Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
545
2. Agar bir shogird ilm va muallimni yaxshi
ko‘rmasa, qunt bilan o‘qimasa, maqsadiga yeta
olmaydi.
3. Hech qachon ilm o‘rganish ishida uzil-
ish yuz bermasligi kerak. Negaki, bu katta
yo‘qotishga olib boradi.
4. Ta’lim oluvchi uzluksiz holda dars qilishi,
sheriklari bilan yoki yolg‘iz o‘zi masalalarni
takrorlab turishi lozim.
5. Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib
qo‘ymaslikdir. Hadeb bir narsani o‘qiyverish
zeriktiradi va toqatini toq qiladi. Agar o‘quvchi
bir masaladan boshqa masalaga o‘tib tursa, u
xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larni sayr qilgan-
dek zavqlanadi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa
bir bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini
ko‘rgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga ro-
hat bag‘ishlaydi.
6. Ta’lim oluvchi ilmni hurmat qilishi kerak,
kitobni yerga qo‘yishi va uni iflos qo‘llari bilan
ushlashi mumkin emas.
7. Ta’lim oluvchi yeyish, ichish va uxlash
kabilarni ham unutib qo‘ymasligi, shuning-
dek, hashamatli hayotni orzu qilmasligi ker-
ak. U insonlar bilan chiroyli muomala qili-
shi va o‘ziga tegishli bo‘lmagan narsalar bilan
shug‘ullanmasligi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi