Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Bolalar televizorni qancha
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 528
- Yomon sifatlarni bilib oling!
527
Bolalar televizorni qancha vaqt ko‘rishlari mumkin? elevizorda namoyish etiladigan ko‘rsa- tuv larni tomosha qilishdan oldin va un- dan keyin ko‘rish a’zolari tekshirib ko‘rilganda, ko‘zning tez charchab-toliqib qolgani aniqlan- gan. Bunda birinchi navbatda ko‘zning ak- komodatsion apparati charchaydi. Bu appa- rat idrok qilinayotgan tasvirning aniqligini ta’minlaydi. Ko‘z tez toliqib qolmasligi uchun televizor ekranidan kamida uch metr uzoqlik- da o‘tirish kerak. Bola qancha yosh bo‘lsa, televizor qarshi- sida shuncha kam o‘tirishi kerak. Jumladan, 4 yoshli bolalar 15 daqiqa, maktab-gacha yo- shdagi bolalar kuni bilan yarim soat, 14 yosh- gacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ko‘pi bilan bir soat, yuqori sinf o‘quvchilari esa ikki soat teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishlari ma’qul deb topilgan. Ayniqsa, teleko‘rsatuvlarni rangli televizorda tomosha qilganda oq-qora rangda ko‘rsatadigan televizorga nisbatan ko‘zni unchalik zo‘riqtirmaydi. Rangli tasvir akkomodatsion apparatdan zo‘riqishning bir www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 528 qismini olib, ko‘zning rangli idrok etish ap- paratini stimullaydi. Shunday bo‘lsa-da, xoh rangli, xoh oq-qora televizor bo‘lishidan qat’iy nazar, mutaxassislar imkon qadar kamroq televizor ko‘rishni tavsiya etadilar. Demak, hurmatli bolalar, imkon qadar kamroq tele- vizor ko‘rish, buning o‘rniga ustoz topshirgan uy vazifalarini tayyorlash, badiiy kitoblar o‘qish, ota-onamizga ko‘maklashish va bo‘sh vaqtimizda tengqur bolalar bilan o‘ynash juda foydali deb aytilgan. Yomon sifatlarni bilib oling! ziz bolajonlar, quyida sanab o‘tiladigan sifatlar yomonlikka sabab bo‘ladi. Ular- dan uzoq yurish kerak: 1. Dinni, muqaddas narsalar va joylarni oyoq osti qilish. 2. Nodonlik, bilimsizlik, beodoblik, jaholat va zulmat. 3. O‘z nomini bulg‘ash, isnodga qolish, bad- nom bo‘lishdan qo‘rqib haqiqatni bekitish, yolg‘on gapirish. 4. O‘ziga bino qo‘yish va o‘zini hammadan yuqori deb o‘ylash. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 529 5. Dinga, sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni, gunoh amallarni qilish. 6. Xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, biron ish- ga mukkadan ketib, boshqa narsalarni unutib qo‘yish, haddidan oshish. 7. E’tiqodi yo‘q kishilarga taqlid qilish, ular- ga o‘xshashni orzu qilish. 8. Ikkiyuzlamachilik, riyokorlik, odamlar- ga faqat moddiy imkoniga qarab muomalada bo‘lish, boyga mulozamat qilib, kambag‘alni kamsitish. 9. Hayotda ayshu ishratga o‘chlik, lazzat va rohatni o‘ylab yashashni orzu qilish (Zero, hayot faqat mazza qilib yashashdangina iborat emas). 10. Ochko‘z va baxil bo‘lish. 11. Kibr-havo, g‘urur, dimog‘dorlik, o‘zini katta tutish. 12. Mag‘rurlanib ketish, hatto yaxshi ishlari bilan ham maqtanish. 13. Hasad, birovlarning yutug‘ini ko‘ra ol- maslik, qizg‘an chiqlik. 14. O‘zgalarning baxtsizligi va kulfatidan xursand bo‘lish. 15. Laganbardorlik, tilyog‘lamalik qilish, xushomad. 16. Qarindosh va yaqinlaridan uzoqlashib, ularga mehrsiz bo‘lish. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling