Mavzu: Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


Download 48.57 Kb.
bet2/5
Sana02.06.2024
Hajmi48.57 Kb.
#1839767
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston va Rim filosofiyasi 2023

Asosiy qism


II. 1. Yunonistonda dastlabki falsafiy talimotlar.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunonislonga tegishlidir.Bu davrdagi falsafiy qarashlar - antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maklabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy - ilmiy, ijtimoiy - ahloqiy talimotlari o`rganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy talimotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bolib, o`z davrining yetuk siyosiy arbobi, geogrofi, faylasufi bo`lgan. Fales talimotiga ko`ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o`zgarishda bo`ladi, Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o`rtalarida yashab ijod etgan.U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo`ygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo - cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va ovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta'minlaydi, deb hisoblagan. Uning talimotni zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi yillar) havo olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa otov paydo bolgan. Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi yillar) Kichik Osiyoning G`arbiy qirg`og`idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg`unlik yo`q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat abadiy o`zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo`ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o`rtasida urushlarni targib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga o`tish jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson istemoli uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta'sir ko`rsatgan, Pifagor (eramizdan avvalgi yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. U qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsaily maktab, ya'ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o`zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko`chib kelgan, o`sha yerlarda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak.Pifagorchilarning talimotiga ko`ra, olamning asosida modda bam, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bolib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi, Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bolgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib». to`g`risidagi ta'limotini yaratib, faqat aristokratlar o`rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o`ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Suqrot chindan ham donishmand odam ideali hisoblanadiLekin Suqrotning ozi, chinakam donishmandlik ozining sariqchaqaga arzimasligini anglashdadir, deb uqtirgandi. U Yunonistonda, Afinada taxminan eramizdan avvalgi 470- yillarda tugilgan. Uning bolaligi va ota-onasi togrisida ma'lumot juda kam. U ozidan keyin hech qanday asar qoldirmagan. Biroq uning shogirdi, qadimgi yunon faylasufi Aflotun Suqrot ta'limoti va goyalarini ustozi hayotidan olingan lavhalar bilan uygunlashtirib, muloqot shaklida bayon qilib bergan.
Aflotun ta'kidlashicha, Suqrot butun vaqtini Afina bozorlarida, oz sozlarini tinglashga rozi bolgan har qanday odam bilan gaplashib otkazardi. U, ayniqsa, biron-bir masalada ozining qat'iy fikriga ega bolganlar bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Suqrot bunday odamlarga yol-yolakay savollar berib, ularni gaplashishga majbur qilar, song esa ular bu qadar ishonch bilan fikr yuritayotgan masalada johil ekanliklarini korsatib berardi. Shu bois savollar berish orqali bahs olib borish uslubi Suqrot uslubi, degan nom oldi. Uning asosiy hayotiy qoidasi «Oz-ozingni anglab yet» qoidasi bolgan.
Afinaliklar ozlaryning olam togrisidagi asosiy goyalarini Suqrot rad etganligi tufayli uni yoqtirishmasdi. Ular Suqrotga u xudolarga, haqiqatga va adolatga ishonmasligini aytishardi. Eramizdan avvalgi 399- yilda dushmanlar uni Afina yoshlarini buzishda hamda diniy majburiyatlarini mensimaslikda ayblab, sudga chaqiradilar. Bunday ayblovlarga hech kim ishonmasdi. Buni Suqrot ham yaxshi bilardi. Uning sudda ozini himoya qilib sozlagan, keyinchalik Aflotun tomonidan yozib olingan nutqi mardona, hazil va istehzoga boy edi. U oziga olim jazosini tayinlashlarini bilgani holda, ozini haqiqatni topishga bagishlab, avvalgidek yashayverishi darkorligini bayon etadi. Suqrot ozining songgi kunini ham dostlari bilan jonning abadiyligi togrisidagi masalani muhokama qilgan holda hibsda otkazdi. U oziga berilgan, ogu solingan idishni dadil qolga olib, aslo ikkilanmay, sipqarib yuboradi. Dostlari koz yosh qilishadi, ammo Suqrot ulardan sukut saqlashni iltimos qiladi hamda mamnun lablarida tabassum bilan jon taslim qiladi.



Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling