I. A. Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli


Download 0.69 Mb.
Pdf просмотр
bet3/10
Sana13.07.2017
Hajmi0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

22

Tayanch  iboralar:

Arxeologiya, 

yozma  yodgorliklar,  etnografik  materiallar,  xalq 

og'zaki ijodi,  formatsiya, antropologiya, tarixni soxtalashtirish, sinfiylik 

qolipi,  mafkuraviylik qolipi,  O'zbekiston tarixi  davrlari,  tendentsiya 

tushunchasi, 

rus  shovinistlari,  mustamlakachilik  siyosati,  Qo'qon 

Muxtoriyati,  kontseptsiya,  "Avesto",  0 ‘zbekistonning  yangi  tarixi, 

milliy  qadriyatlar,  m a’naviyat.

Nazorat savollari:

1. O'zbekiston tarixi fanining predmeti deganda nimani tushunasiz?

2.  O'zbekiston tarixi  fanining manbalari  nimalardan  iborat?

3.  O'zbekiston  tarixini  yoritishning qanday nazariy asoslari  bor?

4.  O'zbekiston tarixini o'rganishda  qanday metodologik asoslarga 

tayanish  kerak?

5.  Tariximizni  yoritishda  sho'ro  davrida  qanday  kamchiliklaiga 

yo'l  qo'yilar edi?  Hozirda-chi?

6.  Prezidentimiz  I .A. Karimov  tarix  fani  oldiga  qanday  vazifalami 

qo'ydi?


7.  Komil  insonni  tarbiyalashda  O'zbekiston  tarixining  roli  va 

ahamiyati  nimadan  iborat?

8.  O'zbekiston  tarixi  qanday  davrlarga  bo'linadi?

Boni  yodda  tnting!

23


— O'zbekiston tarixi dunyoning turii mintaqalarida sodir bo'lgan ijtimoiy- 

tarixiy  voqea-hodisalar  hamda  jahon  taraqqiyoti  jarayonlari  bilan  uzviy 

bog'liq ekanligini va  ulaming bir-biriga  o'zaro  ta’sirini  hisobga olish;

'  —  tadqiqot  yaratishda  eski  kommunistik-bolshevistik  mafkura 

aqidalariga  va  o'tmishni  soxtalashtirishga  yo'l  qo'ymaslik,  tarixiy 

jarayonlami  xolisona  baholash:

—  yo sh larn i  m illiy  istiq lo l  g 'o y a la ri,  v atan p arv arlik   va 

umuminsoniylik  ruhida  tarbiyalashda  tarixiy  voqea-hodisalarning 

ahamiyatini  e’tiborga  olish.

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  "O'zbekiston 

Respublikasi  F anlar  A kadem iyasi  tarix  in stitu ti  faoliyatini 

takomillashtirish to'g'risida"gi  1998-yil 27-iyulda e’lon qilingan qarori 

Respublikamizda  tarix  fanining qaytadan  tiklanishi  va  rivojlanishida 

tarixiy  voqea  bo'ldi.

Qarorda  Vatanimizda  tarix  fanining  rivojlanishini  ta’minlaydigan 

ishlami tashkiliy jihatdan  qayta  qurish,  texnikaviy jihozlash,  kadrlar 

tayyorlash;  bu  ishlami  mablag'  bilan  ta ’minlash  chora-tadbirlari 

belgilangan.  Bu  chora-tadbirlar,  asosan,  bir  narsaga  -   "O'zbek  xalqi 

va  uning  davlatchiligi  haqqoniy  tarixini  o'rganish,  mamlakatimiz  va 

chet  ellarda  mavjud  tarixiy  manbalar  tahlili  asosida  olingan  ilmiy 

natijalaming  jahon  miqyosidagi  e’tirofiga  erishish,  ularga  tayangan 

holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turii adabiyotlar yaratish 

va mazkur bilimlami keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali 

kadrlar tayyorlash"ni ta’minlash va bu ishda  Fanlar Akademiyasi Tarix 

instituti  faoliyatining  bosh  maqsadi  bo'lishi  kerak,  deb  ko'rsatilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki,  Prezident  I.  Karimovning bir qator 

kitoblarida  va  nutqlarida  iqtisod  va  siyosatda,  ma'naviyatning  turii 

sohalarida  bo'lgani  kabi  Vatan  tarixiga  ham,  o'tmishimizga  to'g'ri 

munosabatda  bo'lish  zarurligi  haqida  ham  qimmatli  fikrlar  bor. 

Masalan,  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  u  o'zining  "O'zbekistonning 

o'z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" kitobida shunday deb yozadi: "Tarixga 

murojaat qilar ekanmiz.  bu xalq xotirasi ekanligini  nazarda tutishimiz 

kerak. Xotirasiz barkamol  kishi bo'lmaganidek,  o'z tarixini  bilmagan 

xalqning  kelajagi  ham  bo'lmaydi".

I.Karimovning  "O'zbekiston  —  kelajagi  buyuk  davlat"  kitobidagi 

bir fikrga  diqqat  qilish joizdir.  Hech  mubolag'asiz  aytish  mumkinki, 

quyidagi  so'zlar  tarixchi  —  tadqiqotchilarimiz  izlanishlari  uchun

20


metodologik asos  bo'la  oladi:  "Biz yangi  hayot  uchun bel  bog'ladik, 

biroq o'tmishga malomat toshlarini otmadik. Xalqimizning o'tmishga 

tosh otish — gunohi azim, degan asl aqidasini yodda tutdik... o'tmishni 

taftish qilish yoki uni  inkor etish  — o'z ildizimizni o'zimiz kesishimiz 

bilan  barobar ekanligini  yaxshi  angladik..."1  .

Bu  gaplami  tarixchilarimiz,  ba’zi  ijodiy  ziyolilarimiz  ham  o‘qib, 

ham  uqib  olishlari  kerak,  chunki  ilgari  ular  bunga  amal  qilmadilar 

va  hozir  ham  to'la  amal  qilayotirlar,  deb  bo'lmaydi.

Shuning uchun ham Prezidentimiz  1998-yilning iyun oyi oxirlarida 

bir  guruh  yetakchi  tarixchilar  hamda,  ziyolilaming  ayrim  vakillari 

bilan  suhbat  o'tkazdilar.  Bu  suhbat  ’Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo‘q" 

degan sarlavha bilan "Muloqot" jumalining 5-sonida va alohida risola 

sifatida  nashr qilindi.

Prezidentim iz  suhbatda  Vatan  tarixining  bir  qator  dolzarb 

muammolari  haqida  se‘z  yuritdilar.  Bular asosan  quyidagicha:

•   Vatan tarixini yaratishning yagona kontseptsiyasi yo'q. Obro'Ii tarixchi 

olim  fikri  ilmiy hukm bo'lib qolmoqda.  Munozara,  turli  fikrlilik yo‘q.

•   Bugun  xalqning  xolis  tarixi  yaratilmagan,  bor  qoMlanmalar 

talabga  javob  bermaydi.

•   O 'zbek  davlatchiligining  rivojlanish  bosqichlari  konkret 

k o 'rsa tilm a g a n .  O 'z b e k   m illa tin in g   s h a k lla n ish   ta rix in i, 

davlatchiligimizning paydo bo'lishi asoslarini ko'chmanchi xalqlarga 

bog'lashga  intilish  kuchli.

•   O'zbek davlatchiligi asosi tubjoy xalqlardan, masalan, Xorazmdan 

boshlanganligi,  bunga  "Avesto"  guvoh  ekanligi  baralla  aytilmadi.

•   Tezda  jiddiy  tadqiqotlami  tuzish  kerak,  bu  ma’naviyatimiz 

uchun  ham,  siyosat  uchun  ham  kerak,  chunki  u  tarix  ma’naviyatni 

shakllantirishga,  siyosatga  xizmat  qiladi,  yangi,  xolisona  yozilgan 

tarixsiz  siyosatda  xatolarga  yo'l  qo'yish  mumkin.

Prezidentimiz,  awalo,  yangi  Vatan  tarixini  yaratish  ishi  orqaga 

suriiib  kelinayotganligidan  qoniqmaganliklarini  bildirdilar,  olib 

borilayotgan  tadqiqot  ishlari  talabga  javob  bermasligini  aytdilar. 

Bunga asosiy sabab Vatan  tarixini yoritishning yagona  kontseptsiyasi 

yo'qligi,  dedilar.

Islom  Karimov.  O 'zb e k isto n :  m illiy  istiqlol.  iqtisod.  siyosat.  m afk u ra.A saiiar.  l-jild.  -   T : 

'O 'z b e k isto n " ,  1 9 9 6 -y il.  107-bct



21

Komil  insonni  tarbiyalashda  Vatan  tarixining  roliga  Prezidentimiz 

alohida  urg‘u  beradilar.  "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi"1,

— deb yozadi  Prezidentimiz Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" risolasida.

"Ma’naviyatni  tiklash,  tug'ilib o'sgan yurtida  o'zini  boshqalardan

kam sezmay,  boshini baland ko'tarib yurishi  uchun insonga, albatta, 

tarixiy xotira  kerak.  Tarixiy xotirasi  bor  inson-irodali  inson.  Takror 

aytaman, irodali insondir"2. Yana "Inson uchun tarixdan judo bo'lish

— hayotdan judo  boMish  demakdir"3.

Xulosa  qilib  shunday  deydilar:  "Modomiki,  o'z  tarixini  bilgan, 

undan  ruhiy  quvvat  oladigan  xalqni  yengib  bo’lmas  ekan,  biz 

haqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni,  millatimizni  ana  shu 

tarix  bilan  qurollantirishimiz  zarur.  Tarix  bilan  qurollantirish,  yana 

bir  bor  qurollantirish  zarur"4.  Bu  vazifalami  bajarish  uchun  nima 

qilish  kerak.  Vatan  tarixi  fanining  vazifalarini  Prezidentimiz  lo‘nda 

qilib ko'isatdilar "Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini 

yaratib  berish,  ertangi  kunim izning  y o 'n a lish la rin i,  tabiiy 

qonuniyatlarini,  uning  qanday  bo‘lishini  ko'rsatib  berishdan  iborat 

deb,  tushunaman.  Odamlarga  mustaqillikning  afzalligini,  mustaqil 

bo  lmagan millatning kelajagi yo'qligini,  bu tabiiy qonuniyat ekanini 

isbotlab, tushuntirish berish kerak.  Fan jamiyat va taraqqiyotni olg'a 

siljituvchi kuch, vosita boim og'i lozim"\ Tarixni bilish davlat siyosati 

darajasiga  ko'tarilishi  zarur6,  -   deb  ko'rsatadi  I.Karimov.

Xullas, biz 0 ‘zbekiston tarixi fanining Prezidentimiz aytganlaridek 

"...  davlatga,  xalqqa, jamiyat  taraqqiyotiga xizmat  qilishi  lozimligini 

unutishga  aslo  haqqimiz yo'q"7.

‘Islo m   K a rim o v   B iz   k e la ja g im iz n i  o 'z   q o   lim iz   b ila n   q u ra m iz .  A s a rla r,  7 -jild   -   T 

" O z b c k is to n " ,  1 999-yil,  134-bct.

20 ‘sha  m anba,  137-bci

' O 's h a  jo y d a

4 O lsha  m anba,  149-bet.

3 0 ‘sha  m anba.  1 4 9 -1 5 0 -b c tla r

6 0 4sha  m anba.  134-bet.

7Q ‘sha  m anba.  150-bet

22


Tayanch  iboralar:

Arxeologiya,  yozma  yodgorliklar,  etnografik  materiallar,  xalq 

og'zaki ijodi, formatsiya, antropologiya, tarixni soxtalashtirish, sinfiylik 

qolipi,  mafkuraviylik qolipi,  0 ‘zbekiston tarixi  davrlari,  tendentsiya 

tushunchasi, 

rus  shovinistlari,  mustamlakachilik  siyosati,  Qo'qon 

M uxtoriyati, 

kontseptsiya,  "Avesto",  0 ‘zbekistonning  yangi  tarixi, 

milliy  qadriyatlar,  m a’naviyat.

Nazorat savollari:

1.0 ‘zbekiston tarixi fanining predmeti deganda nimani tushunasiz?

2.  O'zbekiston  tarixi  fanining manbalari  nimalardan  iborat?

3.  O'zbekiston  tarixini  yoritishning qanday nazariy asoslari  bor?

4.  O'zbekiston tarixini  o'rganishda qanday metodologik asoslarga 

tayanish  kerak?

5.  Tariximizni  yoritishda  sho'ro  davrida  qanday  kamchiliklarga 

yo‘l  qo'yilar edi?  Hozirda-chi?

6.  Prezidentimiz  .A. Karimov  tarix  fani  oldiga  qanday  vazifalami 

qo'ydi?


7.  Komil  insonni  tarbiyalashda  O'zbekiston  tarixining  roli  va 

ahamiyati  nimadan  iborat?

8.  O  zbekiston  tarixi  qanday  davrlarga  bo'linadi?

Buni  yodda  taring!

23


24

"O'zbekiston jug'rofiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham 

Markaziy  Osiyoning o'zagini tashkil qiladi.

Dunyodagi eng qadimiy sivilizatsiyalardan  biri 

mana shu mintaqada paydo bo'lgan 

I.  A.  Karimov

MARKAZIY  OSIYO  -   ODAMZOD YASHAB  KELAYOTGAN

ENG  QADIMIY 0 ‘LKA,  JAHON  SIVIUZATSIYASINING 

0 ‘CH0QLARIDAN BIRI

Reja:


1.  "Sivilizatsiya” tushunchasi, qadimgi sivilizatsiyaning uzoq asrlar 

davomida  shakllanishi  va  uning tarixiy davrlari;

2.  Vatanimiz  qadimgi  sivilizatsiya  beshiklaridan  biri;

3.  Dastlabki  sivilizatsiyaning ma’naviy asoslari va  uning  Markaziy 

Osiyo  xalqlari  tarixidagi  o'm i.

Ushbu mavzuni o*rgaiiisbda quyidagi texnologiyani tavsiya etamiz:

"Zinama-zina"  texnologiyasi

Mashg'uloini  o'tkazish  iartibi:

•   o ‘qiiuvchi  ialabalami  mavzular soniga  qarab  3—5 kishidan  iborat 



kichik  guruhlarga ajraiadi  (guruhlar  sorti  4  yoki  5  ga bo ‘feani ma ’qui);

•   ta ¡abalar  mashg‘uloining  maqsadi  va  uning  o ‘tkazUishi  iartibi 



bilan ianishiiriladi.  Har bir  guruhga qog'ozning chap  qismida  kichik 

mavzu  vozuvi  bo'lgan  varaqlar  iarqatiladi;

•   o'qiiuvchi  guruh  a ’zolarini  iarqaima  maierialda  yozilgan  kichik 



mavzular  bilan  ianishishfarini  va shu mavzu asosida bilganlariniflomaster 

yordamida  qog‘ozdagi bo'sh joyga  jamoa bilan  birgalikda fikrlashib yoÿb 

chiqish  vazjfasini  beradi  va  vaqi belgüaydi;

•   guruh  a ’zolari birgalikda iarqaima  maierialda  berilgan  kichik 



mavzuni yozma  (yoki  rasm,  yoki  chiz/na)  k o ‘rinishida  ifoda  eiadilar. 

Bunda  guruh  a ’zolari  kichik  mavzu  boÿicha  imkon  boricha  io ‘laroq 

m a’lumoi  berishlari  kerak  bo'tadi.

•   iarqaima  maieriallar  io ‘Idirilgach, guruh a ’zolaridan bir  kishi 

iaqdimoi qiladi.  Taqdimoi  vaqiida guruhlar iomonidan  iayyorlangan 

material,  albaiia,  audiioriya  doskasiga  maniiqan  iagma-iag  (zina 

shaklida)  ilinadi;

1  Islom  Karimov.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  Asarlar,  2-jiId.  -  T.:  "CTzbekistoiT,  1996 

vil,  48-bet.

25


qadimgi  tosh  davri.  Eng  qadimgi  odamlar  yasagan  qurollar asosan, 

toshdan  bo'lganligi  uchun  insoniyat  tarixining  ilk  davri  shu  nom 

bilan  ataldi.  Paleolit  —  qadimgi  va  neolit  —  yangi  tosh  asrlariga 

bo'lib  o'rganish  dastlab  1865-yilda  ingliz  arxeologi  J.  Lebbok 

tomonidan fanga kiritilgan.  Paleolit uch davrga:  ilk raleolit (Olduvoy

— mil.aw. 3—2 mln.yillar, Ashel — mil.aw.  1  mln. — 100-mingyilliklar), 

o'rta raleolit (Muste — mil.aw.  100— 40-mingyilliklar), so'nggi raleolit 

(Orinyak;  Solyutre;  Madlen  —  m il.aw .  40  -   12-mingyilliklar) 

bo'linadi.

2)  Mezoiit  (o‘ita  tosh  davri,  yunoncha  "mezos"  — "o‘rta",  "litos"- 

"tosh”)  — miloddan awalgi  12—7  ming yilliklar.

3)  Neolit  (yangi  tosh  davri,  yunoncha  "neos"—"yangi",  "litos"— 

"tosh")—miloddan  awalgi  6—4  ming yilliklar.

4)  Eneolit  (mis-tosh  davri,  lotincha  "eneo"  -   "mis",  yunoncha 

"litos"—"tosh"  davri)  — miloddan  awalgi  4—3  ming yilliklar.

5)  Bronza davri  -   miloddan  awalgi  3—2  ming yilliklar.

6)  Temir  davri  — miloddan  awalgi  1  ming yillikning boshlari.

Har bir yangi davr yangi tartibdagi  madaniyatning rivoji  Markaziy

Osiyo  hududida  bir  vaqtda  ro'y  bermagan  yoki  bir  xil  bo'lmagan. 

Masalan, neolit davri — dehqonchilikning paydo bolishi va rivojlanishi 

janubiy Turkmanistonda miloddan awalgi 6 ming yillikda boshlangan 

bo'lsa,  Markaziy  Osiyoning  qolgan  hududlarida  dehqonchilik  hali 

noma’lum  edi.

Ib tid o iy   jam o a  tu zu m i  ta rix in i  o 'rg a n is h n in g   m uhim  

muammolaridan  bin  -   antropogenoz  —  ya’ni  odamning  paydo 

boiishi  va  rivojlanishi  muammosidir.



Izph:  MuammoH  savolga  talabalaming  qisqa javoblari  eshitiladi  va 

reyting asosda baholanadi.

Odamning  paydo  bo'lishi  qachondan  boshlangan  va  u  kim 

tomonidan yaratilgan degan masalada diniy va dunyoviy tadqiqotlarda 

bir-birini  inkor etuvchi  xulosalar  mavjud.  Islom  dinida  aytilishicha,



28

"Xudoyi  taolo  qudrat  qo'li  bilan  tuproqni  xamir  qilib  Odamning 

shakJini 

yasab", unga "qirq kun boiganda... jon berdi".  Momo Havoni 

esa Odam Atoning "chap biqinidan” yaratdi. "Bibliya"da ham shunga 

o'xshash  g'oya  beriladi.  Unga  ko'ra  xudo  bundan  yetti  ming  yil 

avval 

"qizil  loydan"  odam ni  yaratganligi  ta ’kidlanadi.  D iniy 

rivoyatlarga  ko'ra  odamning  ilk  ajdodlari  Qur’oni  Karimda  Odam 

Ato va  Momo  Havo,  "Bibliya"da Adam va Yeva, zardushtiylik dinida 

esa  Iyim  hisoblanadilar.

Dunyoviy  fan  vakillarí  esa  o‘z  ilmiy-nazariy  qarashlarida,  butun 

borliq va tirik mavjudot hech kim tomonidan yaratilmagan,  u azaldan 

bor boigan moddiy narsadir, deb hisoblaydilar.  Turli  mamlakatlarda 

qadim  zamonlarda  yashagan mutafakkirlar odamning  paydo  boiishi 

haqida  ilmiy  fikrlami  bayon  qilganlar.  Yunon  faylasufi  Arastu  (mil. 

av.  384—322 yy.)  ”odam-hayvonot  dunyosida  tabiat erishgan  barcha 

narsalaming cho'qqisidir", deb yozgan edi. Qadimgi  Rimda yashagan 



mashhur 

vrach  va  anatom  Klavdiy  Galen  odamning  badan  tuzilishi 

maymunnikiga juda o'xshash ekanligini ko'rib maymun anatomiyasini 

o'rgandi. "Odam" degan tushunchaning keng ma’nosini dastlab ochib 

b e rg an lard an   biri  X V III  asrda  yashagan  m ash h u r  fransuz 

ma’rifatparvari  Jan  Jak  Russo  bo‘ldi.  Mashhur  shved  tabiatshunosi 

Karl  Linney  (1707—1779 yy.)  hayvonot odamning tabiatdagi  o'm ini 

topishga harakat qildi va odamni hayvonot dunyosidagi olti guruhdan 

biri sut emizuvchilar guruhiga kiritdi.  Uning dunyoni bilish sohasidagi 

asarlarida ko'pgina kamchiliklar bo'lishiga qaramay, odamning paydo 

bo'lishi  haqidagi  bilimlaming  rivojlanishida  katta  ahamiyaiga  ega 

bo'ldi. Jeyms  Manbodo "odam oliy turdagi  maymunsimon  odamdan 

vujudga  kelgan"  degan  g‘oyani  ilgari  suradi.

Ingiliz  olimi  Ch.  Darvin  odamlaming  ajdodlari  daraxtda  yuruvchi 

eng  oliy  turdagi  maymunsimon  odamlar  bo'lganligi  haqida  g'oyani 

ilgari  suradi.  U  har  qanday  maymundan  odam  paydo  bo'lmasligini, 

odamlaming  ajdodlari  bo‘lmish  daiaxtda  yuruvchi  eng  oliy  turdagi 

maymunlar allaqachon  qirilib ketgan  deb ta’kidlaydi.  Shuningdek.  har 

doim,  odam  hamma  vaqt  ongli  boMganv  odam  Olloh  tomonidan 

yaratilmagan,  maymundan odam  paydo  bo'lishi  mumkin  emas,  odam 

boshqa sayyoradan kelgan degan nazariyalar ham mayjud.  Demak,  yer 

yuzida  odamning  qachon  va  qanday  paydo  boiganligini  haqida  aniq, 

uzil-kesil fikr yo‘q. Odamning paydo bo‘lishi muammoligicha qolmoqda.

29


1959-yilda ingliz olimi  Luiz Liki Tanzaniyadagi Olduvay darasidan 

odamsimon  maymunning  bosh  suyagi  qoldiqlarini  topdi.  Olim  bu 

topilmalaiga  asoslanib  u  bundan  1,5—2  mln.  yil  ilgari  shakllangan 

deb  ta ’kidlaydi.  Likining  o 'g 'li  Richard  Keniya  va  Efiopiyada 

qazishma  ishlarini  olib  borib  ko'plab  odamsimon  maymunlaraing 

qoldiqlarini  topdi.  Ulami  bundan  2,5—3  million  yil  ilgari  yashagan 

degan  xulosaga  keldi.  Afrikadagi  bu  topilmalar  yer  yuzasidagi  eng 

qadimgi  odamlaming  dastlabki  vakillari  hisoblanib,  olimlar  bu 

topilmalaiga  shartli  ravishda  zijantrop  deb  nom  berdilar.

1891 — 18 9 2 -y illard a   g o lla n d iy a lik   v rach   Egen  D yubua 

Indoneziyaning Yava  orolidan  pitekantrop  (pithekos  -   maymun va 

anthropos  —  odam)ning  bosh  miya  qopqog'i,  son  suyagi  va  uchta 

tishini  topishga  muvaflaq bo'ldi.  Bu topilmalaming yoshi  1  mln.  — 

800  000 yil deb taxmin  qilindi.

Eng  qadimgi  odam   qoldiqlari 

X itoydan,  G erm aniyaning 

Geydelpberg,  Vengriyaning  Budapesht  shaharlari  yaqinidan  ham 

topilgan.  Uzluksiz  mehnat  jarayonida  sinantrop  (lotincha  Sina  — 

Xitoy  va  yunoncha  anthropos  —  odam )lar  jismoniy  jihatdan 

rivojlanib,  qadimgi  odam lam ing  paydo  bo'lishi  uchun  zamin 

hoziriadilar degan  fikr ham bor.

Markaziy  Osiyoning  tog‘  oldi  va  togiik  hududlarida  (Qizilqum, 

Qoraqum,  Ohangaron,  Chirchiq  daryolari  vodiylari,  Zarafshon, 

Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Farg'ona  vodiysi  va  uning  tog'lik 

hududlari)  ibtidoiy jamoa  tuzumining yodgorliklari topilgan.

Vatanimiz hududida yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari: 

Farg’ona  viloyatining  So'x  tumanidagi  Selung'ur  g'ori,  Toshkent 

'viloyatidagi  Ko'lbuloq kabi  makonlar ilk  paleolit  davriga oiddir.  Bu 

borada arxeolog olimlar A. Okladnikov, O'.  Islomovlaming xizmatlari 

kattadir.  O'.  Islomov  1980-yildan  boshlab  yangi  kashfiyotlar  qildi. 

Selung'ur  g'orida  yashagan  ajdodlarimiz  ashel  davrining  birinchi 

bosqichida  yashaganliklarini  isbotladi.  O '.  Islomov  o ‘zi  ochgan 

kashfiyotiga  suyanib,  Selung'ur  g'orida  yashagan  ajdodlarimizning 

yoshi  1,5  million  yil  atrofida  degan  xulosaga  keladi.  Bu  g'ordan 

topilgan odamning qoldiqlari  Faig'ona vodiysi hududidan topilganligj 

sababli  shartli  ravishda  "Farg'ona odami" nomi bilan fanga  kiritildi. 

Bunga qadar O 'it a Osiyo, jumladan O'zbekiston tarixi o'rta paleolit 

davridan  (  mil.aw.  100 ming yildan) boshlanardi.



O 'rta 

tosh  davriga  kelib  ibtidoiy  odamlar  butun  Markaziy  Osiyoga 

kengtarqaldi. Ibtidoiy 

to‘dadan urug'chilik (matriarxat) jamoasiga o'tildi. 

Bu davr ishlab chiqarish qurollari takomillashayotgan,  nutq madaniyati 

o sib borib, fikrlash ancha oshgan, olov sun'iy tarzda yaratila boshlangan, 

ovchilik  ancha  rivojlanib,  keng  hududlaiga  tarqalgan  davr  edi.  Sovuq 

iqlim tufayli paleolit odamlari olovni kashf etdilar. Sun’iy olov chiqarish 

va 

uni  saqlashni  o'zlashtirdiJar.  0 ‘choq  -   ibtidoiy  odamlaming  bir 



yeiga to’planishlarida katta ahamiyatga ega bo lib,  bu davming ibtidoiy 

kishilari  g'orlar  va  unguiiarda  o'zlariga  makonlar  tanlay  boshladilar. 

So  nggi  paleolitdan  boshlab  ibtidoiy odamlar g'orlardan  chiqib,  yengjl 

turar joylar  qura  boshlaganlar.  Natijada  ular  faqat  togii  hududlarda 

yashab qolmay,  vohalar bo'ylab tarqalib,  tekisliklardan daryo va ko‘llar 

sohillariga  kelib  joylasha  boshladilar.  So'nggi  paleolitning  eng  katta 

yutug'i  antropogonez  jarayonining  tugallanishi  va  hoziigi  zamon 

odamlaming paydo  bo'lishidir.

Shunday  qilib,  paleolit  davrida  odamning  paydo  boMishi jarayoni 

asosan  tugadi.  Ibtidoiy  odamlar  xo‘jalik  yuritishning  eng  oddiy 

shakllaridan,  murakkabroq  (termachilikdan,  ovchilik,  baliqchilikka) 

o'tdilar.

Ibtidoiy  odamlar  orasida  dastlabki  diniy  qarashlar  paydo  boidi.

Markaziy Osiyoda 0 ‘rta tosh — mezolit davri nisbiy tarzda mil.aw; 

12-7  ming  yilliklami  o ‘z  ichiga  oladi.  Bu  davrga  kelib,  iqlim 

barqarorlashadi,  hayvonot  va  o'simlik  dunyosi  o'zgaradi,  o‘q-yoy 

kashf  qilinib  ov  hayot  manbaiga  aylandi.  Hayvoniardan  dastlab  it 

qo  lga o'rgatildi. Mikrolit (mayda tosh qurol)lar paydo boidi. Odamlar 

savat  to'qishni  o'rgandi.

Neolit  uzoq  davom  etgan  tosh  asming  so4nggi  va  yakunlovchi 

bosqichi  b o iib ,  bu  davr  qabilalari  Markaziy  Osiyo  hududida 

xo'jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini 

rivojlantirib  yubordi.

Neolit davri kishilarining eng katta yutuqlaridan yana biri kulolchilik 

bo'lib,  bu o*sha davr uchun nihoyat  katta  kashfiyot  edi.  Shuningdek, 

to'qimachilik, tikuvchilik, qayiqsozlikka asos solindi. Bu davr odamlari 

o  zlashtiruvchi  xo'jalik  (termachilik,  ovchilik)  shaklidan  ishlab 

chiqaruvchi  xo'jalik  (dehqonchilik,  hunarmandchilik,  chorvachilik) 

shakllariga o'tishdi. O'troq hayot kechirish kuzatilib jamiyatda kichik 

oilalar  yuzaga  keldi.





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling