I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli


Download 0.69 Mb.
Pdf просмотр
bet5/10
Sana13.07.2017
Hajmi0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

36

Avestodagi  ma’lumotlar,  Geradotning  "Tarix"i  "Katta  Xorazm" 

shuningdek,  Ktesiyning  Qadimgi  Baqtriya  podsholigi  haqidagi 

ma’Iumotlari  Markaziy  Osiyoda  ilk  davlat  uyushmalarining  paydo 

bo'lishi  muammolarini  o'rganish  uchun  asos  bo'lib  xizmat  qiladi. 

Tadqiqotchilarimiz ilmiy xulosalarida bu davlatlamingshaklanish jarayoni 

Eron  ahmoniylarigacha  boigan  davrda,  deb  hisoblaydilar  va  uni 

miloddan  awalgi  IX—VII  asrlar  bilan  bog'laydilar  (M.  Duiiker,  V. 

Tomashek,  F.  Alptxaym,  S.  P.  Tolstov,  M.  M.  Dpyakanov,  I.  M. 

Dpyakanov,  B.  G.  G ‘ofurov,  A.  Sagdullaev  va  boshqalar).  Yunon 

tarixchisi  Geradotning  ma’lumotlariga  qaraganda,  Markaziy  Osiyoda 

"Har tomoni  adirlar bilan o ‘ralgan tekislikda  qachonlardir xorazmiylar 

yashagan". Ko'pchilik tadqiqotchilarbu markazni hoziigi Xorazm o'mida 

bo'lm asdan,  jan u b ro q d a ,  Marv  (T urkm aniston)  yoki  Hi rot 

(Afg'oniston)da  bo'lgan  — deyishadi.  Biroq,  mil.aw.  I  ming  yillikning 

o‘rtalariga  yaqin  davrda  "Katta  Xorazm"  davlati  mavjud  boiganligiga 

shubha  qilmasa  bo'ladi.  Chunki  mil.  aw.  VIII  — VI  asrda  Xorazmda 

uzunligi bir necha o*n kilometr, eni bir necha o‘n metmi tashkil etuvchi 

katta  sun’iy  sug'orish  kanallari  ishlab  tuigan.  Bunday  katta  hajmdagi 

xo'jalik ishlarini e’tiborli va  nufuzli kuchga ega  bo'lgan davlat tuzilmasi 

bo'lmasa, uni amalga oshirib bo'lmasligi aniq.  Prezident  I. A.  Karimov 

Xiva shahrining 2500 yillik yubiley bayrami munosabati bilan so'zlagan 

nutqida  "O'zbek  davlatchiligining  tamal  toshlari  bundan  2700  yil 

muqaddam  ayni  Xorazm  vohasida  qo'yilgan.  Shu  ma’noda,  milliy 

davlatchiligimiz  tarixi  Misr,  Xitoy,  Hindiston,  Yunoniston,  Eron  kabi 

eng qadimiy  davlatlar tarixi  bilan  bir qatorda  turadi"1,  — degan  edi.

Ilk  davlat  uyushmasidan  yana  bin  Qadimgi  Baqtriya  davlatidir. 

Qadimgi  Baqtriya,  asosan,  hozirgi  O'zbekiston  va  Tojikistonning 

janubiy viloyatlari hamda Afg'onistonning shimoliy qismini o ‘z ichiga 

olgan.  Ba’zi  ma’lumotlarga  qaraganda,  uning  tarkibiga  So*g*d  va 

Marg'iyona  ham  kirgan.  Rim  tarixchisi  Kvint  Kursiy  Ruf  Baqtriya. 

haqida  shunday  ma’lumot  beradi:  "Baqtriya tabiati boy  va  xilma-xil. 

Ba’zi  joylari  daraxtzor,  tok  novdalarida  shirin-shakar  mevalar  bor. 

Serhosil yerlar ko'p sonli buloq suvlari bilan sug'orilgan. Yeri yumshoq 

joylarga g'alla ekiladi,  qolgan yerlar yaylov uchun ajratiladi.  Serhosil

'Islom  Karimov.  Xavfsizlik  va  barqarorlik  v o 'lid a  Asarlar,  6-iild.  -   T.:  "O 'zbekiston",  1998-vil

3 7 5 -b ct



37

yerlami  odamlar  makon  qilishgan.  Bu  viloyatning  poytaxti  Baqtra 

Paropamis (Hindukush) etagida joylashgan.  Uning devorlari yonidan 

Baqtra  daryosi oqib o'tadi.  Shahar va  viloyatga  shu  daryoning  nomj 

berilgan".  Yunon  muallifi  Ktesiy  Baqtriya  haqida  yanada  qimmatli 

ma’lumotlar  beradi.  Tarixchi  olim  Baqtriya  davlatidagi  ko'plab 

shaharlar,  Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas tuganmas boylikJari 

haqida  hikoya  qiladi.  Tadqiqotchi  olimlaming  fikrlariga  qaraganda 

Qadimgi  Baqtriya  qudratliligi  jihatidan  alohida  mavqega  ega  edi. 

Baqtriyaning  tabiiy  boyliklari  Old  Osiyoga  qadar  ham  mashhur edi.

Ko‘pchilik  tadqiqotchilaming  fikricha,  Markaziy  Osiyoda  ilk  davlat 

uyushmalari dehqonchiKk, chotvachilikdan ixtisodashgan hunarmandchiliknirig 

ajralish va shahar maikazlari shakllanishi asosida paydo bo'ladi.

So'nggi  yillardagi  arxeologik  ma’lumotlar  Markaziy  Osiyoda  ilk 

davlatlar shakllanishining muhim muammolarini yoritish, shuningdek, 

ular rivojlanishining quyidagi davrlarini aniqlash imkoniyatini beradi:

1)  Bronza  davri  —  qadimgi  ziroatchilikning  rivojlanishi  bilan  ilk 

davlatchilik  birlashmalariga  o'tish jarayonining  boshlanishi.

2) Bronza asrining temir asriga o‘tish davri (mil.aw. X—VIII asrlar)

-   ilk davlat  birlashmalarining  rivojlanish  davri.

3) Ilk temir davri (mil.aw. VII—VI asrlar) — ilk davlat birlashmalarining 

paydo  bo'lishi.

Bunday davlat  uyushmalari  paydo  bolishining  tezlashuviga  aholi 

yerlarini  dushmanlardan  himoya  qilish,  jamoaning  ichki  va  tashqi 

munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish, yirik sug'orish 

tizimlarini  barpo  qilish  kabi  omillar sabab  bo'lgan.

Markaziy  Osiyodagi  turli  xalqlaming  qadimgi  davrlardagi  diniy 

qa rash lari  va  e’tiqodlari,  payg'ambarlari  va  ular  ta’limotlarining 

yoyilishi  ko'pgina  olim lar  orasida  ilmiy  munozaralarga  sabab 

bo'layotgan  masaladir.  Ma’lumki,  Markaziy  Osiyo  xalqlari  orasida 

keng yoyilgan va asosiy din zardushtiylik edi.  Bu ta’limotning asoschisi 

Zaradushtra va uning faoliyati,  bu dinning muqaddas kitobi "Avesto" 

va  u  paydo  boMgan  hudud  haqidagi  masalalar  ham  hozirgi  kunda 

ko'pchilik  tadqiqotchilaming  diqqat  markazida  turibdi.  Umuman 

olganda,  Zaradushtraning  Vatani  Markaziy  Osiyo  deb  hisoblovchi 

olimlar ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Masalan,  zardushtiylik diniga  xos 

boigan ostadonlar tadqiqotchi Yu. A.  Rappoportning ta’kidlashicha, 

aso san ,  M arkaziy  O siyo  h u d u d la rid a n   to p ila y o tg a n lig i 

zardushtiylikning  vatani  Markaziy  Osiyo  bo‘lganligini  tasdiqlaydi, 

lekin  bu  to'g'rida  ilmiy  isbotlangan  ma’lumotlar yetarli  emas.

38


Islom da 

"Qur’on",  nasroniylikda  "Bibliya"  boiganidek "Avesto"  — 

zardushtiylik dinining 

matnlari to'plamidir. Zardushtiylik ta’iimotiga 

ko'ra 

yer.  suv,  havo  va  olov  muqaddas  hisoblangan.



"Avesto"  kitobi  turli  xil  ma’lumotlami  o*z  ichiga  oladi.  Shu 

jumladan,  qadimgi geografik tushunchalar -  daryolar, tog'la r, ko'Uar 

nom lari, 

hududiy  etnik  qabilalar  va  viloyatlar  nomlari,  qadimgi 

mamlakatlaming ro'yxati,  iqtisodiy va  ijtimoiy munosabatlar haqida, 

siyosiy  tuzum,  diniy  nasihatlar,  zardushtiylar  falsafasi,  dunyo  tarixi 

rivojlanishi  haqida  qimmatli  ma’lumotlar beradi.

Tarixdan  ma’lumki,  zardo'shtiylik  miloddan  oldingi  VII  asrdan, 

milodning  VII  asrigacha  Markaziy  Osiyo,  Eron,  Ozarbayjon  va 

boshqa  o'lkalarda  diniy  e’tiqod  sifatida  yashadi.

Ko'pchilik tadqiqotchilaming fikricha,  Zardo'sht  Markaziy Osiyo 

hududida faoliyat ko'rsatgan ilohiyotchi faylasuf, shoirva tabiatshunos 

olim  boigan.  Zardo'sht  zardo'shtiylik dinining  payg'ambari  sifatida 

tan  olingan  va  e’tirof etilgan  bo'lib,  uning ta’limoti  Markaziy Osiyo 

xalqlari  tarixida  va  ma’naviy  madaniyatida  ulkan  rol  o ‘ynadi.

I.A.Karimov bu  haqda shunday degan edi:  "Eng mo‘tabar,  qadimgi 

qo'lyozmamiz "Avesto"ning yaratilganiga  3000 yil boiyapti.  Bu  nodir 

kitob  bundan  XXX  asr  muqaddam  ikki  daryo  oralig‘ida,  mana  shu 

zaminda  umrguzaronlik  qilgan  ajdodlarimizning  biz  avlodlarga 

qoldiigan ma’naviy, tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim 

o'lkada buyuk da via t. buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat boiganidan 

guvohlik beruvchi  tarixiy hujjatdirki,  uni  hech  kim  inkor etolmaydi"1

Bu  davrda  Markaziy  Osiyo  xalqlari  davlat  ishlarida  oromiy 

yozuvidan  foydalanganlar.  Oromiy  yozuvida  so'zlar,  asosan,  ajratib 

yozilgan:  dastlab  so'zlami  ajratuvchi  belgilar  —  bir  vertikal  chiziq 

yoki  nuqta  qoMlangan,  keyinchalik  esa  so'zlar  o'rtasida  bo'sh  joy 

qoldirish  bilan  so'zlar  o‘zaro  ajratilgan.  Oromiy  yozuvida  harflar 

alohida-alohida,  ligaturasiz  (2  harfni  bir harf shakliga  keltirmasdan) 

yozilgan.  O'ziga  xos  xususiyatlaridan  yana  biri  d  va  r  harflarining 

farqlanmasligidadir.  Oromiy  yozuvidan  keyinroq  parfiya,  so*g‘d, 

baqtriya  va  Xorazm  yozuvlari  kelib  chiqdi.  Sug'd  yozuvi  ish  yuritishda, 

savdo va madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Qadimgi uyg'ur, 

mo‘g‘ul va  manjurlar yozuvlari paydo bo'lishiga asos boiib xizmat qildi.

^  'Islo m   K a rim o v .  B iz   k e la ja g im iz n i  o ‘z  q o 'lim iz   b ila n   q u ra m iz .  A s a rla r.  7 -jild .  -   T.: 

"O  zbckiston",  1999-yil.  137—138-betlar.

39


Bu  davrning  o'ziga  xos  xususiyati  shuki,  Markaziy  Osiyo, 

M esopotam iya,  M isr,  Eron,  Y unoniston,  Xitoy,  H indistoq 

madaniyatlarining  bir-biriga  o'zaro  ta’siri  ijobiy  bo'lishida  xalqaro 

savdo  yo'llari  muhim  rol  o'ynaydi.

Shunday  qilib,  M arkaziy  O siyodagi  m oddiy  va  m a’naviy 

madaniyatni  shakllanishi  va  rivojlanishida  O'rta  va  Yaqin  Sharq 

xalqlarining  o‘zaro  ta’siri  katta  bo'lgan.

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, Markaziy Osiyoda, xususan, 

O'zbekiston  zaminida  ro'y  bergan  qadimgi  sivilizatsiya  haqida 

Prezident  1. A.  Karimov shunday degan edi: "O'zbekiston zaminining 

qaysi  hududiga  murojaat  qilmaylik,  ming-ming  yillar  qa’ridagi  ilk 

hayot  nishonalarini,  eng  qadimiy  madaniyat  va  san’at  namunalarini 

har qadamda topish, shu orqali bu yerlarda qanday buyuk sivilizatsiya 

mavjud  bo'lganini  ko'rishimiz  muqarrar.

Bu  haqda  gapirganda,  biz  F arg'ona  vodiysidagi  Selung'ur, 

Toshkent  vohasidagi  Ko'lbuloq,  Qashqadaryodagi  Uzunqir  kabi 

dastlabki  odamzot  manzilgohlarini,  Samarqanddagi  Afrosiyob, 

Xorazm  zaminida  yaratilgan  nodir  "Avesto”  kitobi,  Buxorodagi 

zardushtiylik  ibodatxonalari  singari  ko'plab  yodgorliklami  nazarda 

tutamiz"1. 0 ‘lkamizda ro'y beigan ana shu sivilizatsiya tufayli bizning 

buyuk o'tmishimiz bor.  Milliy madaniyatimizjahon sivilizatsiyasining 

eng yorqin sahifalaridan joy olgan.  Bugun buni dunyo e’tirof etmoqda.



Tayanch  iboralar:

Sivilizatsiya,  qadimgi  tarixni  davrlashtirish,  arxeologiya,  yozma 

yodgorliklar, etnografik materiallar, xalq og'zaki ijodi, antropologiya, 

paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davri, sug'orma dehqonchilik, 

chorvachilik,  shaharlar,  “Avesto",  yozuv,  qadimgi  dinlar,  qadimgi 

elatlar,  ilk  davlatlar.



Nazorat  savoUari:

I.  Sivilizatsiya  deganda  nimani  tushunasiz?



1. O'zbekiston hududida ilk sivilizatsiyaning belgilari nimalardan iborat?

3.  O'zbekiston  tarixini  o'rganishda  arxeologik  topilmalarning 

ahamiyati  nimada?

4.  Prezidentimiz I.A.Karimov yurtimiz qadimiy sivilizatsiyasi haqida 

qanday  fikr-mulohazalarai  ilgari  surgan?

5.  Qadim ajdodlarimiz  asos solgan  qaysi  shaharlar haqida  bilasiz?

'Islo m   K arim ov  X a v fsiz lik   va  tin c h lik   u ch u n   k u ra sh m o q   k erak .  A sa rla r,  10-jild  -   TJr 

" O 'z b e k isto n " ,  2 0 0 2 -y il,  3 0 7 -3 0 8 -b e tla r



Boni y odd* toting!

IW ID O IY  JAMOA TUXUM 

m i.**. З З м Ь .-

1

я*вуа


К 2) 0*rt»- m il aw.  KXMO-oiagyfflikkr 

3) So'nggi -a A  «w. 40~J2mfefyfllB(kr 

MiM ft-Hni». avr. 12-7а*ч)гШ к1к

■nl*«riytfi(l$-l)>RÉ|]rflbrav\il)

N

m m


 - rml. aw.

Uunanaaaddiibk li-1 0  



mmg

 y il awai)

C a n il -  mil. iw , 4-0  rw fyiW dar

В гм п  -m iL avr. 3-2-miacjfffiildaf

T rm ir-  mil. aw.  l-eunßrfllftlar

41


“Bizning ajdodlarimiz,  halqimiz qadim-qadimdan o ‘troq yashagan, 

millatimizning iligi o'troq madaniyat sharoitida  qotgan..'".

I.  Karimov

O  ZBEK XALQINING  ETN1K SHAKLLANISHI

Reja:

1. O zbek xalqining shakllanishidagi eng qadimgi etnik jarayonlar;

2.  O'zbek xalqining etnik shakllanishidagi  asosiy bosqichlari;

3.  Istiqlol  va  o ‘zbek  xalqi  taraqqiyotining  istiqbollari.



Usbbn mavzuni oYganishda qoyidagi texnologiyani tavsiya etamiz:

"Maammo"  texnologiyasi

Mashg'ulotni o'tkazish  tartibi:

O'qituvchi  tolabalorni  guruhlarga  ajratib,  ulam i  mos  o'rinlarga 

joylashtirgandan so‘ng, mashg'ulotni o “tkazish tartib-qoidalari va talablarini 

tushuntiradi,  y a ’ni  u  mashg'ulotni  bosqichli boiishini  va  har bir bosqich 

talabalardan maksimum diqqat-e ’tibor talab qilishini, mashg'ubt davomida 

ular yakka, guruh  va jamoa  bo'lib  ishlashlarini aytadi.  Bunday kayfiyat 

talabalarga berilgan  topshiriqlami bajarishga  tayyor bo Tishlariga yordam 

beradi  va  bajarishga  qiziqish  uyg'otadi.  Mashg'ulotni  o ‘tkazish  tartib- 

qoidalari va  talablari tushuntirilgach,  mashg'ulot boshlanadi:

•   talabalar  tomonidan  mashg'ulot  uchun  tayyorlangan  kinolavhani 



diqqat  bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat 

qilish,  xotirada  saqlab  qolish  yoki  daftarlariga  belgilab  qo'yish  (agar 

kinofllm  ko ‘rsatishning  imkoniyati  bo'lmasa,  u  holda  o'qituvchi  o'quv 

predmetining mavzusi  bo “

yicha plakat,  rasm,  afisha yoki  biror muammo 

bayon qilingan main,  kitobdagi o'quv materialidan foydalanishi mumkin);

•   har bir guruh a ’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, 



hayotiy  voqeadan)  birgalikda  aniqlangan  muammolarni  vatman  yoki 

A-3 formatdagi qog'ozga flomaster bilan yozib chiqadi;

•   berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan 



o'qib  eshittiriladi;

‘Islom   Karimov.  B iz  kelajag im izn i  o ‘z  q o 'lim iz   bilan  quram iz.  A sarlar,  7-jild  -   T.:

" 0 ‘zbckiston",  1999-yil.  145-bet.

42


0  o 'qituvchi  guruhlar  tomonidan  tanlangan  va  muammolar  yozilgan 

qog'ozlami almashtirgan  holda guruhlarga  tarqatUadi;



tarqatilgan qog ‘ozJarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan 



har bir guruh  a ’zosi o'zini qiziqtirgan  muammodan  birini tanlab oladi;

0

  o 'qituvchi  tomonidan  tarqatilgan  quyidagi  chizmaga  har  bir guruh 

a ’zosi tanlab oigan muammosini yozib.  mustaqil ravishda tahlil etadi.

0

  vakka  tartibdagi faoliyat tugagandan so ‘ng har bir talaba  bajargan 

tahliliy  ishini barchaga  o'qib  eshittiradi;

0  muammolar 

va ulaming yechimi 

bo 

y  ¡cha jamoaviy fik r almashiladi;

0  himoyadan 

so'ng  o ‘qituvchi  mashg'ulotga  yakun  yasaydi.  Kichik 

guruhlarga 

qiziqarli ishlari uchun  minnatdorchilik  bildiradi.

Bunday  texnologiya  bilan  o'tkazilgan  mashg'ulot  natijasida  tala balar 

qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, 

keyin  esa  ularga  zarur  bo'lgan  uslub  va  usullami  tanlashi  hamda  o'z 

harakatlarini aniq  belgilab  olishlari kerakligini  büib  oladi/ar.

Maammonbig tori

Maim mining kdib ckiqidi nbabterl

MauimMÜ ycchtak  yol lari vt riiateg

lurak«tlarfa^7

zbek  x a lq in in g   kelib  c h iq ish i  va  s h a k lla n is h   ta rix i 



tarixnavisligimizdagi  eng  dolzarb  muammolardan  biridir.  Shuning 

uchun ham Prezidentimiz l.A.Karimov  1998-yil iyun oyining oxirida 

bir  guruh  tarixchilar  hamda  ziyolilarning  ayrim  vakillari  bilan 

o'tkazgan  uchrashuvida  bu  masalaga  katta  ahamiyat  berdi.  Bu 

masalaning kun tartibiga dolzarb muammo qilib qo'yilish sabablaridan 

yana  biri  shundan  iboratki,  keyingi  vaqtda  o ‘zbek  millatining 

shakllanishi  tarixini  turli  vaqtlarda  Vatanimizga  ko'chib  yoki  bosib 

kirib kelgan ko'chmanchi xalqlardan boshlashga  intilish kuchaymoqda. 

Ba’zilar  buni  zo‘r  istihola  bilan  aytsalar,  ba’zilar  ja r  solib,  shu 

ko'chmanchilar avlodi bo'lganligimizdan faxrlanishga chaqirmoqdalar. 

Keyingi  paytlarda  "Bizlar  xunlarning  avlodim iz",  "Biz  kelib 

chiqishimiz jihatidan  turklarmiz"  degan gaplar ko‘paydi.



Izoh:  Muammoli savolga talabalaming qisqa javoblari eshitiladi va 

reyting  asosda  baholanadi.

43

Shuning  uchun  ham  Prezidentimiz  1.Karimov  uchrashuvdagi 

suhbatda"... qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o'troq madaniyat 

tashkil etganmi yo ko'chmanchimi? O'zbek xalqining shakllanishida 

qanday  elatlarning  ta’siri  bo'lgan?  Bilaman,  bular  og'ir  savollar. 

Lekin uiarga javob topishimiz zarur"1, deb aytdilar.  Prezidentimizning 

yana  quyidagi  fikrlari  diqqatga  sazovordir:  "Yana  qaytarib 

a y tm o q c h im an :  biz  o 'z im iz n i  m illat  deb  b ila r  ekanm iz, 

o'zbekchiligimiz  haqida  aniq  tushunchaga  ega  bo'lishimiz  kerak. 

Turkiy  tilli  xalq  bor,  turk  xalqi  bor.  Farqini  har  bir  fiiqaromiz, 

avvalo,  farzandlarimiz  bilib  olsinlar”2.

lslom  Karimovning  uchrashuvda  aytgan  quyidagi  gaplari  o'zbek 

xalqining  shakllanishi  tarixi  bilan  shug'ullanuvchi  tarixchilaming 

tadqiqotlari  uchun  metodologik  asos  bo'la  oladi.  "Movarounnahr 

sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, 

ko'p  yillar,  balki,  asrlar  davomida  yurtimizda  ne-ne  o'zga  sulolalar 

hukmronlik  qilmagan,  deysiz?  Bir  so'z  bilan  aytganda,  ming  yillar 

davomida  yurtimizga  kelib-ketganlar  ozmi?  Erondan  Ahmoniylar, 

Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mo'g'ulistondan 

Chingizxon  keldi,  rus  istilochilari  keldi.  Lekin  xalq  qoldi-ku.  Xo'sh, 

bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki kuch-qudratga tayanib 

o'zligini  saqlab  qoldi?  Qadim-qadim  zamonlardan  o'troq  yashagani, 

ilm-ma’rifatga  intilgani,  buyuk  madaniyatga  ega  boigani,  o'z  urf- 

odatlarini  muqaddas bilgani  uchun emasmi?

O'zbek  nomi  qachon  paydo  bo'lgan?  Sho'ro  tarixshunoslarining 

yozishicha,  go'yo  XVI  asrda  bizning  zaminimizni  Dashti  Qipchoq 

xonlari  ishg'ol  qilgandan  keyin  o'zbek  nomi  paydo  bo'lgan  emish. 

Axir, biz Movarounnahr deb ataladigan ikki daryo oralig'ida ungacha 

ham  odamlar  —  xalq  yashagan-ku!  Yoki  bu  xalq  boshqa  millat 

bo'lganmi?  Mantiq  qani  bu  yerda?

Biz sho'ro  zamonidan qolgan  bu  aqidani qabul  qilsak,  millat imiz 

tarixi  mana shu navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan, degan 

noto'g'ri xulosa kelib chiqmaydimi?  Unda bizning necha  ming yillik 

tariximiz  qaerda  qoladi?  Samarqand  ham,  Buxoro  ham,  Xiva  ham 

o'zbeklamiki  ekan,  bu  yerlarda  o'zbek  davlati  bo'lgan  ekan,  nega

'lslo m   Karimov.  Biz  k elajagim izni  o  z  q o 'Iim iz   bilan  quram iz.  A sarlar,  7-jild  -   T.\

"O 'zbekiston",  1999-yil.  140-bet. 

j

HD'sha  manba.  140-bet 



j

endi o*z tariximizni XVI asrdan, kimdir kelib-ketib,  nomini qoldirib 

ketgan  davrdan  boshlashimiz  kerak?  Ungacha  ham  bu  yerda o'troq 

xalq  yashagan-ku!  Bu  yerda  ana  shu  o'troq  xalqning  madaniyati 

bo'lgan-ku!  Kim kelmasin, masalan, m o'g'ullar kelgan, XIII asming 



20-yillaridan XIV asming 70-yillariga qadar hukmronJik qilganlar va 

ularning  madaniyati  mahalliy  madaniyatga  singib  ketgan.  Bunda 

mahalliy xalqning madaniyati,  albatta,  asos boigan,  ustunlik qilgan.

Biz xalqni  nomi  bilan  emas,  balki  madaniyati,  ma’naviyati  orqali 

bilamiz,  tarixining tag-tomirigacha  nazar tashlaymiz.

Yana bir bor qaytaraman: men tarixchi emasman. Ammo, umuman, 

dunyo xalqlari va xususan yurtimiz tarixiy taraqqiyot yo'lining asosiy 

qonuniyatlarini  mantiqiy  tahlil  qilsak,  shu  narsa  ayon  bo'ladiki, 

Aleksandr  ham  (uni  Sharqda  ko'proq  Iskandar  Zulqarnayn  degan 

nom  bilan  bilishadi),  Qutayba  ham ,  Chingizxon  ham,  general 

Chemyaev ham,  umuman, kim boim asin, yurtimizga bir necha o ‘n 

ming yo  bir necha  yuz  ming  lashkari  bilan  kelgan,  ishg'ol  qilgan va 

bu  yerdagi  siyosiy  hokimiyatni  qo'lga  olgan.  Yana  takrorlayman: 

Siyosiy hokimiyatni. Tamom. To'g'ri, hukmronliklari mobaynida ular 

mamlakatimizning iqtisodiy, savdo,  ilmiy,  madaniy imkoniyatlaridan 

o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga zo'r beiganlar.  Biroq shu yerda 

asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini,  uning ko'p ming 

yillik  madaniyatini  yo'q  qilolmaganlar,  qilolmasdilar ham"1.

O'zbek  xalqining  ibtidosini,  dastlabki  asosini  tariximiz  qa’ridan 

qidiramiz.  700  ming  -   bir  million  yil  muqaddam  Sel-Ungurda 

yashagan ibtidoiy odamlar,  100 ming yillar ilgari Teshiktoshda yashagan 

odamlar bizlarning,  Markaziy Osiyo xalqlarining (o'zbeklar, tojiklar, 

turkmanlar, qozoqlar,  qirg'izlar va qoraqalpoqlaming) ajdodlaridirlar. 

Biz  o'shalardan  tarqalgan  tub joyli  xalqlarmiz.

Aziz  o'quvchim,  muallif  tariximizda  ko'chm anchi  xalqlar  va 

davlatlar  rolini  inkor qilayotir deb,  xulosa  chiqarishga  shoshilmang. 

Ulaming roli bor, albatta.  3000 yil davomida sharqdan ko'chib kelgan 

yoki bosib kelgan ko'chmanchilaming o'zbek xalqining etnik jihatdan 

shakllanishida  "xizmati",  "hissasi"  katta.  Bu  haqiqatga  qarsbi  so‘z 

bo'lishi  mumkin emas.

.  Markaziy  Osiyoda  miloddan  avalgi  III  ming  yillik  o'rtalarida 

Sharqdan  kelib o ‘masha  boshlagan  ko'chmanchi  turklaming  ayrim

Islom   Karimov.  Biz  kelajagim izni  o 'z   q o 'lim iz   b ilan   quram iz.  A sarlar,  7-jild.  -   T.:

O ' zbekision", 

1

999-yil, 143-144-betlar.



45

guruhlari yashar edilar.  Miioddan awalgi  11 asrlarda ulaming ko'chib 

kelishi  kuchaydi,  milodning  V  asridan  boshlab  avj  oldi.  Vll  asrga 

kelib,  hatto,  ular  O'z  Hoqonliklarini  barpo  etdilar  va  Vatanimç 

hududini  bo'ysundirdilar.  Natijada  Markaziy  Osiyodagi  xalqlarning 

turkiylashuvi yuzaga keldi.  Keyin qorluqlar,  o'g'izlar va  boshqalar bu 

jarayonni kuchaytirdilar. X -X l asrlarga kelib turkiyzabon o'zbek xalqj 

etnik jihatdan asosan tarkib topib bo*ldi.  Bu jarayon keyin ham davom 

etdi.  Masalan,  XVI  asrda  Dashti  Qipchoqdagi  "o'zbek"  deb ataluvchi 

ko'chmanchi  qabilalar  keiib  qo'shildilar.  Xalqimiz  "o'zbeldar"  deb 

atala  boshlandi.  Aslida  ular xalq  bo'lib  shakllanishmizda  bir  element 

sifatida  roi  o'ynagan  elatlar  —  XVI  asrda  bizga  nomini  o'tkazgan 

Shayboniy  o'zbeklari  ham,  X—XII  asrda  kelib  qo'shilgan  turli 

ko'chmanchi  turkiy  qabilalar  ham,  qadimdan  ko'chib  kelgan  va 

keyinchalik  o'z  hoqonliklarini  tuzgan  turklar  ham  o'zbek  xalqining, 

mUlatining  ibtidosi  emas,  o'zbek  xalqining  etnik  shakllanishida  asos 

bo'lganlar, bular-xorazmiylar,  baqtriylar, so'g'diylar,  parkan (Davon) 

lilardir, ya’ni dehqonchilik va o'troq chorvachilik bilan shug'ullanuvchi 

tubjoy xalqlardirlar.  Ular Fors tilining shimoliy shahobchasiga mansub 

tilda  so'zlashardilar.  Shuning  uchun  ham  l.A.Karimov  o'zining 

"O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida" degan katobida: ”... madaniy, tarixiy 

va antropologik  ildizlarimiz bizni  tojik xalqi  bilan  ham tutashtiradi"1, 

deganda  to'la  haq  edi.

Hozir turklami "mahalliylashtirish" va  "o*troqlashtirish''ga  intilish 

kuchli.  Jon  kuydirib,  ular miioddan awalgi  11  asrdan boshlab kelgan 

emas,  HI  ming yillikning boshlarida ham bor edi, demoqdalar.  Masala 

ulaming qachon kelganligi ustidan emas,  balki aslida tubjoy bo'lmay 

ko'chib  kelganliklari  ustida  borishi  kerak.  Axir,  Amir  Temuming 

"Temur tuzuklari"da  (Toshkent,  1991  yil,  39-bet)  "Turonzaminning 

o'zbeklar toifasi qoldiqlaridan tozalash” degan sarlavhada o'zbeklarni 

qal’alardan  haydaganligini  yozib,  "Movarounnahr  tuprog'i  meni 

o'ldirishga  qasd  qilgan  o'sha  zolimlardan  tozalandi  va  mamlakat 

tamoman  mening qo'limga  o'tdi"  deb  xursand  bo'ladi.

Demak, hali XIV asming 60 yillarida Movarounnahrda ko'chmanchi 

o'zbek  guruhlari  bor  ekan.  Lekin  biz-ko'chm anchi  o'zbeklai 

Vatanimizga  XVI  asr boshlarida  bosib  keldi,  deb yozamiz.  Shundafl

'Islom   Karimov  Xavfcizlik  va  barqarorlik  y o lid a   Asarlar.  6-jild  -   T  "O  zbckiston",  1998-yi 

1 3 0-bct.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling