I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana13.07.2017
Hajmi0.69 Mb.
#11132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

73

Qang' davlati Vil asr yashab,  milodning V asri o'rtalarida yemirildj 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  tarixida, jumladan,  o'zbek xalqi  tarixida 

yarim ko'chmanchi davlat zaminida yashovchi Qadimgi Eron tilining 

shimoliy  shoxobchasida  so'zlashuvchi  tubjoy  xalqlar  Janubiy  Sibir 

Oltoy,  Sharqiy,  Turkiston,  Yettisuv  viloyatlarida  yashovchi  turfcjj 

tilda  so'zlashuvchi  qabilalar  bilan  yaqinlashdi.

Qadimgi manbalarda bu davrda  Farg'ona  (Davan,  Parkan) davlat) 

bo'lganligi  haqida  ham  yoziladi.

Farg'ona vodiysining qadimgi tarixi haqida gap ketganida, odatda. 

uning miloddan awalgi VU—VI asrlardan to milodiy eraning V asrig 

qadar bo'lgan davr tarixini ko'z o'ngimizga keltiramiz. Chunki, undaj 

awalgi  davr  qadimgi  Farg'ona  tarixida  ibtidoiy jamoa  tuzumi  va \  

asrdan  boshlab  esa  uning  féodal  davri  tarixi  boshlandi.  Bu  davt 

ijtimoiy-siyosiy hayotida erkin jamoa xo'jaligi jamiyat rivojida asosiy 

qatlamni  tashkil  etardi.

Farg'ona  ahmoniylarga  ham,  makedoniyaliklarga  ham  tobt 

bo'lmagan.  Xitoy  manbalarida  yozilishicha,  miloddan  awalgi  II—! 

asrlarda  Davan  aholisi  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  bilan 

shug'ullangan,  xo'jaliklari  yuksak  rivojlangan.  Davan  davlati  bo) 

shaharlarga  va  kuchli  qo'shinga  ega  bo'lgan.

Davlatchiligimiz  tarixida  Farg'ona  davlat  tuzumi  muhim,  hatto 

ibratli  ahamiyat  kasb  etadi.

Miloddan  awalgi  II  asrda  (Xitoy  elchisi  Chjan  Syan  bu  yuitp 

kelgan  davrlarda)  qadimgi  Farg'onada  kuchli  siyosiy  davlat  tizimi 

shakllangan edi.  Podsholik tepasida mahalliy aholining aslzodalaridai 

chiqqan  hukmdor turardi.  Ulardan ba’zilarining nomlari xitoychadi 

Mugua,  Chan,  Fin,  Yanolyu  deb  berilgan.  Hukmdoming  yonida 

eng yaqin qarindoshlaridan ikkita yordamchi bo'lgan.  Hukmdor davlat 

ishlarini  olib  borishda  oqsoqollar  kengashiga  suyangan.  Oqsoqollai 

kengashi hukmdor bilan biigalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy 

ÿyosiy  va  diniy  masalalami  hal  etgan.  Shu  bilan  birga,  oqsoqollai 

kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan 

Oliy  kengash oldida  hukmdoming  huquqi  cheklangan  edi.  Ayniqs* 

urush va tinchlik: diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va 



huqiK 

oliy  kengash  qo'lida  edi.  Oliy  kengash  hukmdomi  hokimiyatda® 

tushirishi,  uning  o'miga  yangisini  saylashi  mumkin  bo'lgan.  XiW)

74


b a la rin in g  

xabar  berishiga  qaraganda,  o'zga  davlat  va  uning 

^•shini  bilan  bo'lgan janglarda  davanliklaming  mag'lubiyati  uchun 

^okimiyai  egasi-hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan o'Iim

üzosiga  tortilgan.

Davan 


davlatining  siyosiy  tuzum i  shaharlarning  yoki  voha- 

davlatlarining 

erkin  ittifoqidan  tashkil  topgan  konfederatsiya  edi.

Xitoy 


ayg'oqchisi 

Chjan  Syanning  Davan  davlatining  qudrati 

haqidagi 

ma’lumotlari 

h a m  

e ’tiborga  loyiqdir.  Davan  60  ming 



qo'shinga  ega 

edi.  Piyoda  askarlar oddiy  qurollangan,  otliq  qo'shin 

harbiy mahoratda tengsiz bo'lgan.  Ularning ot ustida turib kamondan 

uzgan  o'qlari 

dushmanni  dog'da  qoldirardi,  ularning  ayollari  ham 

kamondan 

o'q  uzishda  o ‘z  erlaridan  qolishmagan.

Davanliklar 

g'arbda  qang'liklar,  shimolda  usunlar,  sharqda  esa 

uyg'urlar 

bilan  yaqin  aloqada  bo'lishgan.  Xitoy  bilan  bo'lgan 

janglarda 

ularni  har  doim  Qang'o'ylar  qo'llab-quwatlaganlar.

Qadimgi Farg'ona davlatini milodiy eraning dastlabki yuz yilliklarida 

mahalliy aslzodalar sulosasi boshqaigan. Xitoy manbalariga qaraganda

qadimgi Faig'onani 419-yilgacha bir sulola (xonadon) vakillari uzluksiz 

uobhqarib 

kelgan.  O'rta  Osiyo  hududlarida  Eftalitlar  davlati  qaror 

topgach,  qadimgi  Farg'ona  davlati  o'z  mustaqilligini  yo'qotgan.

Davlatchiligimiz  tarixida  K ushon  podsholigi  ham  diqqatga 

sazovordir.  Kushonlar ko'chmanchi  qabilalar bilan  qo'shilib  ketgan 

massagetlar bo'lib, Spitamen qo'zg'olonidan so'ng Sharqiy Turkiston 

va  Mo'g'uliston  chegaralariga  ketib  qolgan  edilar.  Xitoy  tarixchilari 

ularning  yue-chjilar  deydilar.  Miloddan  avvalgi  II  asr  o'rtalarida 

ular xunlardan yengilib Farg'onaga qaytib keladilar.  Miloddan avvalgi 

140-yilda  Baqtriyaning tushkunlikka uchraganidan foydalanib So‘g‘d 

orqali  Baqtriyaga  o'tadilar.  Bu  yerda  ular  5  qabilaga  bo'lingan. 

Kushon  qabila  boshlig'i  Kudzula  Kadfiz qolgan 4  qabilani  tobe  etib 

0  zini  hukmdor  deb  e’ion  qilgan.  Kushon  davlati  keyin  butun 

Markaziy Osiyo, Afg'oniston,  Pokiston va Hindiston yerlarini qo'shib 

p

  ’ yWk imperiyaga aylandi va davlati milodiy IV asrgacha yashadi. 



u  davrda  pul  va  din  islohoti  o'tkazildi. 

u  davlat  buyukligiga  qaramay,  ko'chmanchilar  davlati  edi  va

Y atchiligimiz  taraqqiyotida  muhim  roi  uynadi  deb  aytish  xolis 

mizni  yaratish  tamoyillariga  xilofdir.



75

Shunday qilib, davlatchiligimizning 2-bosqichi  haqida gapirga^ 

biz asosan,  Qadimgi Xorazm,  Baqtriya va  Farg’onani  ko'rsatishim 

to'g'ri  bo'ladi.

Milodiy  IV  asrdan  boshlab  Vatanimizga  ko'plab  ko'chmanchflj 

bosib kirdilar,  ular  Markaziy Osiyo,  asosan hududimizdan  tashqarj^ 

tarkib topgan  ko'chmanchilar davlati  tarkibiga  kirib qoldi.  Ammo h 

davrda tubjoy davlat  — Xorazmning yana tiklanganligini ham ko‘ramjj 

III  asrda  tobora  zaiflashib  borayotgan  Qang*  davlati  tasarrufidg, 

birinchilardan  bo'lib Xorazm  ajralib chiqdi.  Uni  mahalliy afrig‘iyb

•  sulolasiga  m ansub  xorazm shohlar  idora  qila  boshladi.  0 ‘ 

mustaqilligini  tiklab  oigan  Xorazm  davlatining  poytaxti  dasthl 

Qoraqalpog'istonning hozirgi  Ellikqal’a tumani hududida joylashgt 

qadimgi  Tuproqqal’a  shahar  xarobasining  o'mida  bo'lgan.

Beruniyning  yozishicha,  305-yiIda  xorazm shoh  Afrig*  o\ 

qarorgohini  Xorazmning  qadimgi  poytaxti  Kat  shahriga  ko‘chiradi 

Qayta tiklanib uning yonida Joylashgan Alfir qasri  ichida shoh o‘zif 

yangi  saroy  qurdiradi.  Shu  vaqtlardan  boshlab  Xorazmning  Afrigfi 

podshohlari  betiga  shoh  va  orqasiga  suvoriy  tasvirlari  tushirilga 

kumush  tangalar  zarb  etib,  mamlakatning  ichki  va  tashqi  savd 

munosabatlarida  mustaqil  bo'lib  oladilar.

Xuddi  shu  davrda  M arkaziy  Osiyoga  Yettisuv  va  Sharqi 

Turkistondagi  ko'chmanchi  xion  qabilalari  hujum  qilib,  xioniyb 

davlatini  tuzdilar.  Bu  davlat  120  yildan  oshiqroq  yashadi.  So‘i 

Sharqdan  Sirdaryo  va  Orol  bo*ylari  orqali  toharlar  kirib  keldilar. 

asming 20-yillarida kelgan bu ko'chmanchilarga Kidar ismli huknuc 

yo'lboshchi  edi.  Shuning  uchun  bu  davlat  Kidariylar  davlati  bar 

deyiladi.  U  Eronga  qarshi  uzoq  kurashib,  V asr o'rtalarida  inqiro? 

uchradi  va  o‘z  navbatida  shimoldan  kelgan  ko'chmanchi  eftalitl 

bilan  to'qnashadi  hamda  Shimoliy  Hindistonga  chekinadi.

EftaKtlar  (eftalitlar  nomi  Eftalon  qabilasi  nomidan  olingan)  davt 

Eronni yengib, VI asr boshlarida Markaziy Osiyo, Sharqiy Eron, Shirnoi 

Hindiston va  Sharqiy Turicistonni birlashtirgan  yirik davlatga aylanad

asming ikkinchi va VI asming birinchi yarmida Oltoy va Janufc 



Sibirda  yashovchi  turk  qabilalari  birlashdilar.  551-yil  ular  Bum 

bosh bo'lgan  imperiya — Turk hoqonligini tuzdilar.  Ular  VI  asrnif 

60-yillarida  eftalitlami  yengib,  Markaziy Osiyoni  egalladilar.



asr 

oxirlarida 

boshlangan  o‘zaro 

qabilaviy 

urushlar 

va 


sulolaviy 

hlar  oqíbatida 

Turk  hoqonligi  603-yilda  ikki  mustaqil  davlatga 

Ku-  ^gtadi. 

U lardan 

biri  Mo‘g‘ulistonda tashkil topgan Sharqiy Turk 

ajra.  j  jickinchisi 

esa 0 ‘rta Osiyo, Jung‘oriya va Sharqiy Tuikistonning 

í Vqismini 

o'z tasarrufiga  oigan  G'aibiy turk hoqonligi edi.

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  VI—VIII  asrlarda  Markaziy Osiyo  oldin 

eftalitlar, 

so'ng Turk  hoqonligiga  bo'ysungan  bolsa ham  u  yerda  15 



L   yaqin 

dávlatlar  tashkil  topgan  bo*Iib,  ulaming  yiriklari:  So*g*d, 



Tohariston, 

Xorazm,  Choch,  Farg‘ona  edi.  Bu  davlatlar  ichki 

siyosatda  m ustaqil  b o ‘lib,  hoqonlikka  xiroj  to ‘lab  turganlar. 

Yuqoridagi 

fikrlarga tayangan holda 



shuni 

aytish mumkinki,  bu davr 



davlatchilik 

tarixidagi  tarqoqlik  davri  edi.

VII  asr boshida Arabiston  yarim orolida  yashovchi  arab qabilalarí 

Islom dini asosida birlashdilar va atrof yerlami istilo qila boshladilar. 

Bu  vaqtda  Turk  hoqonligi  ichki  qabilaviy  nizolar  oqibatida  siyosiy 

inqirozga yuz tutib,  parchalanib ketgan.  Bundan foydalangan arablar

VII asr ikkinchi  yarmi — VIH  asr boshlarida  Markaziy Osiyoni bosib 

oidilarki,  natijada  davlatchiligimizga  barham  berildi.

Davlatchiligimiz tarixida IX—XII asilar uchinchi bosqichni tashkil etadi.

Ta’kidlash  kerakki,  bu  davrdagi  bir qator qo“shni  ko'chm anchilaj., 

davlatlari  Vatanimizga  bosib  keladilar,  ma’lum  davrda  Vatanimiz 

hududlari bu davlatlar tarkibiga kirdi.  Ular Vatanimiz tarixida ma’lum 

iz  qoldirsalar-da,  davlatchiligimiz  rivojida  ko'zga  tashlanadigan  rol 

0‘ynamadilar.  Bular Qorluqlar (VIII—IX asr), 0 ‘g‘uzlar (IX asr oxiri

XI asr t*oshlari), Tohiriylar (822—873 yillar), Safíoríylar davlati (873— 

875),  Qoraxoniylar  davlati  (X  asr  o'rtalari),  G'aznaviylar  (X  asr 

oxiri),  Saljuqiylar davlati  (Xl-asr)  edi.

Lekin  bu  davrda  tashkil  topgan  —  X orazm shohlar  davlati 

davlatchiligimiz  rivojida  alohida  o'rin  egallagan  tubjoy  davlatlar 

bo'lib,  ular davlat  tizimining shakllanishida  muhim  rol  o'ynaganlar.

VIH  asr  oxiri  IX  asr  boshida  xalifalikni  larzaga  keltirgan  og‘ir 

f*y°siy  vaziyat  abbosiylaming  M owarounnahr  va  Xurosonda  olib. 

borayotgan siyosatini o'zgartirishga majbur etdi. Endilikda ular sharqiy 

V|Joyatlarni  boshqarishda  davlat  ishlariga  mahalliy  zodagonlami jalb 

qilish  va  ular  qo'li  bilan  bu  viloyatlami  xalifalik  tasarrufída  tutib 

U|ishga  harakat  qiladilar.  Natija,  abbosiylar  o'ylagandek  bo‘lib



77

chiqmadi.  Mahalliy zodagonlar  Movarounnahr va  Xurosonnni  asta. 

sekin  o*z  tasarrufiga  olibgina  qolmadilar,  balki  xalifalik  markazidj 

hamda  hokimiyatni  boshqarishda  tobora  ko'proq  rol  o'ynaydigj.. 

bo'lib  qoldilar.

Ular  masalan,  813-yilda  Ma’munning  xalifa  bo'lishida  katta  ro| 

o'ynadilar.  Bular  orasida  movarounnahrlik  Somonxudot  ham  bor 

edi.  Ma’mun  uning  yordamini  unutmadi.  Uning  nabiralari  Nuh - 

Samarqandga,  Ahmad — Fargonaga,  Yahyo  Shosh va  Usturshongj 

llyos 

-   Hirotga  noib  etib  tayinlandi.  0 ‘zaro  kurashlarda 



yengib 

chiqqan  Ismoil  Somoniy  (Ahmadning  nabirasi,  874—907-yilIar 

hukmronlik qilgan)  Movarounnahmi,  Xurosonni bjrlashtirib yagona 

hukmron bo'lib oldi va Somoniylar davlatiga asos soldi (888-yil). Bu 

saltanat  X  asr oxirigacha  davom  etdi.

Somoniylar  davlati  boshqaruvi  markazlashgan  davlat  tartiblari 

asosiga  qurilganligi  bilan  diqqatga  sazovor edi.

Davlatchiligimiz  tarixida  katta  rol  o ‘ynagan  davlat lardan  biri 

Xorazmshohlar  davlatidir.  Xorazm  Somoniylar  davrida  ularga  tobe 

edi.  X  asr  oxiri  va  XI  asraing  boshlariga  kelib,  Xorazm  hokimi 

Ma’mun  va  uning  o'g'Ii  Ali  Somoniylar  davlati  tugaganidan  so‘ng 

m u staq il  davlat  tu zish g a  h a ra k at  q ilib   k o 'rd ila r.  Lekin 

Movarounnahrdagj'Qoraxoniylar,  Xurosondagi  G'aznaviylar davlati 

oldida  Xorazm  davlati juda  kuchsiz  bo'lib,  ko‘p  hollarda  Mahmud 

G 'aznaviy  va  uning  o 'g 'li  M a’sudga. qaram  edi.  G'aznaviylar 

davlatining  inqirozi  va  XurQsonda  Saljuqiylaming  hukmronligi 

o'm at Ugandan keyin Xorázrh davlati dastlabki yillarda mustaqil siyosat 

olib borishga harakat qilgan bo'lsa-da,  tez orada Saljuqiylarga qaram 

davlatga  aylandi.

Xorazmning  mustaqil  davlat  sifatida  shakllanishida  ko'p  xiztnat 

qilgan  hukmdor  Qutbiddin  Muhammad  Otsiz  (1127—1156)  edi 

'Saljuqiy  Sulton  Malikshoh  davrida  Xorazmda  hukmdor  bo'lgan 

Anushteginning nabirasi Otsiz o'zi tobe boMgan Saljuqiy sultonlamiOf 

har bir xatosidan ustalik  bilan  foydalandi.  Ayyor,  diplomat  va  mohii 

sarkarda  bo'lgan  Otsiz  mustaqil  tashqi  siyosat  olib  bordi.  U  Xorazm 

^yerlarini  ancha  kengaytirib,  Sirdaryoning  quyi  oqimidagi  yerlami. 

Mangishloqni  bosib  oladi.  Shundan  So'ng  u  bir  necha  bor  (1138. 

.1141—1142,  1147— 1148-y.y.)  Sulton  Sanjarga  qarshi  isyon  qildi vi 

mag'lubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe bo'lib qoldi.  LekiK 

*-shunga  qaramasdan  u  Xorazmning  mustaqilligi  uchun  mustahkain



78

a ta  

0 idi.  Sulton  Sanjarning  o'iim idan  So‘ng  (1157-y) 

aS° S  ivlar  davlati 

deyarli  yo‘q  bo'ldi  va  Xorazmni  mustaqil  davlat 

• v i a  

siyosat 


olib  borishi  uchun  keng  yo‘l  ochildi.  Bunday siyosiy 

•*atda, 


shubhasiz, 

Xorazmning  hukmronlik  doirasi  kengaytirilib, 



WaZ-  i

 mustaqilligi 

yanada  mustahkamlandi. Xorazm davlati ayniqsa, 

rT'izning nabirasi Takash davrida juda kengayadi.  1187—1193-yillarda 

Nishopur.  Ray  va  Marv  shaharlarini  bosib  oladi.  1194-yilda  esa 

U liuqiylar  su*to n '  Tugrulga  qaqshatqich  zarba  berib,  Eronni 

Xorazmga 

kiritdi.  Oradan  bir  yil  o'tgach  Takash  xalifa  askarlariga 

zarba 

berib,  Iroqqa  bostirib  kirishga  mu va fia q  bo'ladi.  Shunday 



ailib, 

o ’rta 


asriaraing iste’dodli davlat arboblaridan hisoblangan Takash 

Old 


va  O'rta  Osiyoda  Xorazmshohlar  davlatidek  yirik  va  qudratli 

féodal hokimligini barpo etadi.  Uning zamonida Xorazm davlatining 

hududlari 

ikki  barobar  kengaydi.  Uning  shimoIi-g‘arbiy  va  g‘arbiy 

chegarasi  Orol 

va 


Kaspiy dengizi  sohillaridan janubi-g‘arbda  Iroqqa 

qadar borar, janubi-sharqiy hududlarda G ‘azna viloyatidan, shimoliy- 

sharqiy  chegarasi  esa  Yettisuv  va  Dashti  Qipchoqdan  o“tar edi.

Musulmon Sharqidagi bu ulkan davlat ning poytaxti Urganch shah ri 

edi.  Xorazmshoh  saroyida  27  hukmdor  va  ulaming  vakillari  itoat 

kamarini  bog'lab,  oltin  nog'ora  chalar  va  bu  buyuk  davlatning 

tojdorini "Iskandari Soniy" ("Ikkinchi Iskandar") deb atardilar. Ammo 

bu  dabdabali  hokimiyat  o'rta  asrlardagi  barcha  féodal  davlatlarga 

xos xususiyatga ega edi.  lchki nizo,  boshboshdoqlik va fuqarolaming 

noroziligi  kuchayib,  mamlakat  siyosiy  hayoti  inqirozga  yuz  tutgan 

bir  paytda  Xorazmshohlar  davlati  jangari  mo‘g‘u!  qabilalarining 

Chingizxon  boshliq  bosqiniga  duchor bo‘ladi.

XIII  asr  b o sh larid ay o q   C h ig ‘a to y   ta sa rru fig a   b e rilg a n  

Movarounnahr,  Yettisuv  va  Sharqiy  Turicistonda  Chig‘atoy  ulusi 

tashkil  topib,  uning  Poytaxti  Beshbaliq shahri  edi.  Bu  féodal  davlat 

XIV asrning 40-yillariga  qadar yashaydi.

Mo'g'ullar  katta  va  madaniy  viloyatlami  idora  qilishda  mutlaqo 

tajribaga ega emas edilar.  Buning ustiga bunday viloyatlami boshqara 

oladigan ma’murlar ham yo‘q edi. Chingizxon va xonzodalar, mo‘g‘ul 

aroiy  zodagonlari  istilo  qilingan  mamlakatlardan  asosan  o ‘lpon 

ndirib,  muttasil  daromad  olib turishga  qiziqardilar.  Shuning uchun 

J?m  sertarmoq  va  boy  xo‘jalikka  ega  b o ‘lgan  M ovarounnahr 

°yatlarini  va  hunarmandchilik  shaharlarini  boshqarishda  davlatni

79


idora  qilish  a n ’analariga  ega  bo'lm agan  m o 'g 'u l  hoqonlar 

shuningdek,  Chig'atoy  ham  o'ziga  bo'ysundirilgan  madaniy^! 

xalqlaming  zodagon  tabaqa  vakillari  xizmatidan  foydalanadi.

Movarounnahmi  bevosita  idora  etish  ishlari  hali  O'rta  Osiyo ^  

etilmasdan  ilgari  Chingizxon  huzurida  xizmat  qilgan  xorazmi,. 

savdogar  Mahmud  Yalavochga  beriladi.  U  Xujand  shahrini  o‘



2i| 

poytaxt  qilib  oladi  va  shu  yerda  turib  Movarounnahmi  idora  q¡¡ 

boshlaydi.  Bu  yerda  Vatanimizda  mashhur  allomalaming  butun bj 

avlodi  yashab  ijod  qildilar,  memorchilik,  sanoat  va  musiqa  gullab 

yashnadi,  bu  haqda  boshqa  mavzularda  so‘z  yuritamiz.

Shunday  qilib,  mo'g'ullarning  150  yillik  hukmronligi  davrii 

mustaqil  davlatchiligimizga  barham  berildi.

Davlatchiligimiz  tarixida  muhim  rol  o'ynagan,  davlat  tuzumi y 

boshqarish  tizimining takomillashuvida  Amir Temur davlati  akthid 

ahamiyat  kasb  etadi.

Amir Temur 1370-yili davlat hokimiyatini egalladl 35 yillik hukmron% 

davrida buyuk davlat tuzib,  markazlashgan qudratli davlatga asos soldi

T em u r  tuzuklari”ning  dunyoga  kelishi  tasodifiy  emas.  Markazr 

Osiyo  xalqlarida  davlat  tuzilishi  va  qonunuchilikka  alohida  e’tibcr 

berilgan va u haqda  ko'plab asarlar bitilgan.  Forobiy,  Beruniy, Yusu 

Xos Hojib,  Navoiy asarlarida, odil shoh,  yuksak jamiyat  to'g'risidaf 

mulohazalar diqqatga sazovordir. Nizomulmulkning "Siyosatnoma’si 

Kaykovusning  ”Qobusnoma"da davlatchilikni takomillashtirish haqtt 

qimmatli fikrlar mavjud. Yuqoridagi asarlar, ayniqsa Temur tuzuklaiid 

hozirgi zamonning ham muammolari va ziddiyatlariga doir qimmatl 

fikrlar  berilganligi  e ’tiborga  loyiqdir.  Bu  o ‘rinda  Prezident  1 

Karimovning  "Amir  Temur  tuzuklarini  o'qisam,  xuddi  bugunj 

zamonning katta-katta muammolariga javob topgandek bo'laman"1,' 

degan gaplarini  eslash  kifoya.

Temuriylar  davlatining  tarqoqligi  kuchaygan  bir  davrda  shimold 

—  Dashti  Qipchoqda  ko'chmanchi  o'zbeklar  davlati  tashkil  topdi 

Qipchoqlar  nomi  bilan  atalgan  dasht  G'arbda  Dnepr  daryosiV

Qora  dengiz,  shimoliy-sharqda  Irtish  daryosi  va  Balxash  ko'ligacltf 



Janubda esa Xorazm va Sirdaryo quyi oqimlari oralig'ida joylashgW1

1405-yil oxirida ko'chmanchi o'zbeklar Xoiazmni bosib olganid*1 

keyin  butun  XV  asr  mobaynida  Dashti  Qipchoq  o'zbeklari  bil»1

'Islom   Karimov,  ü   zbckiston  m illiy  istiqlol.  iqlisod,  siyosal.  mafliura.  Asarlar,  I -jild  -  ^ 

" O ‘z b c k isto n ".  1996-yil,  198-bet.

80


riylar 

o*rt 


asida to'xtovsiz kurash ketdi, oqibatda XVI 

asr 


bosh ida 

^ T u r a s h   Tem uriylar  davlatining 

yengilishi  bilan  tugadi. 

bUko 

chmanchi  o'zbek  xoni  Shayboniy  XVI 

asr 

boshida  butun 



\aio u n n ah m i 

bosib oldi va Shayboniylar 

davlatini 

barpo etdi. Ulardan 

^°.  ^VIl 

asrda 


mamlakatni  idora  qilgan  Ashtarxoniylar  (Joniylar) 

h  rida  hokimiyat 

uchun  kurash,  feodal  tarqoqlik  kuchaydi,  natijada 

zbek 


davlatchiligida 

parokandalik,  inqiroz 

yillari 

bo'


lib 

tarixga kirgan 

davr boshlandi. 

Ashtarxoniylar davri siyosatining natijasi sifatida siyosiy 

tarqoqlik 

kuchayib,  mamlakat  uch  mustaqil  xonlikka  bo'linib ketdi.



I9 l7 _ y il 

bolshevikJar Russiyada 



hokimiyatni 

egalladilar. Turkistonda 



ham Sho'rolar 

hokimiyati o'matildi.  Bolsheviklaming 



milliy 

siyosati 



millatlaming 

O 'z 


taqdirini 

o‘zi belgilash,  mustaqil davlat tuzishgacha 

huquqi  borligini  ta’kidladi.  Ammo  bu  yuzaki  edi.  Chunki,  1917-yil 

noyabrida tuzilgan hukumat tarkibida bitta ham mahalliy millat vakili 

yo'q 

edi. 


Aksincha, 

Sho'rolar  hokimiyati  1917-yil  noyabr  oxirida 



Qo'qonda 

tashkil topgan  mahalliy xalq vakillaridan  iborat  Turkiston 



(Qo'qon) 

muxtoriyatini tor-mor etdilar.  1918-yiI 20-aprelda tuzilgan 

Turkiston ASSR aslida chorizm mustamlakachilik siyosatining davomi 

edi.  1920-yil  2-sentabrda  Buxoro amirligiga barham berildi.  1920-yiI 

1-fevralda 

Xiva  xonligi  tugatildi.

1922— 1924-yillarda  bolsheviklar  o‘z  siyosiy  maqsadlarini  ko'zlab 

milliy-davlat chegaralanishi siyosatini olib bordilar.  1922-yil va ayniqsa 

1923-yil  yerli  millat  vakillari  milliy  siyosatdan  qoniqmayotganligini 

bildirib, tarixiy tarkib topgan viloyatlar chegarasini,  iqtisodiy aloqalami 

keskin buzmaslikni taklif qildilar.  1924-yil  fevralda  milliy chegaralash 

masalasi bo'yicha Fayzullo Xo'jaev tezislarida markazning turkiy xalqlar 

ildizini hisobga olmayotganligi, chegaralash g'oyalari o'tmish istUochilari 

siyosatidan  farq  qilmayotganligi  aytilgan  edi.  0 ‘rta  Osiyo  byurosi  bu 

tezislami jiddiy xato deb e’lon qildi.  10-martdagi birlashgan kengashda 

mahalliy  millat  vakillari  0 ‘rta  Osiyo  federatsiyasini  tuzishni, 

Turkistonning  yaxlitligini  buzish  maqsadga  muvofiq  emasligini 

ta kidladilar.  Xorazm  rahbarlari  ham  alohida  fikr  bildirib,  Xorazmni 

°  garalanishga  qo‘shmaslik  masalasini qo'ydilar.

,92*-yil  11-oktabrda  RK(b)  MK  siyosiy  byurosi  0*rta  Osiyoni 

tashiash haqida so'nggi qarorni qabul qildi.  1924-yil  14-oktabrda 



ulunittifoq  MIK.  milliy  chegaralanish  haqidagi  Turkiston  MIK 

qarorini  tasdiqladi.



81

Turkiston  ASSR,  Buxoro  va  Xorazrn  sho'ro  rcspublikalari  о'гци. 

O'zbekiston  SSR,  Turkmaniston SSR,  Tojikiston ASSR (1929-yilga^ 

O'zbekiston  SSR  tarkibida),  Qoraqirg'iz  (Qirg‘iz)  viloyati  (RSF$j| 

tarkibida) va Qoraqalpoq AO (Qozog'iston ASSR tarkibida) tashkil etjj^ 

1925-yil  13-fevralda  O'zSSR  Sho'rolarining  Buxoroda  ochilgj,, 

umumo'zbek  quriltoyida  "O'zbekiston  SSR  tuzilgani  to ‘g‘ris¡(¿ 

deklaratsiya"  qabul  qilindi.  Quriltoyda  Respublika  hokimiyatininj 

oliy organlari  rasmiylashtirildi.  0 ‘zbekiston SSR sho'rolari  MIKnijjg 

raisi  etib  "Qo'shchi  uyushmasi”  arbobi  Yo'ldosh  Oxunboboy» 

saylandi.  Respublika  hukumati,  jamoat  tashkilotlari  ham  tuzildi 

O'zbekiston  XKS  raisi  etib  F.Xo'jayevni  tayinlandi.

O'rta  Osiyoda  Turkiston  o'lkasi  va  ikki  mustaqil  davlat  o 'mida 

yangidan  tuzilgan  respublikalar yana  ilgaridek  markazga  arzon  хощ 

ashyo  yetkazib  berishga  ixtisoslashtirilgan  mustamlakalar  bo'lib1 

qolaverdi.  Bu davr mustaqil davlatchiligimizning yo'qotilgan davridii. ! 

ch u n k i  M arkaziy  O siyo  d a v latlari  en d i  "Q izil  imperiya' 

mustamlakachilik siyosati  iskanjasida  qolgan  edilar.

1917 -y iId an   b o sh lab   1991-yilgacha  R espublika  davlat 

hokimiyatining  butun  faoliyati  va  kadrlar  masalasi  markazda  hal 

etilgan.  O'zbekiston  sho'rolar  hokimiyati  boshqaruvidagi  rasmai1

 

mustaqil,  amalda  qaram  respublikaga  aylantirilgan  edi.



Ahvol bunday bo'lishi mumkin emas edi.  1990-yillarga kelib "Qizil | 

imperiya"  halok  bo'ldi.  1991-yil  7-dekabrda  SSSR  tugatilganligi ; 

rasman  e’lon  qilindi.  Ammo  bundan  oldin  O'zbekistonning  haqiqi) 

mustaqilligi  uchun  harakat  bosh langa n  edi.  Jumladan,  1989-yil  21- 

oktabrda  o'zbek  tilini  davlat  tili  deb  e’lon  qilgan  qonun  chiqdi 

1990-yil  24-martda  O'zbekiston  Oliy  Kengashi  Islom  Karimov» 

O'zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  etib  sayladi.

1990-yil  20-iyunda  Respublika  Oliy  Kengashining  12-chaqiriq 2- 

sessiyasida  O'zbekistonning  Mustaqillik  Dekleratsiyasi  e’lon  qilindi 

Bu  dekleratsiya  respublika  milliy  davlat  mustaqilligining  huquqi) 

va  siyosiy  asoslarini  yaratish  uchun  xizmat  qildi.  1991-yil  1-sentat* 

O'zbekiston  mustaqil  davlat  sifatida  tarix  sahnasiga  chiqdi.

O'zbek  milliy  davlatchiligining  bugungi  taraqqiyoti  to 'g krisid> 

alohida  mavzuda  batafsil  suhbatlashamiz.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling