I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Z a b u listo n
- Sharqiy
46 m antiqan kelib chiqadiki, miloddan avvalgi HI ming yillik o'rtalarida voki undan ham oldin deylik, turklaming ayrim guruhlari Sirdaryo havzasida yashagan bo‘Isa, "bizning kelib chiqishimiz asli turk" deyishga ilmiy asos boiolm aydi, bizlar keyinchalik turklashgan, turkiyzabon bo'lgan, aslida esa tubjoy bo'lgan xalqmiz. Shuning uchun ham Prezidentimiz uchrashuvdagi suhbatlarida bu masalaga qayta-qayta to'xtadilar "Bizning ajdodlarimiz, xalqimiz q a d im -q a d im d a n o ‘troq yashagan, m illatim izning iligi o ‘troq m adaniyat sharoitida qotgan... Milliy borlig’imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o ‘troq bo'lgan... Demoqchimanki, tarixim iz kabi, qadim m adaniyatim izning yaratilishida ham unga ko'plab etnik guruhlar, el-elatlar o ‘z ulushini qo'shgan. Bu tabiiy hoi. Chunki, hech qachon, hech qaerda faqat bitta millatga mansub madaniyat boMmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko'p xalqlar, milfatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidar. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi"1. Endi o'zbek xalqining shakllanishida hal qiluvchi asos boMmasa- da, muhim rol o'ynagan turkiy xalqlar, ulaming chiqib kelishi va tarqalishiga biroz to'xtaylik. XIX asr oxirlari — XX asr boshlarida tatar ma’rifatparvari Hasan Ato Abushiy o'zining 1907-yil yozib tugatilgan mashhur asari "Turkiy qavmlar tarixi" da shunday deb yozadi: "Avlodi Yofas (Nuh payg'ambar o'g'li) dan mo'ng'il qiyofatli bir odam (muarrixlar qovlincha turk) qavm va qabilasi ila Osiyo o'rtalarinda Issiqko‘1 va Oltoy tog‘lari tcgrasina kelub yerlashmishdir. Zamon kub o ‘tuvchi ham albatta ko'baymishlar. Tobioiy avvalgi o ‘rinlarini sig'may turli tarafga sochilurg'a majbur o'lmishdirlar" (Ko'rsatilgan asar. T., Cho‘lpon, 1995-yil, 20-bet). Akademik A.R.Muhammadjonovning " 0 ‘zbekiston tarixi" (T., "O'qituvchi" 1994) kitobida yozilishicha, V asming ikkinchi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va Janubiy Sibirda ashina qabilasining yabg'ulari Asanshod, Tuu va Buminlar (460—553) boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. Qadimgi turk manbalarida bu _ Islom Karimov B iz k e la jag im iz n i o ‘z q o 'lim iz bilan quram iz. A sarlar, 7-jild. - T.: O zb ck isto n ”. 1999-yil. 145-146-bctlar
ittifoq turk, turkel va turk bodun kabi nomlar bilan tilga olinadi. V| asr o'rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele qabilasini o'zigj bo‘ysundirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jujan hoqonligigj qaqshatqich zarba beradi. 551 -yilda Bumin "Xoqon", ya’ni hukmdot unvoniga muyassar boMib, Markaziy Osiyoda yangi imperiya — Tuil hoqonligiga asos soladi. Oltoy Hoqonlikning markazi bo'lib qoladi. Bumin va uning ukasi Istemi Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda hukm ronlikni m ustahkam lab olgach, hoqonlik chegaralarini kengaytirishga kirishaditar. Qisqa vaqt ichida Yenisey daryosi bo'ylarida yashovchi qirg’izlar, janubiy-g'arbiy M anjuriyaning mo*ng‘i| qabilasidan bo'lgan kidanlar bo'ysundiriladi. Shimoliy Xitoy viloyatlaii bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa, hatto, u yiliga yuz ming to'p ipak mato hisobida hoqonlikka o ip o n to‘lab turishga majbur boiadi. Turklar G ‘arbga tomon muvafTaqiyatli yurishlar olib boradilar. G ’arbiy harakatlarga Istema boshchilik qiladi. Unga "yabg'u hoqon" degan unvon beríladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo'ysundiriladi. 555- yildayoq turklar Sharqiy T urkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va boy hunarmandchilik shaharlarini hamda 0 ‘rta Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar hokimligi shu payt larda, shubhasiz, Xorazmga ham yoyilib, hoqonlik chegarasi Eftalitlar davlati hududlariga borib yondashadi. Shuni e’tirof etish kerakki, ko'chmanchi chorvadorlaming G'arbga tomon yurishi oddiygina istilo emas edi. Balki bu Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy qabilalaming Sharqiy Turkiston shimoli va 0 ‘rta Osiyoning sharqidagi ulkan dashtli va togli oikalarga navbatdagi ko'chib kelib o'mashishi edi. Qadimdan bu hududlarda yashab kelgan va til jihatidan turkiyzabon mahalliy ko'chmanchilaming bir qismi turklaming harbiy boshqaruv tizimigina birikib, qolganlari esa qochib avarlarga borib qo‘shildi, ulaming harbiy qudratini oshirib, turk nomi bilan Sharqiy Ovrupo dasht la riga borib o‘mashdi. 558-yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo'ylarini zabt etib, undan g'arbda va Shimoliy Kavkazda bepoyon yerlami oigan avarlar bilan to'qnashdilar. G'arbdagi bu ikki dushmanga uzil- kesil zarba berish maqsadida turklar Eron va Vizantiya bilan do'stona
aloqa o'matishga intiladi. Turklar tazyiqi oqibatida bu davrda yuzaga kclgan qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar T ohariston, Z a b u listo n , Qobuliston va Chag'oniyonni eftalitlardan tortib oladi. Keyin ulaming uchalasini ham yengib, VI asming 60-70-yillarida o'zlarining Buyuk Turk hoqonligini tuzdilar. Ammo o'zaro urushlar natijasida 603-yil ular ikki davlatga - G'arbiy Turk hoqonligi va Sharqiy Turk hoqonligiga boiinib ketdilar. Sharqiy hoqonlik markazi Oltoy,
arbiy hoqonlik markazi Yettisuv bo‘lib, unga 0 ‘rta Osiyo, J u n g oriya va Sharqiy Turkislon kirar edi. G arbiy hoqonlikning markazi Yettisuv edi. Hoqonning yozgi q a ro rg o h i Isfijob yaqinidagi Mingbuloqda, qishkisi Suyob shahrida edi. Suyobning sharqiy tomonida dulu qabilasining besh o ‘q eli yaylovlari joylashgan edi. G'arbiy hoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy hoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. Sharqiy hoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko'chm a- chilardan iborat edi. G'arbiy hoqonlik aholisining kattagina qismi esa o'troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg ul edi. Biroq hoqonlikning harbiy-m a’muriy tayanchi hisoblangan dulu va nushibi kabi qabila ittifoqlari zodagonlari o'rtasida hokimiyat uchun tobora kuchayib borgan kurash oqibatida G'arbiy turk hoqonligi zaiflashib, boiinib ketadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi qo'shinlari 657—679-yillarda Yettisuvga bostirib kiradi. Natijada hoqonlik xitoylarga qaram b o iib qoladi. Tan imperiyasi tazyiqi va uning yerli gumashtalariga qarshi Garbiy turklaming muttasil olib borgan kurashi natijasida VII asming oxiriga kelib hoqonlik mustaqillikni tiklab oladi. Xitoy gumashtasi Xusrav Bo'rishod mamlakatdan quvib chiqariladi. Chochdan to Beshbaliq va Turfanchagacha bo'lgan viloyatlarda dulu qabila ittifoqidagi turkashlar hukmronligi o'matiladi. Yangidan tiklangan bu turklar davlati tarixda Turkashlar hoqonligi nomi bilan shuhrat topadi. Keyinchalik Turkashlar hoqonligi Sharqda yarim asrdan oshiqroq vaqt davomida Tan imperiyasining bosqinchilarini daf etib, Xitoy qo shinlarining O'rta Osiyo va Sharqiy Turkiston yerlariga bostirib kirishlariga yo*l qo'ymaydi. G'arbga esa Movarounnahrga tomon bosib kelayotgan yangi dushman — Arab xalifaligi lashkarlariga qarshi Buxoro, So‘g‘d va Shosh aholisi bilan bir safda turib shiddatli janglarda qatnashadi. 49 Akademik A. Muhammadjonov biz yuqorida keltirilgan darsligida yozishicha, O rta Osiyo xalqlarining, jumladan o'zbek xalqining shakllanishida qorluqlar va o'g'uziar kabi turkiy qabilalaming roli ham kattadir. Qadimdan Oltoyning G'arbida, so'ngra Irtish daryosining o'rta oqimida yashagan qorluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI—VII asr o'rtalarida qorluqlar Yettisuv oikasiga kelib joylashgan. Ulaming katta guruhi Talas va Chu daryolaríning bo'ylarida va IssiqkoMgacha boMgan hududda yashagan. VIII asr oxirida bu hududda Qorluqlar davlati tashkil topgan. Podshohlari "yabg'u” yoki "jabg‘u" deb yuritilgan. Bu davlat G'arbiy va Sharqiy tomonlardan, Issiqko‘1 sohillaridan to Hi daryosi vodiysigacha turklaming jikil qabilasi, G'arbdan o‘g‘uzlar yurti va Farg‘ona vodiysi, janubdan esa Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh bo’lgan. X asr arab geografi Ibn Havqalning ma’Iumoti bo'yicha, qorluqlar yurti Farg‘ona vodiysi hududlaridan sharqqa tomon o'ttiz kunlik masofaga cho'zilgan. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahrida bo‘lgan. Qorluqlar davlati bir tomondan Shafqiy Turkiston va ikkinchi tomondan Movarounnahr aholisi bilan yaqindan savdo-sotiq aloqalari olib borgan. U ayniqsa, otar-otar qo'ylar, teri, jun va hokazo chorva m ahsulotlari bilan savdo qilgan. O zaro savdoda, ayniqsa Movarounnahr savdogarlari va Yettisuvda so'g'diylaming qadim zamonlardayoq bunyod etilgan savdo mavzelari muhim rol o‘ynagan. Q o'shni o ik a la r va davlatlar bilan olib borilgan tashqi savdo aloqalarining kengayishi tufayli qorluqlar Tibet aholisi hamda Yeniseyning yuqori oqimida yashab turgan qirg'izlar bilan yaqin munosabatda boiadilar. M o v a ro u n n a h rn in g o 'tr o q d e h q o n c h ilik v o h a lari va hunarmandchilik shaharlari bilan muttasil olib borilgan savdo aloqalari Yettisuvda qadimdan yashab kelayotgan aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotigagina emas, balki uning madaniy turmushiga ham ta’sir etadi. Hech qanday harbiy kuch ishlatmasdan, tinchlik yo‘li bilan bu hududga awal moniy va xristian dinlari, so'ngra musulmonchilik kirib kelgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, IX asr oxirlaridayoq qorluqlar jabg'usi islom dinini qabul etgan. X asr o‘rtalariga boiganda 50 orluqlarning kattagina qismi musulmon bo'lgan. Bu davrda Talosdan sharqda joylashgan bir qancha qorluq shaharlarida jome’ masjidlari bino qilingan. X asr oxirida qoraxoniylar Movarounnahmi egallagach, oriuqlar Shosh vohasiga hamda Farg'ona va Zarafshon vodiylaríga k o 'c h ib kelib o 'rn a s h d ila r. K e y in ch a lik u lar a sta -se k in Movarounnahming mahalliy o ‘troq dehqon va chorvador aholisi tarkibiga singib ketadilar. VI
asming birinchi yarmida Xitoydan to Qora dengiz bo'ylarigacha cho'zilgan juda keng maydonda ko‘chmanchi chorvachilik bilan kun kechirgan turkiy qabilalaming yana bir jangovor ittifoqi yuzaga keladi. Tarix sahifalarida u to*quzo‘g“uzlar nomi bilan tilga olinadi. VI asming ikkinchi yarmi va VII asrda ular Turk hoqonligi tarkibida bo“lib, uning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida, ayniqsa G'arbga tomon qilgan harbiy yurishlarida faol qatnashadilar. Turk hoqonligi yemirilgach, To*quzo‘g‘uzlaming kattagina qismi g‘uz yoki o‘g‘uz nomi ostida Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo“yiga muqim
yana bir yangi ittifoqi - o ‘g‘uzlar davlatiga asos soladilar. 0 ‘g'uzlaming asosiy qismi Sirdaryoning adog'i va uning 0 ‘rta oqimi hamda sharqiy va shimoliy-sharqiy Orol bo'yiga yondosh keng yaylovlarda yashagan. 0 'g ‘uzlar asosan ch o rv ach ilik , xususan q o 'y ch ilik bilan shug ullanganlar. Ayrim o ‘g*uz qo'ychivonlarining 100 ming boshgacha qo'yi boMgan. 0 ‘g'uz dashtining quyi oqimida joylashgan Xorazm hududlariga qishu-yoz otar-otar qo'ylar haydab borilgan. Puxta yasalgan Sig'noq kamoni va o'qlari juda obroii bo'lib, turli viloyatlarga olib ketilgan. O'troq aholidan o‘g‘uzlar qimmatbaho ip va ipak matolar, uy-ro*zg'or buyumlari, qurol va yaroqlar xarid qilganlar. Natijada dehqonchilik viloyatlaridan Sirdaryo bo'ylab o'g’uz shaharlariga g'alla olib borilgan. Ammo o'g'uzlar o‘troq qo'shni aholi bilan hamma vaqt ham tinch-totuv yashamaganlar. Kezi kelganda, ular dehqonchilik viloyatlariga, ayniqsa Shosh va Xorazm yerlariga hujumlar qilib, aholiga om onlik bermaganlar. Obod dehqonchilik vohalarini poymol etib, shahar va qishloqlami talaganlar, aholining bir qismini asir qilib olib ketganlar. O 'g 'u zlar ham shom onlik diniga sig’inganlar. T abiatning 51 ajoyibotlari, sirli voqea va ashyolari ular uchun muqaddas hisoblangaq va ularga ham sig'inar edilar. O'g'uzlar urug' va qabila oqsoqollari yoki davlatmand urug'doshlarining marhumlarini chuqur, to‘la shaklida kovtangan va usti gumbazli dahmalarga kiyim-kechagi, qurol- yarog'lari bilan dafn etardilar. Agar marhum hayotlik chog'ida yovgarchilik yoki harbiy yurishlarda qatnashib o'z raqibini nobud etgan bo'Isa, ularning soniga qarab qabr ustiga tosh haykailar o ‘matilgan. O'g'uzlar tushunchasi bo'yicha, u dunyoda ular marhum g'oziylariga xizmat qilmog'i lozim edi. Osoyishtalik davrida o'troq dehqonchilik vohalari aholisi bilan olib borilgan doimiy ayirbosh, savdoning asrlar osha gavjumlashuvi oqibatida o'g'uzlar dashtiga asta-sekin islom dini kirib, o'troq aholining madaniy ta’siri kuchayadL X asrdan boshlab o'g'uzlar islom dinini qabul qiladilar. X asming birinchi choragida o'g'uzlar davlati shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zaibaga uchrab, bo'linib ketadi. O'g'uzlar o'z yurtini tark etib, ulaming bir qismi G'aibga tomon siljiydi. Umumiy turk nomi ostida Janubiy Rus dashtlariga borib o'mashadi. Ulaming ikkinchi qismi esa awal Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi-G'arbga siljib, yangi sulola — saljuqlar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi. Shunday qilib, VIII asroxiri va IX asr boshlarida Movarounnahming shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida tashkil topgan va bir yarim asr hukm surgan ikki mustaqil turkiy davlat: qorluqlar hamda o'g'uzlar davlati faqat Movarounnahrgagina emas, balki butun O'rta Shan) hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko'rsatdi. Shu bilan birga, ulaming jangovar aholisi o‘z turmush tarzi va an’analarj bilan bu hududlarda yashovchi ko'pgina xalqlaming etnik tarixidâ ham sezilarli iz qoldirdi. Masalan, qorluqlar qardosh o'zbek va tojiklaming, o'g'uzlar esa turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, turk^ shuningdek gagauzlaming etnogenezida muhim rol o'ynaydilar. X asr o'rtalarida Issiqko'lning janubi va Qoshg'arda yashagal yag‘mo qabilalari kuchayib, aw al o'zlaridan shimoli-sharqroqcfi yashovchi jikil qabilalari bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So'ngf ular Yettisuvga xuruj qilib, qorluqlami bo'ysundiradi va bu ulkai hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. Yozma manbalarda yag'molar turk qavmlari ichida madan^ jihatdan eng qolog'i deb ta’riflanadi. Ular asosan yilqichilik V
o'vchivonlik bilan shug'ullangan edi. Mo'ynali hayvonlar hamda ov ushlarini ovlardi. Dehqonchilik bilan kam shug'ullanardi. Yag* molar turk qabilalari orasida eng jangovari hisoblangan. Jikillar esa yag'molarga nisbatan birmuncha madaniyroq va boy qabila bo'lgan. Ular qoramol, qo'y va yilqi podalariga ega boMishgan. Qora uylarda yashasa ham, qoriuqlarniki singari shahar va qishloqlari bo'lgan. Yag‘mo va jikillarga nisbatan qorluqlar ancha madaniyatli aholi hisoblangan. Turk qabilalariga tegishli yurtlar orasida ular eng obod joy larga ega bo lishgan. Ulaming mamlakatida qishloqlar bilan birqatorda shaharlar ham bo'lgan. Qorluqlaming ayrimlari mo'ynali hayvonlar ovlash, qolganlari chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shug'ullangan. Qorahoniylar davlatining tashkil topishida jikil va qorluqlar g‘oyat katta rol o'ynaydilar. Davlatning yuqori mansablari va qo'shinda ular muhim o'rinlami egallasalar-da, biroq xonlik taxtiga yag'mo boylari minganlar. Bu yangi turk davlatining podsholari "arslonxon" va "bug'roxon" unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki oliy daraja buyuk hukmdor ma’nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimdan turkiy xaqlarda "qora" so‘zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtga o'tirgan arslonxon yoki bug'roxonlar "qoraxon", ya’ni ulug* xon hisoblangan. Ular hukmronlik qilgan davlat esa tirixda "Qoraxoniylar davlati" nomi bilan shuhrat topgan. Aslida "arslon” jikil qabilasining totemi ajdodi ibtidosi hisoblangan. "Bug'ra" esa yag'molaming totem bo'lgan. U og‘ir yuk ko'taradigan bichilgan tuya ma’nosini anglatgan. Podsholik darajasiga qabila totemlarining nomlari bilan nisbat berilishiga qaraganda, Qoraxoniylar davlatining asosini jikillar bilan yag'molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda qoraxoniylar qabilaviy udumining og'alik tartibiga qat’iy rioya qilingan. Bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug'ini "arslonxon" yoki "bug'roxon" darajasiga ko'tarib, hukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan. Odatda u "tamg‘achxon", ya’ni xonlar xoni deb yuritilgan. X asr oxiri (992-yil) ular Movarounnahrga hujum boshlab, uni bosib oladi. Shunday qilib, X asr oxirida Somoniylar davlati o'm ida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri — Qoshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi So‘g‘dni o ‘z ichiga oigan Qoraxoniylar davlati, ikkinchisi esa shimoliy H indiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlami qamrab 53 oigan G'aznaviylar davlati edi. Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o'rtasidagi chegara deb belgilangan boisa-da, ammo qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi deb hisoblab, uni o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay qoraxoniylar bilan g'aznaviylar o'rtasida shiddatli unishlar boshlanadi. 1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Balx, Tus va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ulaming harbiy yurishini Sulton Mahmudga qarshi bo'lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo'llab-quvvatlaydilar. Lekin Mahmud G'aznaviy qoraxoniylarga zarba beríb, Xurosonni o'z davlati tasarrufída saqlab qolishga muvafTaq bo'ladi. 1017-yilda Mahmud G'aznaviy Xorazm ustiga lashkar tort ib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm davlati barham topadi. Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o'g'uzlardan ajralib chiqqan saljuqiylar kuchayib, o'z vaqtida ularga yer berib homiylik qilgan g'aznaviylarga qarshi tazyiq ko'rsatdilar. Natijada saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. 1040-yilda Marv bilan Saraks (Seraxs) oralig'idagi Dandaqxon degan joyda g'aznaviylar bilan saljuqiylar qo'shinlari to'qnashadilar. Bo'lib o'tgan shiddatli jangda Mahmud G'aznaviy qaqshatqich zarbaga uchraydi. Saljuqiylar G'aznaviylar davlatining asosiy qismi hisoblangan shimoliy va G'arbiy viloyatlarini egallab oladilar. Ular tasarrufída G'azna, Qobul, Qandahor va Panjob viloyatlarigina qolib, u kichik feodal davlatga aylanadi. Sarkarda va hukmdor To'g'rulbek zamonida (1038-1063) Xorazm, iroq Ajami (Iroqning Eron hududidagi qismi), Ozarbayjon, Kurdiston va Ko'histon zabt etiladi. 1055-yilda saljuqlar Bog'dodda o'z siyosiy hukmronliklarini o'matadilar. Xalifa esa faqat diniy ishlardagina mutasaddi bo'lib qoladi. Ray shahri Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylantiriladi. Saljuqiylar bilan qoraxoniylar o'rtasidagi m unosabatlar dastavval yaxshi b o 'lsa-d a, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Xorazm tomondan ular Xuttalon, Chag'oniyon, Jand va Savronga yurish qilib, qoraxoniylar bilan bir necha bor to'qnashadilar. Bu ikki turk davlatlari o'rtasida shiddatli janglar bo'lib o'tadi. Hatto, 1130-yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga lashkar tortib Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg'ol etadi. Natijada qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.
Saljuqlar butun Xurosonni, Xorazmni, G'arbiy Eronni, Ozarbayjon Iroqni- Arm anistonni egalladilar. 1071-yili Vizantiyani yengib butun Kichik
Osiyoni. keyinchalik Suriya va Falastinni, Gruziya, Shirvon va
M ovarounnahm i egallab, dunyoning qudratli davlatiga aylanadilar. Keyin inqiroz boshlandi. Awal Xorazm kuchayib ularga zarba berdi. Keyin qoraxitoylardan yengildilar. Shundan keyin Saljuqiylar davlati maydalanib ketdi. Mo g'ullar hukumronligi davrida qayig* urug'i Kichik Osiyoning shimoli-G'arbiga ko'chadi. Keyin m o‘g‘ullar saltanati inqirozga uchrab shu yerdagi o‘g‘uz-qayig‘ turklari Usmonli sulton deb e’lon etildilar va Usmonli Turkiyaga asos soldilar (1281- yilda). Bu sulola 1924-yilgacha, Turkiya respubikasi e’lon qilingunga q a d a r yashadi. 1924-yil M ustofo K am ol O ta tu rk T urkiya Respublikasining birinchi Prezidenti boidi. Shimoliy G'arbda turkiy xalqlar hozirgi Moldaviya (gagauzlar) gacha, Ukraina janubida Qrimgacha bordilar. Shimolda Boshqirdiston, Tatariston, Shimoliy Kavkazda Checheniston, Dog'iston, G'arbiy Xitoyda (Sharqiy Turkiston) Sinjon M uxtor viloyati-turkiy davlatlardir, ya’ni bu xalqlaraing shakllanishida turkiy qavmlar o ‘z "hissalari"ni qo'shganlar. Shuningdek, Kichik Osiyoning o'zida mahalliy xalqlar bilan turkiy xalqlaming qo‘shilishi natijasida hozirgi turk xalqi paydo bo'ldi. Turkiy xalqlar tarixida, ulaming siyosiy tuzumida urug'chilik an’analari hal qiltivchi rol o'ynagan. Shuning uchun ham ulartarqoq yashadilar, uzoq davom etgan ittifoq tuza olmadilar. Bu esa ulami parokandalikda ushlab turish va ko'pincha, bosib olish imkoniyatini berdi. Hozirgi zamonda turkiyzabon xalqlar hamkorligi, ittifoqi umumjahon ahamiyatiga ega. Xalqning kelib chiqishi murakkab dolzarb muammo. Keyingi yillarda dunyo olimlari hamkorligida "Jahon xalqlarining etnik tarixi" nomli ko'p jildlik zalvorli (fundamental) asar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi nkrim izning isbotidir. Bu borada O 'zbekiston Respublikasi olimlari ham o ‘z hissasini qo'shishi zarur. Xalqlarning kelib chiqishi muammosi ustida ilmiy tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar bir necha shartlarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir. Xalqning kelib chiqishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ekanligini hamisha ko'zda tutib, ilmiy tadqiqotlami kompleks Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling