Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
560
7. Bu dunyo bir ekinzordir,
unda nima
eksang, shuni o‘rasan.
E’tiborli bo‘lish
ar bir aqlli va zukko bola atrof-muhitga
e’tiborli, odamlarga ahamiyatli bo‘lishi
kerak. Chunki turli yomon ishlar e’tiborsizlik
oqibatida kelib chiqadi. Rivoyat qilinishicha,
Luqmoni hakimdan so‘radilar:
–
Odamlarning eng yaramasi, eng yomoni
kim?
– Odamlarning
yomonlik qilayotganlarini
ko‘ra turib, ko‘rmaslikka olgan, beparvo va lo-
qayd bo‘lganidir, – deya javob berdi Luqmoni
hakim.
Har bir qo‘y o‘z oyog‘idan...
(Ibratli hikoya)
H
orun ar-Rashidning do‘sti Buhlul Dono:
“Ey xaloyiq! Gunoh va yomon ishlar-
dan uzoq bo‘ling!”, deb barchaga nasihat qilar
ekan. Ba’zi odamlarga bu nasihat yoqmas ekan.
Shu sabab ular
Horun ar-Rashidga shikoyat
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
561
qilib kelishibdi: “Do‘stingizning nasihatlaridan
to‘yib ketdik. Biz gunoh ish qilsak, unga nima?
Har bir qo‘y o‘z oyog‘idan osiladi”, deyishibdi.
Horun ar-Rashid: “Yaxshi, tushunarli”,
debdi va bir qo‘yni so‘ydirib, ko‘chaga ostirib
qo‘yibdi. Bir necha kun o‘tgach, qo‘y sasiy
boshlabdi. Hamma yoq juda sasib ketibdi. Xalq
yana Horun ar-Rashidning oldiga kelib: “Bu
qo‘yni bu yerdan olib tashlang. Sassiq hid bi-
zni bezor qildi”, debdi. Horun ar-Rashid o‘rni
kelganida shunday debdi: “Sizga nima, har bir
qo‘y o‘z oyog‘idan osiladi”.
Odamlar shunda o‘z
xatolarini tushunib,
boshlarini eggan holda ortlariga qaytishibdi.
Yomonliklar ham yomon hidga o‘xshaydi.
Yaxshi insonlar jaholatga, harom ishlarga qa-
rshilik qilib, jasorat ko‘rsatmasa, dunyo yo-
monliklarga to‘lib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: