Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
556
tonatsiz odam bir ishni boshlab, biroq salgina 
qiyinchilikdan so‘ng uni tashlab qo‘yadi. Biron 
kishi uni ozroq koyisa yoki kamchiligini tan-
qid qilsa, darhol irodasi bukiladi va ishonchini 
yo‘qotadi, shubha ostida qolib, qilayotgan yax-
shi ishini ham chala qoldiradi.
Bir yigit dengiz qirg‘og‘ida ketayotib bir 
to‘da odamlarning dengizga qarab ishora qilib: 
“Odam cho‘kyapti, yordam beringlar! Yordam 
beringlar!” deb baqirayotganlarini ko‘rdi. Ke-
yin ular ishora qilgan tarafga qaradi. U yerda 
bir kishi goh suvning yuziga qalqib chiqib, goh 
suv ostiga cho‘kib ketardi. Nihoyat uning ma-
dori qolmadi. Turganlar yig‘lab, bir-birlariga 
qaradilar. Go‘yo ular bu kishini qutqarish uc-
hun o‘z hayotini xatarga soladigan bir ulug‘ shi-
joatli odam haqida bir-biridan so‘rayotgandek 
edilar.
To‘satdan bu yigit dengizga o‘qdek otilib, 
suzib ketdi. Nihoyat, cho‘kayotgan odamn-
ing oldiga yetib, uning orqa tomonidan suv-ga 
sho‘ng‘idi. Bir lahza o‘tmasdanoq, ikkovi suv 
yuziga qalqib chiqdi. Odamlar bu shijoatli yigit-
ning himmatidan hayratlanib, cho‘kayotgan 
odamning qutulganidan xursand bo‘ldilar. Yig-
it qirg‘oqqa yetib kelgach, unga rahmat aytish 
uchun oldiga keldilar. Cho‘kayotgan odamni 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
557
qutqarib qolgan bu yigit shijoatli hisoblana-
di. Chunki shijoat degani o‘z burchini bajarish 
yo‘lida dovyuraklik bilan xatarga qarshi tur-
ishdir.
Bolalar lug‘ati
Shijoat
– dadillik, botirlik, ja-
surlik, mardonavorlik, intilish.
Jasorat
– mardlik, qo‘rqmaslik, 
qahramonlik, botirlik, dovyuraklik.
Matonat
– mustahkamlik, qat’-
iylik, salobat, bardosh, sabot, chi-
dam.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling