Gar oshiq esang, zebu takallufni unut, Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut


Download 76 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi76 Kb.
#229120
Bog'liq
Tushuncha islomiy


Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,

Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,

O`tgan gar erur yamon, taassufni unut,

Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.

o`zbekcha | ўзбекча

Bosh sahifa

Alisher Navoiy haqida

Sayt xaritasi

Murojaat

Yordam


Badoyi` ul-bidoya (birinchi tom)

Navodir un-nihoya (ikkinchi tom)

Xazoyin ul-maoniy. G`aroyib us-sig`ar (uchinchi tom)

Xazoyin ul-maoniy. Navodir ush-shabob (to`rtinchi tom)

Xazoyin ul-maoniy. Badoe` ul-vasat (beshinchi tom)

Xazoyin ul-maoniy. Favoyid ul-kibra (oltinchi tom)

Xamsa: Hayratul-abror (ettinchi tom)

Xamsa: Farhod va Shirin (sakkizinchi tom)

Xamsa: Layli va Majnun (to`qqizinchi tom)

Xamsa: Sab`ai sayyor (o`ninchi tom)

Xamsa: Saddi Iskandariy (o`n birinchi tom)

Lisonut-tayr (o`n ikkinchi tom)

Majolis un-nafois (o`n uchinchi tom)

Mahbub ul-qulub. Munshaot. Vaqfiya (o`n to`rtinchi tom)

Xamsat ul-mutahayyirin. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Holoti Pahlavon Muhammad. Nazm ul-javohir (o`n beshinchi tom)

Muhokamat ul-lug`atayn. Mezon ul-avzon. Tarixi anbiyo va hukamo. Tarixi muluki ajam. Arba`in. Siroj ul-muslimin. Munojot. Risolai tiyr andoxtan (o`n oltinchi tom)

Nasoyim ul-muhabbat (o`n yettinchi tom)

Devoni Foniy (o`n sakkizinchi tom)

Devoni Foniy_davomi (o`n to`qqizinchi tom)

Devoni Foniy_davomi Qasidalar. Mufradot. Ilovalar (yigirmanchi tom).

Топ рейтинг www.uz

SHARH VA IZOHLAR

CXCIV

III


1. Havvo — Islom rivoyatlariga ko`ra, Odamotoning umr yo`ldoshi, birinchi ayol hamda inson zotining onasi.

2. Shis — Payg`ambarlardan bo`lib, hazrat Odamning uchinchi farzandi. Nuh payg`ambar ham Shis naslidan bo`lgan. Nuh payg`ambar butun dunyo to`fonidan omon qolgan, shuning uchun ikkinchi Abulbashir deb ham ataladi. Shis payg`ambar Makka shahri atrofida yashagan. Haj ziyoratlarini mukammal bajargan. Makka shahridagi Ka`ba binosini tosh va loydan birinchi marotaba qurganlardan. Makka shahri yaqinidagi Abu Qubas g`orig`a Shis payg`ambar dafn etilgan.

3. Abdulloh — Abdulloh ibni Mutallib Muhammad payg`ambarning otasi. Quraysh qabilasidan, Hoshimiylar xonadoniga mansub. Abdulloh Muhammad payg`ambar tug`ilmasdan vafot etib ketgan.

IV

1. Anqo — Qof tog`ida yashagan afsonaviy qushning nomi. Bu tog` ham afsonaviy bo`lib, rivoyatlarga ko`ra, yer yuzini o`rab olgan. Anqo tamomila yo`qolib ketgan emas, lekin juda kam qolgan degan gaplar ham bor. Islom aqidalaricha, Anqo afsonaviy Simurg` bilan aynanlashtiriladi.



2. Buroq — Rivoyatlarga ko`ra tez yuradigan, tez chopadigan va tez uchadigan afsonaviy otning nomi. Shu ot bilan Muhammad payg`ambar Makka shahridan Quddus shahriga va undan Me`rojga ko`tarilgan.

3. Me`roj — Islom tushunchasiga ko`ra, Muhammad payg`ambarning Olloh oldiga parvozi, Quddusi Sharifdan Jabrail farishta bilan birga sodir bo`lgan edi. Me`roj shunchalik tez o`tganki, yotilgan o`rin qaytganda hali sovimagan bo`lgan.

V

1. Abu Bakr — (572—634) Choryor xalifalaridan birinchisi (632— 634). Muhammad payg`ambarning safdoshlaridan, uning qaynotasi Oyshaning otasi, yirik savdogar, Quraysh qabilasidan. Abu Bakr Muhammad payg`ambar bilan birga Makka shahridan Madina shahriga ko`chib o`tgan (622). Ko`p janglarda shaxsan qatnashgan. Muhammad payg`ambar vafotidan so`ng xalifalikka ko`tarilgan. Arabistonda Islom dinini mustahkamlashda uning hissasi katta.



2. Xizr — Rivoyatlarga ko`ra, «obi hayvon» tiriklik suvini izlab topgan va undan ichib doimiy tirik yuradigan bir payg`ambarning ismi. U kishilarga yo`ldoshligi, hamrohligi bilan nom qozongan.

VI

1. Mustafo — Bu so`z arab tilida tanlangan, saralangan ma`nolarda ishlatilsa ham bu o`rinda Mustafo Muhammad payg`ambarning ikkinchi ismlaridan.



2. Nabiy — Mavjud dinlarda nabiylar Xudoning farmoyishlarini ko`pchilikka — odamlarga yetkazib beruvchi vositachi shaxs deb tasavvur etilib, ularga e`tiqod qilish vojibdur. Muhammad payg`ambar nabiy deb ham ataladi. U nabiylarning eng oxirgisi.

VII


1. Umar foruq—(644 yilda o`ldirilgan, choryorlardan, 634—644). Abu Bakr hukmronlik yillari Umar uning yaqin safdoshlaridan hisoblangan. Umar xalifaligi davrida Suriya, Falastin, Misr, Iroq va Eronning katta qism yerlari bosib olingan va arab xalifaligiga qo`shilgan. O`z davrida u davlat ishlarini kuchaytirgan. Xalifalik davlat xazinasi boyigan. Umarning hukmronlik davri islomning «oltin davri» deb hisoblangan.

2. Ajam — Arablar istilosi davrida bosib olingan va arab xalifalariga bo`nsundirilgan. Yaqin va O`rta Sharq hamda O`rta Osiyo xalqlarini shunday nom bilan ataganlar. Keyinchalik Eron, Afg`oniston va O`rta Osiyo yerlari Ajam deb yuritilgan. Bunda «mulki Ajam» Eron mamlakati — davlati nazarda tutilgan.

IX

1. Madina — Saudiya Arabistonining shimoli-g`arbiy qismida joylashgan katta shaharlardan biri. Hijoz viloyatida, Makka shahridan 400 km shimolda. Qadimiy Yasrib (Yatrib) ilk O`rta asrlardan boshlab Madina deb atalgan. VII asrdan boshlab Madina shahri musulmonlarning Makka shahridan keyingi eng katta ziyoratgoh shaharlaridan hisoblanadi. Shaharda Muhammad payg`ambarning uyi va maqbarasi bor. Maqbara ustiga katta masjid qurilgan (656).



2. Qur`on — Islom olamida muqaddas deb tanilgan kitob. Unda islom dini aqidalari, e`tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari o`z ifodasini topgan. Islom an`anasida Qur`on Olloh tomonidan Muhammad payg`ambarga yigirma ikki yil davomida farishta Jabrail orqali vahy qilingan deb tasavvur etiladi. Yillar davomida tekstlar to`planib, 632 yilda birinchi marta Qur`on teksti yuzaga kelgan. 651 yilda ayrim to`ldirishlar bilan «Usmon Mashafi» vujudga kelgan.

3. Usmon bin Affon—(656 yilda o`ldirilgan). Choryorlardan uchinchi xalifa (644—656). Uning davrida xalifalik territoriyasi kengayadi. Qur`on matnlari to`planadi. U makkalik Ummaviylarga homiylik qilib, o`zining qarindosh va yaqinlariga davlat mansablarini va katta-katta yerlarni, xazina mablag`larini bo`lib bergan. Sahobalar hamda qo`shin boshliqlari o`rtasida uning olib borayotgan siyosatiga qarshi noroziliklar kuchayib, birinchi xalifa Abu Bakrning o`g`li Abdulloh ibn Bakr rahbarligida o`ldirilgan.

XI

1. Ali — Choryorlardan to`rtinchisi. Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonidan Muhammad payg`ambarning amakivachchasi va kuyovi, 656 yilda xalifalik o`rnini egallaydi. Ali Kufa shahrida (661) o`ldiriladi. Ali tarafdorlari «shia» oqimini tashkil etadilar. U sunniylar o`rtasida ham obro`li shaxs hisoblanadi.



2. Hubal — Saudiya Arabistoni Makka shahridagi Quraysh qabilasining xudosi. U odam sifatida tasvir etilgan bo`lib, uning o`ng qo`li oltindan yasalgan, qolgan a`zolari toshdan iborat bo`lib, haykal sifatida ifoda etilgan. Islomdan keyin Hubal asta-sekin tamom unutilgan.

3. Zulfiqor — Rivoyatlarga ko`ra, Muhammad payg`ambarning jangda o`lja olgan afsonaviy qilichining nomi. Keyinchalik bu qilich xalifalarga o`tgan. Zulfiqor sehrli kuchga ega bo`lgan qurol sifatida tasvirlanadi.

XIII

1. Shayx Farididdin Attor — Eronning mashhur mutasavvuf shoirlaridan hamda shayxlaridan. Ismi Muhammad ibn Ibrohim. Otasining izidan borib, attorlik va tabobat bilan shug`ullanadi. Mo`g`ullar hujumi davrida 1220 yilda Nishopurda vafot etgan. U so`fiy adabiyotning yirik vakili bo`lib, asarlarida o`z aksini topgandir. «Tazkiratul-avliyo», «Ilohnoma», «Musibatnoma», «Ushturnoma», «Mantiqut-tayr», «Lujjai-xiloj», «Asrornoma», «Muxtornoma», «Pandnoma» g`azallar va boshqa asarlar yozgan.



2. «Mantiqut-tayr» — Bu Farididdin Attorning shu nomdagi asari bo`lib, 1175 yilda yozilgan. Asarni yozishda u G`azzoliyning qushlar haqidagi asaridan ruhlangani holda yozgan. Bu o`z davrida so`fiylikning eng peshqadam asarlaridan hisoblangan. Farididdin Attorning poemasi ham adib va shoirlar orasida katta qiziqish uyg`otdi. Alisher Navoiy o`zining «Lisonut-tayr» asarini, yana turk shoirlaridan Gulshahri «Qush tili» asarini yozgan.

3. Sulaymon — Baniy Isroilning hukmdorlaridan, otasining ismi Daud. Miloddan avval 965—928 yillarda yashagan. U o`z davrida diniy ibodatni markazlashtirgan tadbirli shohlardan bo`lib, ilm-fan rivojiga o`zining ma`lum hissasini qo`shgan. Uning davrida shaharlar qurishda yaxshi natijalarga erishilgan. Tabiat va jamiyatning ko`p sir-asrorlaridan xabardor bo`lib, rivoyatlarga ko`ra, hayvon, qush tillarini bilgan. Shamol, ins, jins, jinlar unga qaram bo`lgan.

XVI

1. Jabrail — Islom dinidagi to`rtta farishtadan biri. Diniy aqidalarga ko`ra, xabar beruvchi farishta Jabrail payg`ambarlarga murabbiylik qilgan. Muhammad payg`ambarga ham Qur`on mazmunlarini yetkazib bergan. Qur`onda Jabrail «Muqaddas ruh» nomi bilan tilga olinadi.



2. Bilqis—Sulaymon payg`ambarning eng suygan qushi Hudhud Sabo mamlakatining podshohi xotin kishi ekanligidan xabar keltiradi. Mamlakat ahli o`tga, quyoshga, oyga va boshqa narsalarga ibodat qilishini ham ma`lum qiladi. Sulaymon payg`ambar Hudhud orqali Bilqisga noma yuborib, mamlakat Sulaymon payg`ambarga tobe bo`lishi kerakligini aytadi. Bilqis Sulaymon payg`ambarning oldiga o`zi kelib, butun shartlarni qabul qiladi. Rivoyatlarga ko`ra, payg`ambar Bilqisni o`z nikohiga oladi. Yana boshqa rivoyatda payg`ambar Balqisni Yaman podshohiga erga berib yuboradi.

XIX


1. Moniy ibn Fatak — (216—277) Moniylik ta`limoti asoschisi, Naqqosh va rassom. Moniy «Shaburaqon» «Kanzil-ah`e`», «Avangelьon», «Kefaleya», «Bungahik» (Bungahing) nomli asarlar yozgan. Rivoyatlarga ko`ra, Moniyning o`z davrida iste`dodli naqqosh, rassom sifatida tanilgani hikoya qilinadi. Shunga ko`ra, ham sharq dostonchiligida ko`p tilga olinadi.

XXVI


1. Farhodvor — «Farhod va Shirin» Sharq xalqlari og`zaki ijodiyoti va yozma adabiyotida keng tarqalgan doston. Eronda hukmronlik qilgan Xisrav II Parvez (591—628), uning xotini Shirin va toshtarosh Farhod haqida tarqalgan rivoyatlar asosida shunday dostonlar yuzaga kelgan. Firdavsiyning «Shohnoma»sida Xisrav bilan Shirin muhabbati va halokati hikoya qilinadi. Ilk mustaqil «Xisrav va Shirin» (1181) Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy dostonidir. Alisher Navoiy o`zining «Farhod va Shirin» dostonida Farhodni eng mukammal va ideal shaxs sifatida tasvirlab asarning markaziy obrazi qilib oldi.

LXV


1. Qorun — Beqiyos boylikka ega afsonaviy shaxs. Yana u o`zining xasisligi bilan ham mashhur. Badiiy adabiyotda davlatmandlik va xasislik ramzi sifatida yuradi, o`zi yahudiy qavmlaridan.

LXXVII


1. Iskandar—Iskandar Zulqarnayn Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. Bu Aleksandr Makedonskiy faoliyati bilan bevosita bog`liq. Birinchi marotaba Firdavsiyning «Shohnoma»sida tarixiy faktlardan birmuncha to`g`riroq foydalanishga harakat qilingan. Nizomiy Ganjaviyning «Iskandarnoma», Amir Xisrav Dehlaviynnng «Oyinai Iskandariy», Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» dostonlarida Iskandar obrazi mohir lashkarboshi, olim faylasuf tarzida ko`rsatiladi. Alisher Navoiy «Tarixi Muluki Ajam» asarida Iskandarning Ravshanakka uylanganligini qayd etgan bo`lsa, «Saddi Iskandariy» dostonida (1483—1485) bosh ijobiy qahramon ideal shoh deb talqin etilgan.

2. Surush — Jabrail farishtaning ikkinchi nomi. Bu farishtaning asosiy xizmatlaridan biri, Muhammad payg`ambarga osmondan xabar keltirish bo`lgan.

LXXVIII

I. Mushaf — Qadimgi Qur`on qo`lyozma nusxalarining nomi, 651 yilda xalifa Usmon buyrug`i bilan yig`ilib tahrir qilingan nusxasi ham Mushaf deb atalgan. Keyinchalik musulmon xalqlar orasida Qur`onning har qanday qadimiy qo`lyozmasini Mushaf deb atash odat tusiga kirgan. O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari diniy boshqarmasi Toshkent shahrida saqlanayotgan Qur`onning qadimiy qo`lyozmasi (VIII asrda ko`chirilgan) ham Mushaf nusxalaridan biri hisoblanadi.

LXXIX

1. «Shayx San`on»—Sharq mamlakatlari xalqlari orasida «Shayx San`on» haqidagi sevgi qissasi ham ko`p zamonlardan beri ma`lum. Bu qissa birinchi marotaba shayx Farididdin Attorning 1175 yilda yozgan «Mantiqut-tayr» nomli mashhur asari tarkibida uchraydi. Shayx San`on afsonaviy shaxs bo`lib qolmasdan, XI—XII asrlarda yashagan tarixiy bir shaxs deb ham taxmin etiladi. Bu hikoya Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» asarida ham berilgan.



2. Ka`ba — (arabcha kub mazmunida) Islom dunyosining eng muqaddas ibodatxonasi, Saudiya Arabistonining Makka shahrida 10x12x15 o`lchamdagi kulrang toshdan iborat inshoot. Islom ta`limotida Baytulloh (Ollohning uyi), Baytun haram (Muqaddas uy), Qur`onda bo`lsa Almasjidul haram (Muqaddas masjid) deb atalgandir. Hovli sahnida Obi zamzam bulog`i mavjud. Hozir barcha islom mamlakatlaridan musulmonlar Makkaga haj etish uchun keladilar. Ka`ba butun musulmonlarga «Qibla» bo`lib xizmat qiladi. O`sha tomonga qarab namoz o`qib, ibodat qiladilar.

3. Junayd — Junayd Bag`dodiy mashhur shayxlardan bo`lib, Bag`dod shahrida tug`ulgan. Ismi Abulqosim, otasi shisha asboblari bilan savdo-sotiq ishlari olib borgan. Imom Shofiyning shogirdlaridan. Sufyon Suriyning mazhabida. 910—911 yillarda vafot etgan. Butun umri davomida 30 marta haj qilgan.

4. Boyazid — Boyazid Bistomiy, asli ismi Tayfur binni Iso binni Odam bo`lib, mashhur shayxlardan Bayazid Bistomiy nomi bilan tanilgan. Olim va shoir Tayfuriya tariqatining asoschilaridan. 961 yilda vafot etgan.

5. Vahy — Diniy aqidalarga ko`ra, Olloh tomonidan Muhammad

payg`ambarga Jabrail farishta vositasi bilan yuborilib turilgan noma va xabarlar. Bu noma va xabarlarni odamlarga har xil mo``jizaviy yo`llar bilan bildirilishiga vahy deb aytiladi.

6. Rum — Kichik Osiyo. Rim davlati va uning xalqiga berilgan nisbatdir. Bir vaqtlar Vizantiya Rim imperiyasiga qo`shib olingach, Vizantiya ham Rum deb atala boshlangan. Shunga ko`ra, Qora dengiz ham Sharq tarixiy adabiyotlarida Rum dengizi nomi bilan yuritilgan. Turklar Vizantiyani urushib olgandan keyin bu nom turklarga ham o`tadi.

7. Yusufi Kan`on — Sharq adabiyotida keng tarqalgan afsonalarning qahramonidir. Ya`qub payg`ambarning nihoyatda ko`hlik o`g`li. «Yusuf va Zulayho» ishqiy sarguzashti shu nomga asoslanadi.

8. «Lohavl» — «Lohavla valo quvvata illo billohil aliyul azim» — «Buyuk va oliy Ollohdan boshqa kuch va qudrat yo`q».

Bu qo`rqqanda, hayajonga tushganda va jahl chiqqanda o`qiladigan duo.

9. Batho — Saudiya Arabistonidagi Makka shahrining ikkinchi nomi. Siyosiy iqtisodiy ma`muriy markazi, musulmonlarning ziyoratgohi.

10. Hoshimiy — VII asrda Arabistonning Makka shahrida yashagan Quraysh qabilasiga mansub xonadonlardan birining nomi. Muhammad payg`ambar ana shu xonadon a`zolaridan birida tug`ilgan. Hoshim payg`ambarning katta bobosi bo`lgan.

11. «Layli va Majnun» — Yaqin va O`rta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan samimiy sevgi haqidagi doston. Uning syujeti dastlab arablar orasida vujudga kelgan. «Layli va Majnun» Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni (1484).

12. Suxo — Osmondagi 540 ta hulkar to`plamidagi yulduzlarning eng xirasi.

LXXXVI


1. Shayx Najmiddin Kubro — To`liq ismi Ahmad ibn Umar Abuljannob Najmiddin (1145—1221). So`fiylikning O`rta Osiyodagi yirik vakillaridan. Kubraviylik tariqotining asoschilaridan. So`fiylikka oid asarlari bor. Uning ta`limoti O`rta Osiyo va Eronda tarqalgan. Ularcha, ovoz chiqarmasdan zikr qilish amalda bo`lgan. Shayx Najmiddnn Kubro mo`g`ul istilosi davrida vafot etgan.

2. Azxobi Qahf — Yunon mamlakatining butparast podshohi Doqyonus nihoyatda johil, zolim bo`lgan. Shohning mulozimlari orasida musulmonlari ham bo`lib, ular hamisha yashirin ibodat qilganlar. Doqyonus bundan xabar topib, mulozimlarni ushlab qatl qilmoqchi bo`lganda ular qochadilar. Yo`lda bir qo`ychivon ham o`zining iti bilan qochqindilarga qo`shiladi. Ko`p yurganlaridan so`ng bir g`orga kirib berkinadilar va u yerda yotib uxlaydilar. Bu uyqu 309 yil davom etadi. Uyg`onganlarida zolim podshoh taxtdan ketganligi, ular o`zlarining g`or do`stligi tufayli zolim shoh zulmidan qutilib qolganliklari ma`lum bo`ladi.

LXXXIX

1. Shayx Abu Said Abul Xayr — Mashhur shayxlardan, ismi Fazlillohdir. O`z davrida barcha mashoyixlar uni o`ziga ustoz qilib olganlar. Abu Said Abul Xayrning ustozi Abul Fozil Hasan Saraxsiydir. O`zi Xurosondan, 1048 yilda vafot etgan.



SI

1. Xirqoniy—Abulhasan Xirqoniy mashhur shayxlardan. Asli ismi Ali binni Ja`far, laqabi Abulhasan. Eronning Xirqon degan joyida tug`ilganligi tufayli Xirqoniy deb yuritilgan. 1023 yilda vafot etgan.

SIV

1. Basra — Arabcha Bassara —Iroqning janubidagi shahar, Basra viloyatining ma`muriy iqtisodiy markazi. Iroqning eng katta port shaharlaridan. 637 yilda xalifa Umar (634— 644) qurdirgan shahar. VIII—IX asrlarda xalifalikning madaniy va iqtisodiy markazi bo`lgan.



2. Hotam — To`liq ismi va laqabi Abu Addiy binni Abdulloh binni Sa`d bo`lib, arablarning atoqli qabila boshliqlaridan hisoblangan. Hotam o`zining saxiyligi bilan shuhrat topgan. U shoir ham bo`lgan.

CVII


1. Jamshid — Jam shaklida ham uchraydi. Eronning qadimgi tarixiga ko`ra, Peshdodiylar sulolasining to`rtinchi hukmdorlaridan. Afsonaga ko`ra, Navro`z kunining sana boshi deb bayram qilinishi Jamshid nomi bilan bog`liq.

SX

1. Arastu — Yunon faylasuflaridan Aristotelь ismining arabcha shakli (Miloddan avval 384—322). Qadimgi yunon falsafa fani taraqqiyotida yangi davr yaratgan buyuk mutafakkir. Miloddan avval 343 yildan Makedoniya taxtining vorisi, Aleksandr Makedonskiyning tarbiyachisi vazifasida xizmat qilgan.



2. Aflotun — (miloddan avval 428 yoki 427—Afina 348—347) qadimgi Yunon faylasufi, antik filosofiyadagi ob`ektiv idealistik oqimning asoschisi. Taxminan 407 yilda Sokrat bilan tanishib, uning eng yaqin shogirdlaridan biri bo`lib qolgan.

CXIII


1. Azroil — Islomda e`tiqod qilinadigan to`rt farishtalardan biri. Ular Jabrail, Mikoil, Azroil va Isrofildir.

SXIX


1. Azozil — Shaytonning asli ismi.

CXXII


1. Ibn Adham Shoh Ibrohim — Ibrohim Adham Balx shahrida tug`ilgan. Laqabi Abu Ishoq, ismi va nisbasi Ibrohim Adham binni Sulaymon binni Mansur Balxiy. U Fuzayl Ayoz Abu Yusuf G`aybulliylardan ta`lim oladi va katta karomat va maqomat ahlidan bo`lib yetishadi. 777 yilda Shom shahrida vafot etadi.

2. Balx — Shimoliy Afg`onistonda hozirgi Mozori Sharifning g`arbidagi ko`hna shahar. Miloddan avval yettinchi asrdan boshlab ma`lum. Balx tarixda Ummul-bilod (shaharlar onasi) nomi bilan ham mashhurdir. Yunonlar uni Baktra deb ham ataganlar.

3. Nishobur — Hozirgi Eronning shimoli-sharqidagi qadimiy shahar. Xuroson ostonida. U eng qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblanadi. Shaharda Umar Hayyom va Farididdin Attor yashab ijod etgan va shu yerga dafn etilgan.

SXXVIII


1. Porso — Xoja Muhammad Porso — mashhur buxorolik shayxlardan biri bo`lib, ismi Muhammad binni Mahmud Hofizi Buxoriydir. Porso nomini Shayx Bahouddin Naqshband bergan. 70 yoshida 1419 yilda vafot etgan.

2. Abu Nasr — Xoja Abu Nasr Porso — mashhur shayxlardan bo`lib, uning laqabi ikkita: Burhoniddin hamda Hofiziddindir. Xoja Muhammad Porsoning muridi. 1460 yilda vafot etgan.

SXXXVII

1. Abu Bakr Nishoburiy—Abdulloh bin Muhammad mashhur faqih va hadis bilimdonlaridan bo`lib, zohid va taqvodor kishi bo`lgan. Bog`dod shahrida yashagan, 852 da tug`ilib, 935 da vafot etgan.

2. Shibliy—Mashhur shayxlardan, ismi Abu Bakr Muhammad Ja`far binni Yunus 945 yilda vafot etgan.

3. Nuriy — Abulhasan Nuriy — mashhur shayxlardan bo`lib, ismi Ahmad ibn Muhammaddir. 907 yilda vafot etgan.

CXL

1. Abdulloh Ansoriy — Mashhur mutasavvuf shayxlardan, 1005 yilda Hirot shahrida tug`ilgan. 1093 yilda vafot etgan. Maqbarasi Hirot shahrida.



SXCVIII

1. Yetti vodiy — Tasavvuf ta`limoticha, shaxs ruhiy takomillashish yo`lida bosib o`tishi lozim bo`lgan yetti bosqich, daraja, pog`ona, ular quyidagilardan iborat. Talab vodiysi, Ishq vodiysi, Ma`rifat vodiysi, Istig`no vodiysi, Hayrat vodiysi, Tavhid vodiysi, Faqru fano vodiysi.

CLII

1. Hijoz — Saudiya Arabistonining g`arbi-shimoliy qismi, ya`ni Makka va Madina shaharlari joylashgan vodiy Hijoz deb yuritiladi.



CLIII

1. Musiy — Islomda ham ismi qayd etiladigan payg`ambarlardan. Yahudiylikka e`tiqod etuvchilar orasida iudizm asoschisi deb e`tirof etilgan. Qadimiy yahudiy manbalarda Moshe, Xristian manbalarida Moisey nomi bilan ma`lum. U Sino tog`ida yahudiylarning muqaddas kitobi “Tavrot”ni qabul qilib olgan.

2. Fir`avn—Qadimgi Misr podshohlarining nomi. 18 suloladan boshlab podshoh Fir`avn deb atalgan. Misrda qurilgan yirik piramida va ibodatxonalar fir`avnlar nomini muqaddaslashtirgan va ulug`lagan.

3. Mahdiy — Islom rivoyatlariga ko`ra, o`n ikki imomning oxirgisi bo`lib, qiyomat yaqinlashganda qaytib kelib Dajjolga qarshi kurashadi, deyiladi.

4. Dajjol — Islom aqidalariga ko`ra, qiyomat kuni oldidan dindorlarni to`g`ri yo`ldan ozdiradigan afsonaviy shaxs. Dajjol ko`pgina rivoyatlarda tilga olinadi.

5. Masih — Masiho — Iso payg`ambarning laqabi. Diniy rivoyatlarga ko`ra, Iso payg`ambarning nafasi o`lgan odamlarni tiriltirish, unga jon ato etish qudratiga ega bo`lgan deb yuritiladi. She`rlarga shu xislat bilan singib ketgan.

6. Bu jahl — Asli ismi Amir ibn Hoshim. Makka shahrining zodagonlaridan biri. Muhammad payg`ambar targ`ibotiga qarshi turgani va unga dushmanligi uchun quvg`inga uchragan. Shu bois unga islom tariqotida Abu Jahl laqabi berilgan. Abu Jahl Badr jangida (624) halok bo`lgan.

CLV


1. Maryam — Mashhur va ma`lum «Ming bir kecha» hikoyalarining qahramonlaridan biri, mohir va epchil kashtachi ayol.

2. Namrud— Ibrohim Halilullohni o`ldirishga buyruq bergan zolim shoh. Rivoyatlarga ko`ra, qadimgi Arabistonda o`tgan podshohlardan biri. Uni pashshalar talab o`ldirgan.

3. Xalil — Ibrohim payg`ambarning laqabi. Zolim shohlardan Namrud payg`ambarni o`tga tashlab o`ldirmoqchi bo`lganda xudoning amri bilan o`lmasdan qolgan. Katta gulxan — o`t, gulzorga aylangan.

4. Kalimulloh — Olloh bilan so`zlashgan Muso payg`ambarning laqabi.

5. Muhammad—Muhammad ibn Abdulloh (570—632). Arabistonda

islom dinini birinchi bo`lib targ`ib etgan. Ollohning elchisi, payg`ambar deb tanilgan shaxs. Qirq yoshida Makka shahrida Xudodan vahy olayotganligini e`lon qiladi.

6. Zahhok — Eronnnng qadimgi tarixiga ko`ra, Jamshid qatlidan

so`ng taxtga Zahhok o`ltiradi. U zolim sifati bilan nom taratadi. Shunga ko`ra, Zahhokka qarshi temirchi Kova qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonga peshdodiy shohlaridan Faridun ham qo`shilib Zahhokni yengadilar.

7. Nushirvon yoki Anushirvon — Sharqda adolat timsoli bo`lib, afsonalarga qorishgan shaxs. Miloddan oldin o`tgan Eron shohlaridan biri.

CLVIII


1. Mansur — Mansur Xalloj, to`liq ismi Husayn ibn Mansur (858—922). Mashhur mutasavvuflardan «Men haq (xudo)-man», (Anal haq)—Mening o`zligim xudoning o`zligidir, degan fikrni ilgari surganligi uchun johil ruhoniylar tomonidan o`ldirilgan.

CLX


1. Uzro — «Vomiq va Uzro» qissasi. Sharq xalqlari adabiyotida keng o`rin olgan epik asarlardan. Uning ijobiy qahramonlari xalq og`zaki ijodida hamda yozma adabiyotda keng tomir otgandir. Qissaning o`zbek tilida ham bir nechta variantlari mavjud.

CLXII


1. Shayx Abdulabbos qassob — Ismi Ahmad ibni Muhammad ibni Abul Karim. Tabaristonda va Omilda imomlik qilgan. Muhammad ibni Abdulloh Tabariyning shogirdlaridan.

CLXIII


1. Xoja Bohouddin Naqshband — Ismi Said Muhammad ibn Jamoliddin. Buxoroning eng mashhur shayxlaridan (1318—1389). Naqshbandiylik tariqatining asoschilaridan. Metalga naqsh berish kasbi bilan shug`ullangan. Shuning uchun «Naqshband» taxallusi berilgan. U o`z tariqotida har bir so`fiy o`z mehnati bilan yashashini yoqlaydi. Bu ta`limot Eron, Arabiston, O`rta Osiyoda keng tarqalgan.

CLXV


1. Shayx Sufyon Suriy — mashhur mutasavvuf shayxlardan, ismi Abu Abdullo binni Said, 783 yilda vafot etgan.

CLXXIII


1. Osaf — Sulaymon payg`ambar yashagan davrda o`tgan shaxs, payg`ambar yaqinlaridan hisoblangan. U Sulaymon payg`ambar kabi vahshiy hayvonlar va qush tillarini yaxshi bilgan bo`lsa ham bilimini hech kimga o`rgatmagan va bilish haqida o`zidan keyingi avlodga hech narsa qoldirmagan.

2. Qaqnus— «Lisonut-tayr» asarida berilgan qushlardan birining nomi. Bu qushning tumshug`ida ko`p (suqba) teshiklari bo`lib, ular orqali har xil yoqimli kuy va ohanglarni chiqargan. Qaqnusni jufti bo`lmas ekan, umri bo`yi cho`p, o`tin yig`ib umrining so`ngida juda chiroyli va uzoq kuylar ekan, uning jozibali sayrashidan oldin o`ziga keyin yig`ilgan xashak o`tinga o`t ketib, qush ham, o`tin ham kuyib kul bo`lar ekan. O`t kuli uyumi orasidan yangi «Qaqnusbacha», ya`ni uning bolasi chiqib, bolasi ham o`z yo`lida otasi qilgan ishlarni davom ettirar ekan.

SLXXIV

1. Fisog`urs — Pifagor, qadimgi yunon faylasufi, eramizdan oldin 571—497 yillarda yashagan. Pifagor tarafdorlari eramizdan oldin IV asrgacha ilm-fanga, ayniqsa, matematika, astronomiya fanlari taraqqiyotiga o`z hissalarini qo`shganlar. Rivoyatlarga ko`ra, Fisog`urs o`rmon yaqinidan o`tib ketayotgan0da qaqnus nomli qushning kuylayotganini eshitgan. Bu uni muzika kuylarini, muzika asboblarini kashf etishga olib kelgan.



2. Samandar — Doimo o`t, olov ichida yashaydigan hayvon, katta-kichikligi kalamushcha. Afsonaga ko`ra, u go`yo o`t ichida paydo bo`lib, o`t ichida yashar va halok bo`lar ekan.

CLXXVI


1. Bictom — Eronda, Xurosonning janubi-sharqida. Kirmon bilan Ko`histon orasidagi bir shahar. Atrofini tog`lar o`ragan. Uning olmosi kadimdan mashhur.

SLXXVSH


1. Qays Omir— Alisher Navoiy «Layli va Majnun» asarining bosh qahramonlaridan. Omir Majnunning otasi boshqargan qabilaning nomi. Qays Majnunning asli ismi.

SLXXXVI


1. Mahmudshoh— Mahmud ibn Sabuqtagin (tug`ilgan yili noma`lum —1030). 999 yili Mahmudshoh butun Xurosonni egallab, o`zini sulton deb e`lon qiladi. Hukmdorlik davrida, G`azna shahrida juda katta nodir kitoblarni to`plagan, o`zi pahlaviy va arab tillarini yaxshi bilgan, she`r ham yozgan.

2. Ayoz — Sulton Mahmudshohning (1030) xos shaxsiy mahrami va qulidir. Ismi Abu Najim. 1057 yilda vafot etgan.

SXSI

1. Sa`diy — Muslihiddin Abu Muhammad ibn Mushrifiddin. Shayx Sa`diy nomi bilan mashhur (1203, 1210—1292). Fors-tojik shoiri, mutafakkir, faylasuf va olim. Uning «Bo`ston» (1257) va «Guliston» (1258) asarlari sharq xalqlari ma`naviy axloqiy hayotining o`ziga xos qomusidir.



2. Nizomiy — Nizomiy Ganjaviy, asli ismi Muhammad Ilyos ibn Yusuf (1141—1209). Buyuk Ozarbayjon shoiri. Sharqda birinchi «Xamsa»navis sifatida mashhurdir. Uning «Xamsa»si «Mahzanul-asror» (1170), «Xisrav va Shirin» (1181), «Layli va Majnun» (1188), «Haft paykar» (1196), «Iskandarnoma» (1199—1200) dostonlaridan iboratdir.

3. Xisrav — Amir Xisrav Dehlaviy (1253—1325). Hind va fors-tojik shoiri, muzikashunosi, fors, urdu va hind tillarida asarlar yozgan. Xisrav Dehlaviyning lirikasi besh devondan iborat bo`lib, Nizomiyga javoban «Xamsa» ham yaratgan (1298—1301).

4. Jomiy — Abdurahmon Jomiy (1414—1492). Yirik olim, faylasuf, shoir. Alisher Navoiy o`zining «Xamsatul-mutaxayyirin» kitobida Jomiyning o`ttiz sakkizta asarini sanab o`tgan. Uning asarlari falsafa, tasavvuf, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va san`at sohalariga oid bo`lib, nazm va nasrning har xil janrlarida yozilgan.

5. Foniy — Alisher Navoiy o`zining fors-tojik tilida yozgan asarlarida Foniy taxallusini qo`llaydi. 1496 yilda «Devoni Foniy» devonini tuzgan. «Lisonut tayr» (1498—99) asariga ham «Foniy» taxallusini qo`llagan.

CXCII

1. Sulton Husayn — Asli ismi Husayn Mirzo Mansur binni Mirza Boyqaro (1438—1506). Xuroson hukmdori (1470—1506). O`zbek shoiri. G`azal janrida qalam tebratib devon tuzgan, «Risolai Husayn Boyqaro» (1485) nomli nasriy asari ham bor.



CXCIII

1. Yasrib — Saudiya Arabistonidagi Madina shahrining qadimgi nomi.



Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi

Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling