Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
533
Foydali nasihatlar
1. “Yoshlikda zahmat chekib,
ilm o‘rgansang, kasb-hunar egal-
lasang, qariganda rohat topasan”
(Koshifiy).
2. “Kim ko‘p kitob o‘qisa, kitob
uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so‘zga
chechan qiladi. Kitob yolg‘izlikdagi eng munis
hamdamdir. Kitob o‘tmishdan ham, kelajak-
dan ham xabar beruvchidir. Kitob insondan
hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga yet-
kazadi. Kitob odob-axloqning koni, bilimning
bulog‘idir”.
3. Qiziqish ilmning eshigidir.
4. Diqqat-e’tibor ilmning makoni.
5. Bilak qila olmagan ishlarni ilm hal qila
oladi.
6. Insonni bilim bilan odob bezaydi.
7. Ishlatilmagan bilim bora-bora eskiradi.
8. Bilmaganlik ayb emas, bilishga intilmaslik
ayb.
9. Bilim shunday boylikki, uni hech kim
tortib ololmaydi.
10. Sen barcha so‘zlarni bilim bilan so‘zlagin,
barcha kishini bilimi uchun ulug‘lagin.
www.ziyouz.com kutubxonasi