I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana13.07.2017
Hajmi0.69 Mb.
#11132
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

KIRISH

XX  asr  oxiri  o'zbek  xalqi  tarixida  olamshumul  ahamiyatga  molik 

davr boidi.  O'zbekiston  mustaqil taraqqiyot  yoiiga  kirdi,  asriy orzusi 

ushalgan xalq  o'z taqdirini  o'z qo'li  bilan yaratadigan bo'ldi.  Kelajagi 

buyuk  davlatni  qurish  va  mustahkamlash  uchun  jamiyatni  harakatga 

keltiruvchi  komil  insonlarni  yetishtirish  talab  etiladi.  Buning  uchun 

jam iyatning  har  bir  a ’zosi  dastaw al,  o'zligini  anglashi  kerak. 

Prezidentimiz I. A.  Karimov 'Tarixiy xotiiasiz kelajak yo‘q" deb atalgan 

risolasida,  —  "o'zlikni  anglash  tarixni  bilishdan  boshlanadi.1  Tarixni 

yaxshi  bilmasdan turib yuksak  mavqega  erishish  mumkinmi? Albatta, 

mumkin  emas.  Ma’naviyatini  tiklashi,  tug'ilib  o'sgan  yurtida  o'zini 

boshqalardan  kam  sezmay,  boshini  baland  ko'tarib  yurishi  uchun 

insonga,  albatta,  tarixiy  xotira  kerak...2  Tarixiy  xotirasi  bor  inson  -  

irodali  inson.  Takror  aytaman,  u  irodali  insondir...  Jamiyatning  har 

bir a’zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa,  bunday odamlami yo'ldan urish, 

har  xil  aqidalar ta’siriga  olish  mumkin  emas.  Tarix  saboqlari  insonni 

hushyorlikka o'rgatadi. Irodasini mustahkamlaydi" — deb ta’kidlaydilar.3

Respublikamizda  diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi milliy 

qadriyatlarimizga yot, zararli oqim qarashlaming paydo boiib qolishi 

ayrim yoshlarimizning adashib shunday manfur guruhlaming malayiga 

aylanib  qolayotgani  Prezidentimiz  lslom  Karimovning  yuqoridagi 

gaplari  naqadar to'g'ri  ekanini  yana  bir bor  isbotidir.

I.A.Karimov  o'zining  "Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo'q"  nomli 

risolasida  yana  shunday  deb  yozadilar  :  "Modomiki,  o'z  tarixini 

bilgan,  undan  ruhiy  quw at  oladigan  xalqni  yengib  bo'lmas  ekan, 

biz  haqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni,  millatimizni  ana 

shu tarix bilan quiollantirishimiz zarur4.  Prezidentimizning yuqorida 

eslatib o'tilgan risolasida yurtimizda tarixni o'rganishni davlat siyosati 

darajasiga  ko'tarilganini  ko'rishimiz mumkin.

Shuning  uchun  ham  O'zbekiston  tarixi  fani  barcha  oliy va  o'lta 

maxsus  ta’lim  o'quv  yurtlarida,  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari, 

umumta’lim  maktablarida  o'qitilmoqda,  bitiruvchilar  esa  yakuniy 

Davlat  attestatsiyalarini  topshirmoqdalar.

1 lslo m   K arim ov.  T arixiy  x o tira siz  kelajak  y o ‘q.  -   T.:  "S h arq ”,  1998  yil,  5-bct.

KD^sha  m a n b a   8-bet.

K )4sh a  m a n b a   9-bet.

40 ‘sha  m an b a  2 4 -2 5 -  betlar.

3


Prezidentimiz  bu  ishga  shaxsan  o'zlari,  bosh-qosh  bo'lmoqdalar. 

U  kishining  tarixchi  o lim lar  bilan  uchrashuvlari,  V azirlar 

Mahkamasining  bu  masalaga  bag'ishlangan  bir  qator  qarorlari  va 

farmoyishlari  yuqoridagi  fikrimizning  isbotidir.

1998—1999  o'quv  yilidan  boshlab  Oliy  o ‘quv  yurtlarining 

nomutaxassis  yo'nalishlarida  O 'zbekiston  tarixini  m uam m oli 

ma’ruzalar taizida  o'rganish  yo'lga  qo'yildi.

Ushbu  o'quv-uslubiy  qo'llanm a  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta ’lim 

vazirligining  2011-yil  17-noyabrdagi  namunaviy  dasturi  asosida 

tayyorlangan bo‘lib, unda har bir mavzu yangi pedagogik texnologiyalar 

ko‘magida  quyidagi  mualliflar jamoasi  tomonidan  tayyorlandi:

I—III  mavzular  o'qituvchi  O.  Begmatov,  IV—VI  mavzular  katta 

o ‘qituvchi  T.  Madaminov;  V ll-IX   mavzular  katta  o'qituvchi  H. 

Eigasheva;  D.  Miizahamdamova;  X—XII  mavzular  siyosiy  fanlar 

nomzodi  RT.Qodirov; XIII—XV mavzular o'qituvchi B. Abdullayev; 

XVT—XVII  mavzular  O.  Begmatov,  R.T.  Qodirovlar  tomonidan 

tayyorlandi.  Fan  yuzasidan  amaliy  m ashg‘ulotlar  ishlanmasi, 

foydalanilgan  va  tavsiya  etilgan  adabiyotlar  O.  Begmatov  va  R.  T. 

Qodirovlar  ishtirokida,  amaliy  mashg‘ulotlardagi  krossvordlar  O. 

Begmatov,  H.  Ergashevalar  tomonidan  tuzildi.

0 ‘quv-uslubiy  qo'llanma  talabalami  Vatanimiz  tarixini  chuqur 

o‘rganishga  bo‘lgan  intilishiga  oz  bo‘lsa-da  yordam  berish,  Vatan 

tarixini  o'rganishda  professor-o‘qituvchilarimiz  mehnatini  yanada 

samarali  bo'lishini  ko'zlab  tayyorlandi.

QoMingizdagi  kitobcha  ilmiy  tadqiqotlar  m ahsuli  bo  lgan 

monografiya  emas,  balki,  u  mavjud  nashr  qilingan  adabiyotlardan 

foydalanib tuzilgan  ma’ruzalar matni  hamda  seminar mashg‘ulotlari 

mavzulari  yuzasidan  uslubiy  tavsiyalar  to‘plamidir.  Shunday  ekan, 

tabiiyki, kamchiliklardan xoli emas. 0 ‘z fikrini aytib, to‘plam sifatini 

yaxshilashga yordam bergan o'itoqlaiga, mualliflar oldindan tashakkur 

bildiradi.

4


"Tarixiy xotira tuyg'usi  to‘laqonli ravishda  liklangan, 

xatq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvqffaqiyat va  zpfarlari, 

yo'qotish  va qurboniari,  quvonch  va  iztimblari bilan 

xolis  va  haqqoniy o ‘rganilgan  taqdirdagina  chinakam  tarix bo'ladi"1

I.  Karimov

0 ‘ZBEKIST0N TARIXI  PREDMETI,  NAZARIY 

METODOLOGIK ASOSLARI  VA  UNI  0 ‘RGANISHNING

AHAMIYATI

Reja:


1.  O'zbekislon  tarixi  fani  predmeti  va  manbalari.

2. O'zbekiston tarixini yoritishning nazariy va metodologik asoslari.

3.  Yosh  avlodni  tarbiyalashda  O'zbekiston  tarixining  ahamiyati.

Ushbu mavzuni o ‘rganishda quyidagi texnologiyani tavsiya etamiv

"Tushunchalar tahlili" uslubi.

Mashg'ulotni  o'tkazish  tartibi:

•   ialabalami guruhlarga  (sharoitga  qarab)  ajratiladi;

•   talabalar  mashg'ulotni  o'tkazishga  qoYitgan  íalab  va qoidalar 

bilan  tanishtiriladi;

m  tarqatma  materia liar guruh  a ’zolariga  tarqaliladi.

•   talabalar yakka  tartibda  o ‘tilgan  mavzju yoki yangi mavzM bo *yicha 



tarqatma  materialda  berilgan  tushunchalar bilan  tanishadilar;

•   talabalar tarqatma materialda mavzu bo yicha berilgan tushunchalar 



yoniga egallagan (yokio'zJarining) bilimlariasosida (berilgan tushunchalami 

qanday  tushungan  bo ‘¡salar  shunday)  izoh  yozpdilar  (yakka tartibda);

•   o ’qituvchi  tarqatm a  m aterialda  mavzu  b o ‘yicha  berilgan 



tushunchalami o ‘qiydi va jamoa  bilan  birgalikda  har  bir  tushunchaga 

to ‘g ‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan 

slayd orqali  (imkoni  bo ‘Isa)  tanishtiriladi;

•   har bir talaba  to'g'ri javob  bilan  belgilangan javoblarhingfarqlami 



aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo ‘ladilar, o "z~o ‘zJarini tekshiradilar, 

baholaydilar,  shuningdek  bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

boh:  "Tushunchalar 

tahliir 

uslubini  "Chaynvord",  "UzJuksiz  zpnjir", 

"Klaster",  "Blits-zpnjir" shaklida ham  tashkil etish  mumkin.

‘Islom   Karimov.  Yuksak  m a’naviyat  -   yengilm as  kuch.  -   T.:  "M a’naviyat",  2008  yil,  97-bet.



5

"Tushunchalar tahlili" uslubidan bir darsning o 'zida dars boshlanishida 

o'tgan  mavzjuni  takrorlash,  mustahkamlash  yoki  yangi  mavzu  bo'yicha 

talabalaming dastlabki  bilimlari,  qanday  tushunchalami  egallaganliklari 

va  shu  darsning oxirida  bugungi  mavzudan  nimalami bilib  olganliklarini 

aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.

Tarix  —  arabcha  so'z  bo'lib,  "o'tmish",  "o'tgan  voqealar  haqida 

aniq  hikoya  qilish"  ma’nolarini  anglatadi,  tarix  butun  insoniyatning 

uzoq  o'tmishdan  to  hoziigi  kunlargacha  bosib  o'tgan  hayot  yo'lini, 

avloddan  avlodga  meros qoluvchi,  doimo  rivojlanib,  boyib  boruvchi 

ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi 

sohalaridagi  tajribalarini,  xalqlarni  yetaklagan  tarixiy  shaxslar 

faoliyatini  tartibga  solingan  holda  o'iganuvchi,  tasvirlovchi  fandir.

O zbek xalqining ezgu orzusi ro'yobga chiqib, o'z mustaqiUigini qo'lga 

kiritdi.  Mustaqillik  tufayli  uning boy  madaniy  o'tmishidan  saboq  olish, 

vatan  tarixini  chuqurroq  va  izchil  tadqiq  etish  va  qimmatli  xulosalar 

chiqarish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Pnezidentimiz I. A. Karimovning 

"Mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  xalqimizning  o'z  yurti,  tili, 

madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib 

bormoqda.  Bu  —  tabiiy  hoi.  Odamzod  borki,  avlod-ajdodi  kimligini, 

nasl-nasabini,  o'zi  tug'ilib  voyaga  yetgan  qishloq,  shahar,  xullaski, 

Vatanining tarixini  bilishni  istaydi"1,— deganlari  ayni  haqiqatdir.

O'zbekiston tarixi fanining predmeti O'zbekistonning uzoq o'tmishdan 

shu kunlaigacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy 

taraqqiyoti jarayonidir.  O'zbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va 

boy  tarixga  ega  bo'lgan  o'zbek  xalqining  bir  necha  ming  yillik  tarixiy 

iqtisodiy-siyosiy  va  ma’naviy  taraqqiyotini  o'rganuvchi  va  o'rgatuvchi 

fandir.  Markaziy Osiyoda, jumladan,  O'zbekistonda yashab kelayotgan 

xalqlar  jahon  fani  va  madaniyati  xazinasiga  munosib  hissa  qo'shib 

kelmoqdalar.  O'zbek xalqi  Markaziy Osiyodagi barcha  xalqlar qatorida 

doimo erkinlik,  huriik, ozodlik va  mustaqillik uchun  mustamlakachilar 

va yot kelgindilarga qarshi kurash olib boigan va shu jihatdan u o'zining 

chuqur ildiz otgan  an’analariga  egadir.

O'zbekiston  tarixi  fanining  o'z  o'rganish  manbalari  bor.  Bular:

'I s lo m   K arim o v .  B iz  k c la ja g im iz n i  o ‘z  qo   lim iz   b ila n   q u ra m iz .  A s a rla r.  7 -jild .  -   T 

" 0 ‘zb c k isio n ".  1999-yil.  132-bct

6


1) Arxeologik yodgorliklar;

2)  Yozma  yodgorliklar,

3)  Etnografik  materiallar;

4)  Xalq  og'zaki  yodi  (folklor);

5) Texnik vositalar mahsulotlaridir.

0 ‘zbekiston  tarixini  o'rganganda  uni  ma’lum  davrlarga  bo‘lib 

o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, Vatanimiz 

tarixini  quyidagi  davrlarga  b o iib   o'iganish  maqsadga  muvofiq:

•   Ibtidoiy-jamoa  tuzumi.

•   Qadimgi  davr  davlatchilikning shakllanishi  va  rivojlanishi.

•   O'fta  asrlar davri.

•   Chor-imperiyasi  mustamlakachiligi  davri.

•   Mustabid sho'ro  hokimiyati  hukmronligi  davri.

•   Milliy  istiqlol  davri.

Bitinivchi  talaba  —  bakalavr  bilishi  kerak  bo'lgan  umumiy  bilim 

doirasi  O'zbekiston  tarixi  fani  oldiga  quyidagi  vazifalami  qo'yadi:

Birinchidan, Vatan tarixini o'qish va o'rganish jarayonida yoshlarda 

tarixiy  bilim lar,  ilm iy -n azariy   tu sh u n c h a la r  va  tasavvurlar 

shakllanmog'i  lozim.  Chunki  voqea  va  hodisalarni  bilmasdan,  ular 

haqida tushuncha va tasawurga ega boim asdan turib g'oyaviy-siyosiy 

dunyoqarash  haqida  gap yuritish  mumkin  emas;

Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o'qitish va o'rganish jarayonida 

chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh 

yo'nalish  bo'lishi  lozim;

Uchinchidan,  Vatan tarixining har bir satri,  har bir sahifasi  milliy 

qadriyatlarga  hurmat  ruhi  bilan  sug'orilgan  bo'lishi  va  milliy  g'oya 

va  milliy  mafkuraning  kamol  topishiga  xizmat  qilishi  darkor;

To'rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan 

asosiy  g 'oya  —  o tash in   v atan p arv arlik ,  b ay n alm in alch ilik , 

insonparvarlik  kabi  ulug'  fazilatlarga  qaratilmog'i  kerak;

Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, 

iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi 

va  ravnaq  topishiga  xizmat  qilishi,  davr  va  zamon  bilan  hamnafas 

bo'lmog'i  ayni  muddaodir.  Shuning  uchun  ham  Vatan  tarixini 

o'rganish  va  o'igatishga  davlat  siyosati  darajasida  qarash  lozim.

Tarixiy  voqealami o'rganishda qanday ilmiy-nazariy, metodologik



7

asoslaiga tayanishning ahamiyati juda katta. Sho’rolar davrida uni o'qitish 

ishlari  maricsistik  metodologiyaga  bo'ysundirildL  Har  qanday voqeani 

yoritishga komfirqa mafkuiaviyiigi, paitiyaviylik, anfiyJik nuqtai nazarldan 

yondoshildi.  Mamlakat,  butun  bir  xalq  tarin  ikkiga  —  ekspluatatorlar 

va  ekspluatatsiya  qilinuvchilar,  quldorlar va  qullar,  feodallar Va  qaram 

dehqonlar,  buijuaziya  va  yollanma  ishchilar,  boy lar va  kambag'allar, 

mulkdorlar  va  yo'qsillar  taiziga  bolindi.  Boylar  va  mulkdorlar,  ular 

orasidan  chiqqan  beklar,  amirlar,  xonlar,  davlat  aiboblari,  ruhoniylar 

qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar jamiyat a’zolarining 

bir  qismi  -   kambag'allar  va  yo'qsillarni  himoya  qilgan,  ularnjng 

manfaatiga  bo'ysundirilgan  holda  yoritildi.  Din,  diniy  qadriyatlar 

qoralandi,  insonlaming  diniy  e’tiqodlari  oyoqosti  qilindi,  ruhoniylar 

quvg'in ostiga  olindi.  Buyuk  olimlar,  allomalar,  raa’rifatparvar shoini- 

ulamolar,  yozuvchilar  ikki  guruhga  —  materialistlar  va  idealistlarga 

bo'lindi.  Ulardan  u  yoki  bu dinga  e’tiqod  qilganlari  idealist  deb atajdi, 

ta’qib etildi, ulaming faoliyatini o'rganish taqiqlandi, o'zlari tahqirlandi, 

asarían  xalqdan  yashirildi,  yo'qotib  yuborildi.  Bir so'z  bilan  aytganda, 

Vatan  tarixini  o'iganish  va  o‘igatishga  panja  oitidan  qaraldi.

Oqibatda  ko'pgina  tarixiy  voqea-hodisalar  soxtalashtirildi,  o'tmish 

qoralandi,  ma’naviy  merosimiz,  milliy  qadriyatlarimiz  haqoratlandi. 

Yosh avlodga ulami jirkanch illat, xurofot, eskilik saïqhlari deb o'rgatildi.

Xalqimiz  tarixining  bu  qadar soxtalashtirilishiga  faqat  marksistik 

metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. 

Bu  borada  mamlakatda  hukmron  boMgan  totalitär tuzumning  salbiy 

roli  katta  bo'ldi.  Tarix  esa  shu  totalitär  tuzumning  xizmatkoriga, 

targ'ibotchi  va  himoyachisiga,  kommunistik  mafkura  quroliga 

aylantirilgan  edi.

Vatanim iz  tarixini  yoritishda  ilgari  yo‘1  qo'yilgan  xato  va 

kamchiliklarga  aniq  misollar  bilan  to'xtab  o'taylik.  Awalo,  shuni 

aytish  kerakki,  ilgari bizda "Vatan tarixi" ("O'zbekiston tarixi") degan 

tushunchaning o'zi deyarli  yo'q edi.  Faqat  dorilfunun  va  muallimlar 

tayyorlash  oliygohlarining  tarix  fakultetlarida  70—100  soatlik  qisqa 

kurs  o 'q itila r  edi,  xolos.  Boshqa  oliygohlarda,  o 'rta   maxsus 

ilmgohlarda  Vatan  tarixi  mutlaqo  o'qitilmas  edi.  O'rta  maktablarda 

Vatan  tarixidan  bir  necha 

mavzulargina  SSSR 

tarixi  mavzulariga 

ilova sifatida o'qitilar edi.  Darslar rus tilida olib boriladigan sinflarda 

esa  O'zbekiston  tarixi,  turli  bahonalar bilan,  deyarli  o'qitilmas  edi.



8

V atan  tarix ig a  b a g 'ish la n g a n   m avjud  d a rslik ,  risola  va 

qoilanmalarda  tariximizni  yoritish  borasida  bir  qancha  qo'pol  xato 

va  kamchiliklarga  yo'l  qo'yib  kelinardi.

Birinchi  yirik xato  shundan  iborat  ediki,  "SSSR tarixi"  deb atalgan 

bu  fan  aslida,  deyarli  Rossiyaning  tarixidan  iborat  bo‘lgan  fan  edi. 

Uni adolat  nuqtai  nazardan olganda,  haqiqiy fan deb ham boimasdi, 

chunki  unda  tarix  fanining  an’anaviy  tamoyillariga  amal  qilinmas, 

ya’ni tarix qanday bo'Isa o'shandayligicha,  o'zgartirmay,  zamonga va 

siyosatga  moslamay o'rgatilmas edi.

Ikkinchi  xato  —  Vatanimizda  sodir  bo‘lgan  tarixiy  hodisa  va 

voqealar  zo'rma-zo'raki,  ma’lum  sun’iy  qoliplarga  solib  o‘iganilar 

edi.  Bulardan biri — formatsion qolip. So‘nggi ilg'or ilmiy tadqiqotlar 

shuni  ko'rsatdiki,  Vatanimizda  quldorlik  munosabatlari  formatsiya 

sifatida, ya’ni ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sifatida bo'lgan emas. 

Bu  haqda  ilgari  ham,  iymanib  bo‘lsa  ham  aytilaidi.  Hozir  baralla 

aytilmoqda.  1992-yil  " 0 ‘qituvchi"  nashriyoti o ‘rta  maktablaming 8- 

9 sinf o'quvchilari uchun materiallar sifatida nashr qilgan "O'zbekiston 

xalqlari  tarixi"  kitobida  quyidagi  jumlalarni  o ‘qiymiz:  "Quldorlik 

munosabatlari  O 'rta  Osiyo  aholisi  turli  qatlamlari  va  guruhlarida 

rruhim   o 'rin   tutgan  emas.  Ishlab  chiqarishda,  ayniqsa  qishloq 

xo'jaligida  qullar  emas,  balki  erkin  jamoachUar  bari  bir  yetakchi 

ahamiyat  kasb etgan".

Formatsiyada  ikki asosiy sinf bo‘lib,  biri  boyliklami yetishtirishda 

yetakchi  kuch bo‘lib  hisoblanadi.  Masalan,  qadimgi  Rimda,  Misr va 

Eronda qullar yirik plantatsiyalarda ishlab,  boylikni yaratishda,  ya’ni 

ishlab  c h iq arish d a   yetakchi  kuch  b o 'lib   xizm at  q ilg an lar. 

Aytganimizday,  bizda  bunday bo'lmagan.  Demak,  quldorlik muhim 

o'rin  tutmagan,  qullar  ishlab  chiqarishda  yetakchi  ahamiyat  kasb 

etmagan.  Shuning uchun bu jamiyatni quldorlik formatsiyasi bo'lgan 

jamiyat,  deb  da’vo  qilish  tarixiy  haqiqatga  xilof.  Bizda  quldorlik 

munosabatlari rivojlanmagan, chunki qo'l mehnati o'zini oqlamagan. 

Shuning  uchun  qullardan  xonadon  yumushlarida  foydalanganlar 

("xonaki" qulchilik) va hokazo.  Quldorlik bizda uklad  bo'lgan (uklad 

asosiy,  yetakchi  rol  o'ynamaydigan  ijtimoiy  va  siyosiy-huquqiy 

munosabatlar tizimidir).  Uklad  turli  formatsiyada  bo‘lishi  mumkin. 

Masalan, bizda Buxoro va Xorazmda quldorlOik munosabatlari uklad 

sifatida  1920-yilgacha  mavjud  bo‘lgan.

9


Ikkinchi  qolip  -   sinfiylik  qolipi.  Ya’ni  har  bir  hodisa  va  voqeaga 

sinfiylik  nuqtai  nazaridan  baho  berilgan.  Masalan,  "bosmachilar"  deb 

atalgan kishüarga yoppasiga sinfiy dushmanlar deb,  ulaiga aslida nohaq 

qarshi  kurashganlarga  faqatgina  xalq  manfaati  uchun  kurashavchi 

inqilobchilar,  deb  qaraganlar.  Vaholangki,  "bosmachilar"  safida 

millatparvar  kuchlar,  sho'rolar  siyosatidan  norozi  bo‘lib,  noiloj 

Hbosmachilar"ga  borib  qo'shilganlar ham  bo'lgan.  Sho'rolar tomonida 

esa  sharoitdan  foydalanib,  "g'ayridin"lami  qirib,  boyib  olishni  maqsad 

qilib  qo'ygan  va  o'z  niyatlarini  niqoblash  uchun  qizil  gvardiyachüar 

kiyimini  kiygan  arman  millatchi  buijua  partiyasi  a’zolari  bo'lgan 

dashnoqlar kabi jinoyatchi unsurlar ham bor edi. ’’Bosmachi" o‘z yuitining 

erki  va  ozodligi  uchun  kurashgan.  Shuning  uchun  iriaiga  istlqlolchi 

sifatida  qarash  to'g'ri  bo'ladi.  (Albatta  guruch  kurmaksiz boimagan.)

Uchinchi  qolip  —  mafkuraviylik  qolipi.  Ya’ni  har  qanday  voqéa 

va  hodisalarga,  dunyoqarashga  uning  markscha-lenincha  mafkuraga 

mos  kelish-kelmasligiga  qarab  baho  berílardi.  Masalan,  Vatanimiz 

taríxida jadidchilik muhim  ahamiyatga  ega  bo'lgan taríxiy hodisadir. 

U o'z davri uchun demokratik,  miílatparvarlik, ilg'or ziyolilik harakati 

bo'lgan  jadidlar,  o'z  kamchiliklariga  qaramay,  Vatan  mustaiqilligi, 

istiqlol  va  taraqqiyot  yo'li  uchun  kurashgan  fldoyilar edilar.  Ammo 

ularning  qarashlari,  faoliyatlarí  mafkuraviylik  qolipiga  joylandi, 

natijada ular taríxiy asarlarda salbiy baho oldilar.  Ularning ko'pchiligi 

qatag'on  yillari  qurboni  bo'ldilar.

Vatan taríxnavisligida  yo‘l  qo'yib kelingan  xatolaming uchinchisi, 

Rossiya  taríxnavisligiga  ko'r-ko'rona  moslashish,  taqlidchilik  va 

ko'chirmachilikdir.  Bu  borada  ikkita  tendentsiyani ko'ramiz:

Birínchisi  —  O'zhekiston  tarixini  davrlarga  bo'lish  hamda  taríxiy 

hodisa va voqealami baholashda rusiyzabon tarixchilaiga taqlid qilish 

va  ulardan  ko'chirísh  tendentsiyasi.  Masalan,  hoziigi  O'zbekiston 

hududiga  1917-yil  inqilobidan  keyin  biror  bir  davlat  qo'shin  tortib 

kelm agani  h o ld a,  ilgari  n ash r  q ilin g an   barcha  darslik  va 

qo'llanmalarda "O'zbekiston chet el interventsiyasi va fuqarolar urushi 

davrida" deb atalmish  mavzular bor edi.  Faqat  Zakaspiy o'lkasida,  u 

ham  bo'lsa,  yetti  oycha  interventsiya  bo'lgan,  xolos.  O'zbekiston 

hududiga  kelgan  bir  necha  josus  “ interventsiya”  tushunchasiga 

sig'maydi. Yana, Rossiya taríxidan ko'chirib, bizda ham fuqarolar unishi 

1918-yil  may-iyun  oylarida  boshlanib,  asosan,  1920-yilda  tugallandi,

10


deyilardi  tarixga  oid  asarlaming  barchasida.  Bu  mutlaqo  noto'g'ri. 

Q o’qondagi 

Turkiston Muxtoriyati ("Qo'qon Muxtoriyati") kuchlariga 

qarshi  hujum  1918-yil 30-yanvardan 3I-yanvarga  (yangi hisobda  11- 

fevraldan  12  fevralga)  o 'tar  kechasi  sodir  boigan.  Ana  shu  sana 

O 'z b e k isto n d a  

fuqarolar  urushi  emas,  milliy-ozodlik  harakati 

boshlangan  kun  deb  sanalishi  kerak.  Endi  "fuqarolar  urushining" 

tugallanishi  masalasida  arxiv  materiallariga  murojaat  qilamiz:

1922-yil  8-iyulda  Turkiston  Markaziy  Ijroiya  Komiteti  to*rtinchi 

plenumining  beshinchi  majlisida  ma’ruza  qilgan  Turkiston  Xalq 

Komissarlari  Kengashining raisi Q. Otaboev keltirgan faktlar shundan 

dalolat  beradiki,  o'sha vaqtda  Qo'qon uezdining  uchdan  ikki  qismi, 

Marg'ilon uezdining teng yarmi, Andijon uezdining 6 volosti, demak, 

Farg‘ona  vodiysi  hududining  yarmi  qo'rboshilar  qo'lida  edi.  1922- 

yilning ikkinchi yarmida ahvol shunday bo'lgach, qanday qilib  1920- 

yilda "fuqarolar urushi" asosan tugadi deb, atash mumkin. Shu o ‘rinda 

"fuqarolar urushi" degan tushunchaning o'zi noto'g'ri qo'llanilganligini 

ta’kidlash  zarur deb o'ylaymiz.  Chunki, xalqning  ilg'or fikrli,  ziyoli, 

erk  va  ozodlikka  intilganlari  istiqlolchilar  saflda  o'z  xalqiga  emas, 

sho'rolar tuzumining  noto'g'ri  siyosatiga  qarshi  kurash  olib  borgan.

Milliy-ozodlik  urushi  asosan  1923-yilning  oxirlari  —  1924-yil 

boshlariga kelib tugadi,  deb aytish uchun to'la  asos bor, desak to'g'ri 

bo'ladi.  Aslida  bu  harakat  1935-yili  to'la  tugatilgan.

Ikkinchi  tendentsiya  —  O'zbekiston  tarixini  yoritganda,  birinchi 

navbatda,  Markazning  —  Moskvaning,  rus  shovinist  olimlarining 

ko'nglini ovlash, ulaming diliga ozor bermaslikka intilish tendentsiyasi. 

Bu tendentsiyaning mohiyatini ochish uchun quyidagi misolni keltirish 

o'rinlidir.  Bu misol Amir Temur va G'arb masalasiga aloqador. Bizga 

ma’lumki, Amir Temumi  Yevropa yaxshi tanigan va ung



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling