I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli


Download 0.69 Mb.
Pdf просмотр
bet4/10
Sana13.07.2017
Hajmi0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

31

•  

o ‘qUuvchi  guruhlar  tomonidan  iayyorlangan  maieriallarga  izoh 

berib,  ulami  baholaydi  va  mashg ‘ulotni  yakunlaydi.

“Sivilizatsiya” atamasiga turli zamonlarda turlicha ta’riflar berilgan 

va  bu  bugungi  kungacha  davom  etmoqda.  O'zbekiston  Milliy 

ensiklopediyasida  sivilizatsiya  atamasi  quyidagicha  ta ’riflanadi: 

sivilizatsiya  (lot.  cuvilis)  -   fuqarolikka,  davlatga taalluqli, tamaddun

-   1)  keng  ma’noda  -   ongli  mavjudotlar  mavjudligining  har qanday 

shakli; 2) madaniyat so'zining sinonimi.  Bu termin ko'pincha moddiy 

madaniyat  ma’nosida  ham  qo'llaniladi;  3)  madaniyatning  zamon  va 

makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misrsivilizatsiyasi,  Mesopotamiya 

sivilizatsiyasi  va  b.);  4)  yowoyilik  va  vahshiylikdan  keyingi  ijtimoiy 

taraqqiyot  bosqichi.  "Sivilizatsiya” tushunchasi  18-asrda  "madaniyat” 

tushunchasi  bilan  uzviy  bog'liq  ravishda  paydo  bo'lgan.  Fransuz 

faylasufî  ma’rifatparvarlari  aql  va  adolatga  asoslangan  jamiyatni 

sivilizatsiyalashgan jamiyat  deb  bilganlar.

Demak, sivilizatsiya — insoniyatning ijtimoiy,  moddiy  va ma’naviy 

taraqqiyotning yuksak  darajasini  anglatadi.  Prezident  I.  A.  Karimov 

"Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” nomli risolasida "... bizning Vatanimiz 

nafaqat  sharq  balki,  umumjahon  sivilizatsiyasi  beshiklaridan  bin 

bo‘lganini  butun jahon  tan  olmoqda"1,  deb ta’kidlagan  edi.  O'zlikni 

anglash, eng awalo o'tmishni o'rganishdan, tarixga ehtiyoj sezishdan 

boshlanadi.  Darhaqiqat,  o zligini  anglayotgan  inson  qanday  oilada 

dunyoga  kelgani,  o‘z  ajdodlari  kimlar  bo'lgani,  ota-bobolari  bosib 

o'tgan  yo'lni  bilishga  intiladi.  U laming  meroslari  bilan  faxrlanadi 

va  ayni  paytda  o'z  oldiga  yuksak  maqsadlar  qo'yadi.

Olamni tadqiq etish -  tafakkurimizni boyitish, dunyoqarashimizni 

kengaytirishning yagona  yo'li  tarixiy  tafakkur,  tarixiy  xotiradir.

Arxeologik 

tadqiqotlar  natijasida  shu  narsa  aniq  boimoqda-ki, 

Vatanimiz  hududida  qadimgi  sivilizatsiyaning  paydo  boMishi  va 

shakllanishi uzoq asrlami o‘z ichiga oladi. Vatanimizning eng qadimgi 

davrlariga  —  tosh  asriga  oid  bo'lgan  S elu n g 'u r,  K o'lbuloq, 

Q o'tirbuloq,  Teshiktosh,  Obirahmat  g'ori,  X o'jakent,  Bo'zsuv 

makoni,  Omonqo'ton  g'ori,  Qal’acha  va  So'x  makonlari,  Uchtut, 

Ijond,  Siyobcha,  O qtosh  kabi  m akonlar  ochildiki,  ulardagi

1  Islo m   K arim o v .  B iz  k e la ja g im iz n i  o  z  qo  lim iz   b ila n   q u ra m iz   A s a rla r.  7 -jild   -   T.: 

" O z b c k is to n * .  1999-yil.  132-bct



26

to p ilm a la rg a  

qarab,  haqli  ravishda  Markaziy  Osiyo  odamzodning 

ilk  a jd o d la ri 

paydo  bo'lgan  mintaqaga  kiradi,  degan  g'oyani  ilgari 

su rish  

imkoniyati tug'iladi.  Undan tashqari ibtidoiy jamoa tuzumining 

so'nggi  davrlarida  Markaziy  Osiyo  hududida  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish 

jaryonlari ancha kuchaydi. Bu mintaqada yashagan qadimgi 

qabilalar  tabiiy  baliqchilik,  hunarm andchilik,  dehqonchilik  va 

chorvachilik  madaniyatlarini  egallaganlar.

Ibtidoiy jamoa tuzimi odamzod  tarixining 99%  qismini o‘z  ichiga 

oladi.  Ibtidoiy jamoa  tuzumi bundan bir necha  million  yillar oldin 

boshlangan degan  ilmiy-nazariy fikr isbot etildi.  Biroq shuni nazarda 

tutmoq  lozimki,  ibtidoiy jamoa  tuzumining  boshlanishi  dunyoning 

turli  hududlarida  turli  davrlaiga to‘g‘ri  keladi.  Masalan,  Afrikada  bu 

davr  2,5 -3   million  yil  ilgari  boshlangan  boisa,  Amerikada  20—30 

ming  yil  ilgari  deb  taxmin  qilinadi.  Agar  biz  uzoq  o‘tmishga  nazar 

tashlaydigan  boisak,  yer yuzasida  qanday o‘zgarishlar boiganligini, 

odamlar  qiyofasi  o'zgarib  boiganligini,  bir  ijtimoiy  tuzum  o ‘miga 

boshqasi  kelganligini  tasawur qilishimiz  mumkin.

Markaziy  Osiyoda  ibtidoiy jamoa  tuzumi  davriga  oid  tadqiqotlar 

hususida  to'xtalar  ekanmiz,  A.  Okladnikov,  V.  Masson,  V.  Ranov, 

Y.  G ’ulomov,  0 ‘.  Islomov,  A.  Asqarov,  M.  Qosimov  va  boshqa 

olimlaming Markaziy Osiyo hududida ilk odamning tarqalish jarayoni, 

qadimgi  makonlaming geografik joylashuvi,  toshdan qurollar yasash 

uslublari, xo'jalikning rivojlanishi va oilalarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik 

turlari,  metalining  hunarmandchilikka  kirib  kelishi  masalalariga 

bag'ishlangan  tadqiqotlami  ko'rsatib  o‘tish  mumkin.

Ibtidoiy jamoa  tuzumini  o'rganishning  o‘ziga  xos  hususiyati,  uni 

yozma  manbalar  asosida  o ‘rganib  boimaydi.  Shuning  uchun  ham 

bu  davr tarixini  o ‘iganishda arxeologiya,  antropologiya,  etnografiya, 

geneologiya  kabi  fanlaming ahamiyati  kattadir.  Bu  fanlar to'plagan 

materiallami  solishtirish  usuli  bilan  uzoq  o ‘tmishdagi  moddiy  va 

ma’naviy madaniyatning  ko‘pgina  tomonlarini  tiklash  mumkin.

Markaziy  Osiyoning  ibtidoiy  tuzumi  davrini  o'rganishdagi  eng  katta 

muammolaidan  bin  — uzoq tarixiy davmi tashkil  etuvchi  bu  bosqichni 

davriarga boiish muammosidir.  Biroq so'nggi yillaidagi olimlaming olib 

boigan  ilmiy tadqiqot  natijalariga  ko‘ra,  hoziigi  paytda  Markaziy Osiyo 

hududi  ibtidoiy jamiyat  rivojlanishining quyidagi  davriariga bo‘linadi:

1)  Paleolit  (yunoncha  "paleos"—"qadimgi"  va  "litos"—"tosh")—

27


1959-yilda ingliz olimi  Luiz Liki Tanzaniyadagi Olduvay darasidan 

odamsimon  maymunning  bosh  suyagi  qoldiqlarini  topdi.  Olim  bu 

topilmalarga  asoslanib  u  bundan  1,5—2  mln.  yil  ilgari  shakllangan 

deb  ta ’kidlaydi.  Likining  o 'g 'li  Richard  Keniya  va  Efiopiyada 

qazishma  ishlarini  olib  bo rib  ko'plab  odamsimon  maymunlaming 

qoldiqlarini  topdi.  Ulami  bundan  2,5—3  million  yil  ilgari  yashagan 

degan  xulosaga  keldi.  Afrikadagi  bu  topilmalar  yer  yuzasidagi  eng 

qadimgi  odamlaming  dastlabki  vakillari  hisoblanib,  olimlar  bu 

topilmalarga  shartli  ravishda  zijantrop  deb  nom  berdilar.

1891 — 1 8 9 2 -y illard a  g o lla n d iy a lik   v rach   Egen  D yubua 

Indoneziyaning Yava  orolidan  pitekantrop  (pithekos  -   maymun va 

anthropos  —  odam)ning  bosh  miya  qopqog'i,  son  suyagi  va  uchta 

tishini  topishga  muvaflaq bo'ldi.  Bu  topilmalaming yoshi  1  mln.  — 

800 000 yil deb taxmin  qilindi.

Eng  qadimgi  odam   qoldiqlari 

X itoydan,  G erm aniyaning 

Geydelpberg,  Vengriyaning  Budapesht  shaharlari  yaqinidan  ham 

topilgan.  Uzluksiz  mehnat  jarayonida  sinantrop  (lotincha  Sina  — 

Xitoy  va  yunoncha  anthropos  —  odam )lar  jismoniy  jihatdan 

rivojlanib,  qadimgi  odam lam ing  paydo  bo'lishi  uchun  zamin 

hozirladilar degan  fikr ham bor.

Markaziy  Osiyoning  tog‘  oldi  va  tog'lik  hududlarida  (Qizilqum, 

Qoraqum,  Ohangaron,  Chirchiq  daryolari  vodiylari,  Zarafshon, 

Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Farg'ona  vodiysi  va  uning  tog'lik 

hududlari)  ibtidoiy jamoa  tuzumining yodgorliklari topilgan.

Vatanimiz hududida yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari: 

Farg'ona  viloyatining  So'x  tumanidagi  Selung'ur  g'ori,  Toshkent 

iviloyatidagi  Ko'lbuloq kabi  makonlar ilk  paleolit davriga  oiddir.  Bu 

borada arxeolog olimlar A. Okladnikov, O'.  Islomovlaming xizmatlari 

kattadir.  O'.  Islomov  1980-yildan  boshlab  yangi  kashfiyotlar  qildi. 

Selung'ur  g'orida  yashagan  ajdodlarimiz  ashel  davrining  birinchi 

bosqichida  yashaganliklarini  isbotladi.  O '.  Islomov  o'zi  ochgan 

kashfiyotiga  suyanib,  Selung'ur  g'orida  yashagan  ajdodlarimizning 

yoshi  1,5  million  yil  atrofida  degan  xulosaga  keladi.  Bu  g'ordan 

topilgan odamning qoldiqlari  Farg'ona vodiysi hududidan topilganligj 

sababli  shartli  ravishda  "Farg'ona odami" nomi bilan fanga  kiritildi. 

Bunga qadar O 'lta Osiyo, jumladan O'zbekiston tarixi o'rta paleolit 

davridan  (  mil.aw.  100 ming yildan) boshlanardi.



30

O'rta  tosh  davriga  keiib  ibtidoiy  odamlar  butun  Markaziy  Osiyoga 

keng 


tarqaldi. 

Ibtidoiy to'dadan urug'chilik (matriarxat) jamoasiga o'tildi. 

Bu davr ishlab chiqarish quroliari takomillashayotgan,  nutq madaniyati 

osib borib, fíkrlash ancha oshgan, olov sun'iy taizda yaratila boshlangan, 

ovchilik  ancha  rivojlanib,  keng  hududlaiga  tarqalgan  davr  edi.  Sovuq 

iqlim tufayli paleolit odamlari olovni kashf etdilar. Sun’iy olov chiqarish 

va  uni  saqlashni  o'zlashtirdilar.  O'choq  —  ibtidoiy  odamlaming  bir 

yeiga to planishlarida katta ahamiyatga ega boiib,  bu davming ibtidoiy 

kishilari  g'orlar  va  unguriarda  o'zlariga  makonlar  tanlay  boshladilar. 

So'nggi  paleolitdan  boshlab  ibtidoiy odamlar g'orlardan  chiqib,  yengil 

turar  joylar  qura  boshlaganlar.  Natijada  ular  faqat  togii  hududlarda 

yashab qolmay,  vohalar bo'ylab tarqalib, tekisliklardan daryo va ko'llar 

sohillariga  kelib  joylasha  boshladilar.  So'nggi  paleolitning  eng  katta 

yutug'i  antropogonez  jarayonining  tugallanishi  va  hozirgi  zamon 

odamlaming paydo  bo'lishidir.

Shunday  qilib,  paleolit  davrida  odamning  paydo  boiishi jarayoni 

asosan  tugadi.  Ibtidoiy  odamlar  xo'jalik  yuritishning  eng  oddiy 

shakllaridan,  murakkabroq  (termachilikdan,  ovchilik,  baliqchilikka) 

o'tdilar.

Ibtidoiy  odamlar orasida  dastlabki  diniy  qarashlar  paydo  boidi.

Markaziy Osiyoda O'rta tosh — mezolit davri nisbiy tarzda mil.aw: 

12-7  ming  yilliklami  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  davrga  kelib,  iqlim 

barqarorlashadi,  hayvonot  va  o'simlik  dunyosi  o'zgaradi,  o ‘q-yoy 

kashf  qilinib  ov  hayot  manbaiga  aylandi.  Hayvonlardgn  dastlab  it 

qo'lga o'rgatildi. Mikrolit (mayda tosh qurol)lar paydo bo'ldi. Odamlar 

savat  to'qishni  o'rgandi.

Neolit  uzoq  davom  etgan  tosh  asming  so'nggi  va  yakunlovchi 

bosqichi  b o iib ,  bu  davr  qabilalari  Markaziy  Osiyo  hududida 

xo'jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini 

rivojlantirib  yubordi.

Neolit davri kishilarining eng katta yutuqlaridan yana bin kulolchilik 

boiib,  bu o'sha davr uchun  nihoyat  katta kashfiyot  edi.  Shuningdek, 

to'qimachilik, tikuvchilik, qayiqsozlikka asos solindi. Bu davr odamlari 

o'zlashtiruvchi  xo'jalik  (termachilik,  ovchilik)  shaklidan  ishlab 

chiqaruvchi  xo'jalik  (dehqonchilik,  hunarmandchilik,  chorvachilik) 

shakllariga o'tishdi. O'troq hayot kechirish kuzatilib jamiyatda kichik 

oilalar  yuzaga  keldi.

31


Eneolit  davrida  ibtidoiy  odamlar  ilk  metall  bilan  tanishdilar. 

Ungacha  ibtidoiy  odamlar  2,5—3  min.  yillar  davomida  (paleolit, 

mezolit,  neolit  davrlarida)  faqat  toshdan,  yog'ochdan  va  suyakdan 

yasalgan  qurollardan  keng  foydalanganlar.

Mis  davriga  o'tilishi  ishlab  chiqaruvchi  kuchlam ing  yanada 

yuksalganligini  ko'rsatadi.  Markaziy Osiyodagi yangi madaniy tarixiy 

jarayonlar  (eneolit  davri)  quyidagilar  bilan  bogiiq:

•   Xo'jalikning boshqa  hamma  turlariga  qaraganda  yemi  haydab 

dehqonchilik qilishning ustunlik  qilishi;

•   Toshdan ishlangan qurollar ko'p bo'lgan holda mis qurollaming 

paydo  bo'lishi;

•   Ibtidoiy  jamoalarining  xom  g'ishtdan  tiklangan  ko'p  xonali 

katta-katta  uylari;

•   Kulolchilikda muhim texnika yutug'i — xumdonlaming ishlatilishi;

•   O'troqlik  va  qurilishda  xom  g'ishtning  paydo  boiishi;

•   Turli  hayvonlaraing  loydan  yasalgan  va  ona  urug'i  tuzumi 

(matriarxat)ga  xos  haykalchalaming  paydo  bo'lishi.

•   Rangdor  sopol  buyumlar,  ya’ni  turli  qush,  hayvon,  o'simlik 

shaklidagi  naqshlar bilan  bezatilgan  sopol  buyumlaming  mavjudligi.

Shu bilan biiga, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisining madaniyati 

birbosqich yuqoriga ko'tariladi. Lekin, bu yerdagi qabilalaming madaniy 

va  ijtimoiy taraqqiyoti  bir xi)  darajada  emas  edi.

Turkmanistonning janubida mis-tosh davrining boshlanishi mil.aw. 

IV ming yillikka oid bo'lsa, o'sha davrda Markaziy Osiyoning shimoliy 

va sharqiy tog'li hududlaridagi qabilalar, asosan, ovchilik, baliqchilik 

va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug'ullanganlar.  Bundan kelib 

chiqadigan  xulosa  shuki,  bu  ikki  davr  xronologik  jihatdan  emas, 

madaniy xo'jalik rivojlanish darajalari jihatidan bir-biridan farq qiladiJ

Markaziy Osiyoning janubiy qismida  (Turkmanistonda)  miloddac 

awalgi  VI  ming  yillikda  dehqonchilik  xo'jaligi  paydo  bo'ladi.

Qadimgi  qabilalar mis -   tosh  davriga  o'tgach madaniy xo'jalik vi 

ishlab  chiqarish  taraqqiyotining  yangi  bosqichi  boshlanadi.  Yang 

xo'jalik  turlari  dehqonchilik  va  uy  chorvachiligi  aw alg id el 

Turkm anistonning  janubiy-g'arbida  qulay  geografik  sharoitdl



32

r iv o jla n d i. 

Bu  paytda  quyi  Zarafshon  va  Amudaryo  havzalarida 

y a s h o v c h i 

qabilalar  hali  madaniy  o'simliklar  o'stirishga  o'tmagan 

edilar.  Markaziy Osiyoniiig sharqiy qismidagi  togii hududlar aholisi 

ibtidoiy  xo‘jaligida  esa  ovchilik  ustunlik  qilar  edi.  Bundan  shunday 

xulosa 

chiqarish mumkinki,  ilk rivojlangan mis-tosh davrida Markaziy 



Osiyo qabiialarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta 

farqlar  va  notekisliklar  saqlanadi.  Janubiy  Turkmanistonda  oiib 

borilgan  arxeologik  qazishmalar  natijasida  turar  joylar,  qadimgi 

s u g 'o rish  

tarmoqlari va sug'oriladigan yerlaming chegaralari aniqlandi, 

mis-tosh  davri  madaniyati  va  tarixi  har tomonlama  o'rganildi.

Tog“  daryolari  bo‘ylarida  yashovchi  qabilalar  qadimgi  sug'orma 

dehqonchilikda  arpa,  bug‘doy,  beda,  poliz  va  boshqa  ekinlar  ekib, 

asosan,  soylar  suvidan  foydalanganlar.

Ibtidoiy  odam lar  hayotida  bronza ni ng  kashf  etilishi  muhim 

ahamiyatga ega boidi. Bronzaning misga qaraganda tez eruvchanligi, 

bir  muncha  qattiqligi,  uni  ibtidoiy  odamlar  hayotida  tutgan  rolini 

yanada  mustahkamladi.

Bronza davrining xo'jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan 

biri  qadimgi  dehqonchilikning  keng  yoyilishi  va  miloddan  awalgi

II-ming  yillikning  ikkinchi  yarmida  birinchi  yirik  mehnat  taqsimoti

—  chorvachilikning  dehqonchilikdan  ajralib  chiqishidir.  Bu  daviga 

mansub  m adaniyat  izlari  0 ‘zbekistonning  Xorazm ,  Buxoro, 

Surxondaryo,  Toshkent, 

Q a s h q a d a r y o  

va  Farg'ona  vodiylaridan 

topilgan.  Bu  hududlardagi  manzilgohlami  o ‘rganib  shunday  xulosa 

chiqarish  mumkinki,  bu  davrda  ikki  xil  madaniyat  hukm  surgan. 

Birinchisi.  dehqonchilik bilan  shug'ullanuvchi  qabilalar madaniyati, 

ikkinchisi,  xuddi  birinchi  madaniyat  sohiblari  darajasida  ishlab 

chiqaruvchi  kuchlarga  ega boigan  holda  qurg‘oqchilik yerlarda,  tog‘ 

oldi  yaylovlarida  chorvachilik  bilan  shug'ullanganlar  madaniyati.

0 ‘zbekiston  hududida  bronza  davrida,  asosan,  chorvachilik  va 

dehqonchilik  bilan  shug'ullangan  qabilalaming  moddiy-madaniy 

yodgorliklari  Xorazmda  Tozabog yob  madaniyati  (shu  nomli  kanal 

atrofida  topilgan)  nomi  bilan  mashhur.  1938-yilda  arxeolog  S.  P. 

Tolstov  Tozabog‘yob  madaniyatiga  doir  ilk  manzilgohlami  topgan. 

Keyinchalik bu  madaniyat Ya. G ‘ulomov,  M. A.  Itina, A. Asqarovlar 

tomonidan  o'rganilgan.  Tozabog'yob  madaniyatiga  —  mansub 

Ko kcha makoni (1954— 1959-yillarda S.P.Tolstov tomonidan topilgan)

33


atrofidagi qadimiy  mozorlar ochilganda,  odam jasadlarining boshlari 

g'arfo tomonga qaratib qo'yilgan va ulaming bosh tomonidan idishlar 

va  bronza  z eb -ziy n atlar  top ilg an .  U m u m an ,  T o zabog'yob 

madaniyatiga  mansub yodgorliklar Xorazmda  50 dan  ziyod topilgan.

Xorazmdagi  bronza  davri  aholisining  asosiy  tirikchilik  manbai 

dehqonchilik  va  chorvachilik  boigan.  Tabiiy  sharoit  kanal  qazib, 

suv  chiqarishga  asoslangan  hududlarda  sug'orma  dehqonchilikning 

turli ko'rinishlari vujudga kelgan. Chorvachilik ham katta ahamiyatga 

ega  boigan.

Ilmiy adabiyotlarda quyi Zarafshonning bronza  davri yodgorliklari 

Zamonbobo nomi bilan ataladi.  U  O'zbekiston hududidagi dastlabki 

qishloq xarobasi sanaladi. Zamonbobo manzilgohi Buxoro viloyatining 

Qorakoi  tumanida joylashgan  boiib,  bu  yerda  1950—1954-yillarda 

Ya.  G'ulomov,  1961—1964-yillarda  A.  Asqarov  arxeologik  qazish 

ishlarini  olib  boigan.

Qazuv  ishlari  natijasida  yarim  yertoia  chayla-uy  qoldiqlari,  uy 

hayvonlari  va  yowoyi  hayvon  suyaklari,  bug'doy,  arpa  donlari, 

toshdan yasalgan  yorg uchoqlar,  turli sopol  idishlar topilgan.  Ilk bor 

bu  yerdan  mis  ko‘zgular  va  taqinchoqlar  topilgan.  Bu  topilmalar 

odamlaming  dehqonchilik  va  chorvachilik  bilan  shug‘ullangani, 

qoramol,  qo'y,  ot,  tuya,  echkilami  qoiga  o'rgatganligidan  dalolat 

beradi.  Zamonbobo  makoni atrofidan qabriston topilib,  45 dan ortiq 

qabriar  ochib  o'rganilgan.

0 ‘zbekistonning  janubi  Surxondaryo  vohasi  ibtidoiy  aholining 

o'troq  makonlaridan  bin  hisoblanib,  arxeolog  L.  Albaum  Sherobod 

tumanida  1968-yili  Sopollitepa  manzilgohini  topib  tekshirgan. 

Sopollitepaning maydoni taxminan 3 gektar.  Uning  1  gektarga yaqin 

markaziy  qismi  3  qator  mudofaa  devorlari  bilan  o ‘rab  olingan. 

Devoming  qalinligi  2  metrgacha  boradi.  Manzilgoh  to'rtburchak 

shaklda  boigan.  Tadqiq  etish  natijasida  shu  narsa  m aium   boidiki, 

Sopollitepa  aholisi "u dunyo" ga ishongan.  Marhumning jasadi uning 

shaxsiy  buyumlari  bilan  birga  dafn  etilgan.  Agar  inson  bedarak 

yo'qolsa,  uning ruhi dafn qilingan.  Qabrga sopol ishdishlar va bronza 

buyumlar qo'yilgan. Bunday qabrlami olimlar "kenotaf' deb ataganlar.

O'zbekiston  hududida  so'nggi  yillarda  olib  borilgan  arxeologik 

tekshirishlar shuni ko'rsatdiki,  ibtidoiy jamiyat madaniy taraqqiyotida



34

katta-katta o'zgarishlar sodir boidi. Aholi xo'jalik yuritishning ma’lum 

ko'rinishlariga,  ya’ni  vohalarda  k o 'lla r  va  soylar  bo'y la rida 

dehqonchilikka, dasht va tog‘ oldi hududlarida chorvachilikka (qisman 

ovchilik) o‘tib oldi.  Bu davrda  Markaziy Osiyoning ijtimoiy tuzumida 

ham  o'zgarish  jarayonlari  bo‘lib  o'tdi.  Paleolit  zamonida  vujudga 

kelgan urug‘chilik tuzumi bronza davrida  ham davom etgan. Ammo, 

bu  davrda  ona urug'i  (matriarxat)ning mavqei  yo'qolib bordi.  Metall 

eritish xo'jaligining rivojlanishi  natijasida jamiyatda erkaklar mehnati 

va  mavqei birinchi  darajali ahamiyatga ega  bo'ladi.  Bundan shunday 

xulosa  chiqarish  mumkin:  bronza  davri  jamiyat  taraqqiyotida, 

dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilik rivojlanishida 

erkaklar  yetakchilik  qilganlar.  Xotinlar  erkaklar  ishlab  chiqargan 

narsalami iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan 

mahrum  bo'ladilar.  Ishlab  chiqarishda  hukmronlik  qilish  shu  tariqa 

erkaklar  qoMiga  o'tadi  va  ona  urug‘i  tuzumi  o ‘rnini  ota  urugM 

(patriarxat)  tuzumi  egallaydi.

Ota  urug'i  tuzumining  rivojlanib  borishi  ishlab  chiqaruvchi 

kuchlarning o‘sishi ayrim oilalaming boylik orttirishlari uchun shart- 

sharoitlar  yaratib  berdi.  Jamoadagi  ba’zi  shaxslar  qo'lida  boylik 

(dehqonchilik  qurollari,  dehqonchilik,  chorvachilik  mahsulotlari  va 

boshqalar)  to'planib  borgan  boMsa,  ba’zi  shaxslar  qashshoqlashib 

ularga  qaram  bo'lib  bordi.

Shunday qilib,  so'nggi  bronza va  ilk ternir davriga  kelib  Markaziy 

Osiyoda dastlab mulkiy tabaqalanish,  keyin esa  ijtimoiy tabaqalanish 

jarayonlari  ro‘y  berdi.

Vatanimiz  hududidagi  eng  qadimgi  shaharlar  va  davlatlar tarixini 

o'rganishimizda  bizga  arxeologik  qazishmalar,  ko‘hna  bitiklar, 

yunonistonlik,  rimlik,  misrlik,  xitoylik  mualliflar  yozib  qoldirgan 

manbalar yordam beradi.  Ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni 

ko'rsatdiki,  mil.aw.  I  ming yillikning boshlarida  Markaziy Osiyoning 

nisbatan rivojlangan viloyatlarida  iqtisodiy hayotdagi  siljishlar tufayli 

qishloqlar  kengayib  shaharlar,  viloyatlar va  davlat  uyushmalarining 

ma’muriy  markazi  bo'lib  bordi.  Arxeologik  tadqiqotlar  natijasida 

miloddan awalgi VI—IV asrlaiga oid Qiziltepa,  Dalvarzin,  Ko'zaliqir, 

Uzunqir,  Sangirtepa,  Lolazor,  Afrosiyob  kabi  50  dan  ziyod  ko'hna 

shahar  —  manzilgohlar  ochib  o'rganilgan.



35

So'g'diyonaning  poytaxti  bo'lgan  Afrosiyob  (Samarqand)  ko'hna 

shahri XX asming 40-yillaridayoq ochilgan edi. Afrosiyobdan topilgan 

ashyolar  Samarqand  m il.aw .  V III—V  asrlarda  Sug'diyonaning 

markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini ko'rsatadi.  Mil.avv.  329- 

yilda shahar makedoniyalik Aleksandr qoshinlari tomonidan vayron 

etilgan,  uning izlari  hozirgacha shahar mudofaa  inshootlarida yaxshi 

saqlangan.  K o'hna  shahardan  Buyuk  ipak  yo'li  o'tgan.  Aholi 

hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullangan.  1997-yil "Sharq 

taronalari"  xalqaro  musiqa  festivalining  ochilish  marosimida  nutq 

so'zlagan Prezident  1. A.  Karimov "Samarqand haqli  ravishda dunyo 

sivilizatsiyasining beshiklaridan  bin  hisoblanadi"1,  degan edi.

S o 'g 'd iy o n an in g   "ikkinchi  poytaxti"  b o 'lg an   Y erqo‘rg 'o n  

(Qashqadaiyo)  bo'lgan.  U  mil.avv  IX—VIII  asrlar — mil.avv.  VI  asiga 

oid  Yerqo'ig'on  xarobasi  va  shaxristondan  iborat  bo'lib,  umumiy 

maydoni  150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator mudofaa devori 

bilan o'ralgan. Ko'pchilik tadqiqotchilar, xususan, yunon-rim tarixchilari 

bu  markazni  Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar.

Baqtriyaning  poytaxti  qadimgi  Baqtra  (hozirgi  Vazirobod)  shahri 

miloddan awalgi I-ming yillikning o'rtalariga oid ekanligi aniqlangan. 

Juda ko'p o'troq  manzilgohlar va ulardagi topilmalar viloyatda aholi 

kulolchilik,  temirchilik,  bronza  quyish,  to'qimachilik,  shuningdek, 

sugorm a  dehqonchilik  va  chorvachilik  bilan  shug'ullanganidan 

dalolat  beradi.

Markaziy Osiyoda eng qadimgi davlat uyushmalaming paydo bo'lishi 

juda  muhim  masaladir.  Markaziy  Osiyodagi  ilk  davlat  uyushmalari 

haqidagi  yozma  maiumotlar  juda  kam  saqlanib  qolgan.  Ba’zi  bir 

ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyoda Eron ahmoniylarigacha qadimgi 

davlat  uyushmalari  bo'lganmi?  degan  muammo  hozirgacha  to'la 

yechimini topgan emas.  Maiumki,  Markaziy Osiyoda ilk davlat tuzumi 

vujudga  kelishini  yoritib  beradigan  asosiy  yozma  manba  "Avesto"  va 

qadimgi  dunyo  mualliilari  qoldirgan  ma’lumotlaidir.  Mavjud  yozma 

manbalar,  arxeologik  tadqiqotlar  bilan  solishtirilganda  bu  makonda 

qadimgi  davlat  uyushmalari  bo'lganligini  isbotlovchi  ishonchli  dalil, 

ashyolar  mavjud ekanligi  ilmiy asosda  tahlil qilib beriladi.

‘Islom  Karimov.  XavfeizJik  va  barqarorlik  y o lid a .  Asarlar,  6-jild  -   T :  " 0 ‘zbekiston",  1998-yil, 

3 2 1 - 3 2 2 -b c tla r





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling