Mavzu: Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


Download 48.57 Kb.
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi48.57 Kb.
#1839767
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston va Rim filosofiyasi 2023



Mavzu: Qadimgi Yunon-Rim falsafasi
Reja :
I. Kirish


II. Asosiy qism


II. 1. Yunonistonda dastlabki falsafiy talimotlar.


II. 2. Geraklit, Suqrot, Arastu va Pifagor falsafasi.


II. 3. Sofistlar falsafasi.
III. Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi talimotining mohiyati.
Yevropaliklar Uygonish davridan boshlab, besh yuz yil mobaynida Qadimgi Yunoniston tarixini «insoniyatning oltin asri», deb atab kelmoqdalar. Chindan ham, antik madaniyatda hozirgi zamon kishilarini ham rom etayotgan koplab jozibali jihatlar bor. Bular jamiyatning oqilona tuzilganligi, inson va tabiat uygunligi, kuchli diniy hissiyotdir. Yunonlar goyat dindor bolishgan. Ularda xudolar kop sonli bolib, bu xudolarga, misrliklardan farqli olaroq, insoniy xususiyatlar baxsh etilgandi. Bu xudolar magrur va hasadgoy, sadoqatli va dostparvar bolishgan. Bir soz bilan aytganda, ular ozlarini oylab topgan odamlarga oxshash bolishgan. Yunonlar ilmiy bilimlarni goyat qadrlashgan, bu holat hatto ularning avlodlarini ham hayratga solgan. Yunonlar, ayniqsa, astronomiya bilan qattiq qiziqishgan. Eng mashhur yunon olimlaridan biri Arximed bolgan. U jismlarning suzish qonunini kashf etdi va bu qonun keyinchalik uning nomi bilan «Arximed qonuni» deb yuritila boshlagan. Pifagor (sharqda Fisogurs) eng yirik matematik, yoki osha davr tili bilan aytganda, geometr bolgandi. Eramizdan avvalgi butun beshinchi asr davomida yunonlar orasida bilimga chinakam intilish mavjud bolgan. Geometriya va perspektiva qonunlaridan ibodatxonalar qurilishida foydalanilgan. Shuning uchun ham keyinchalik yashab otgan memorlar ularning ishlarini klassik, yani namunali ish deb etirof etishgan. Qadimgi yozuvchilar Esxil, Sofokl va Yevripidlarning ham asarlari mashhurdir. Ular oz pyesalari bilan shuhrat topishgan. Buyuk yunonlar orasida tarixchi Gerodot ham bor edi. Avlodlar unga «tarix fanining otasi» deb nom berishgan. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot (Sokrat) insoniyatga oz- ozini anglab yetishni tavsiya etgandi. Uning tadqiqotlarini shogirdi Aflotun (Platon) davom ettirgan.



Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling