Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
539
3. irodali bo‘lish
Inson hayoti davomida qiyinchilik va
mashaq qatlarga
duch kelganida iroda kuchi
juda kerak bo‘ladi. O‘qishdan bezor bo‘lib,
zerikkanlar qo‘rqmasdan kurashni davom et-
tirishi kerak. Bunga rejali va tartibli ishlash
orqali erishish mumkin.
Istak va sabr bilan tartibli o‘qishni amal-
ga oshirish kerak.
Bu dasturning asosi har
kuni tartib bilan dars qilish uchun o‘tirish va
o‘qishdan o‘zini olib qochmaslikdir.
4. ilm olishdan rohatlanish.
Mashqlarni bajarib, masalalarni yechayo-
tgan bola qilayotgan
ishidan huzurlanishi va
rohatlanishi kerak. O‘rganishdan qancha xur-
sand bo‘lsak, ma’lumotlarni eslab qolish shun-
cha oson bo‘ladi.
5. o‘qishga nisbatan xohishni uyg‘otish.
Ba’zida o‘qish istagi so‘nadi. Bu har kimda
ham bo‘lishi mumkin. Ajdodlarimiz “bosh-
lash bitirishning yarmidir”, deb bejiz aytish-
magan.
Qisqasi, o‘qishga kirishishdan oldin xohish
bo‘lishini kutmaylik, darsga o‘tirganimizda u
o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.
Xohish bilan o‘qish
uchun quyidagilarga
e’tibor bering:
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
540
– masalani aniq yecha olishingizga ishoning;
– o‘qishni
boshlamasdan oldin mavzuga
bog‘liq maqsad qo‘yish;
– o‘qiyotgan manbaga o‘zimizda qiziqish
uyg‘otish;
– o‘qish davomida qayd etish, tagiga chizish,
xulosa chiqarish kabi turli vositalarni qo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: