
sang, sen ishonchga sazovor bo‘lasan. Agar sen 
undan biron narsani kamaytirsang yoki biron 
joyiga nuqson yetkazsang yoki egasining rux-
satisiz uni o‘z foydangga ishlatsang yoki so‘rab 
kelsa, sen uni inkor etsang, sen odamlarning 
orasida xiyonat qiluvchi deb tanilasan va hech 
kim senga biron narsani omonatga qo‘ymaydi.
Hurmatli bolajonlar, omonatni faqat pul va 
moddiy narsalardan iborat, deb tushunmas-
ligimiz lozim. Ma’naviy omonatlar ham bor. 
Masalan, bironta do‘stimiz sirini saqlash ham 
omonatdir. Agar bir kishi senga o‘z sirini omonat 
deb aytsa va sen uni hech kimga aytmasdan 
sir saqlasang, sen sir saqlovchi omonatli odam 
bo‘lasan. Agar sen o‘sha sirni odamlar orasida 
yoysang, sir saqlay olmaydigan, senga sir ayt-
gan odamga xiyonat qilgan bo‘lasan.
Agar tarozidan urmasdan biron narsa ka-
maytirmay berayotgan tijoratchini ko‘rsang, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
565
bilginki u omonatga vafodor tijoratchidir. 
Hamma odam uni yaxshi ko‘rib, omonati bilan 
taniladi va savdosiga baraka kiradi. Agar taro-
zidan urib qolayotgan boshqa bir tijoratchini 
ko‘rsang, bilginki, u xoindir. Albatta odamlar 
uning bu qilmishini bilib, u bilan oldi-sotdi 
qilmay qo‘yadilar. Natijada moli kasod bo‘lib, 
unga nisbatan ishonch va muhabbat yo‘qoladi.
Navbatchilik qilayotgan askarga vatan 
chegaralari omonat...
Tana a’zolarimiz biz uchun omonat. Bu 
omonatni saqlash uchun ularni zararli ishlar-
dan asrashimiz kerak...
Farzandlar ota-onaga omonat...
Yo‘lovchi haydovchiga, o‘quvchilar o‘qituv-
chiga, kasallik shifokorga, vazifalar mansab-
dorga omonatdir. Har kim bu omonatlar haqi-
da bir kuni javob beradi...
Ey farzandim, omonat bu odamlar huquqini 
himoya etishdir. U ko‘p ishlarni o‘z ichiga oladi: 
ular jumlasidan vojib amallarni bajarish, top-
shirilgan ishlarni egalari yo‘qligida puxta qilish, 
qo‘shni qo‘shnisining sirini saqlashi, shifokor 
kasallarning sirini saqlashi, inson bilmaydigan 
narsasi haqida so‘ralsa, “bilmayman”, deyishi, 
tijoratchi yaxshi mol bahosida pul olganida yo-
mon mol sotmasligi va agar sotib oluvchi yoshi 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling