Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 522
Baxillik oqibati
(Ibratli qissa) B ir solih kishining mevazor bog‘i bor edi. U bog‘ning hosilga kirib, meva berishini kutar, mevalar pishganidan keyin, kambag‘allarni chaqirib, mevalardan uzib, ularga ulashar edi. Shu tariqa uning bog‘iga baraka kirdi. Bog‘ mo‘l- ko‘l hosil berar edi. Har gal bog‘dagi mevalardan kambag‘allarga ko‘proq bergani sayin hosil ham yildan yilga ko‘payib boraverardi. Solih kishi qilayotgan ishidan mamnun bo‘lib, vaqti-soati kelib vafot etdi. Bog‘ uning o‘g‘illariga meros bo‘lib qoldi. Ammo ular: www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 522 – Bog‘imiz mevalarini kambag‘allarga nima uchun berar ekanmiz? Bu yildan boshlab, un- ing mevalarini hech kimga bermaymiz, – de- dilar. Ularning ichida aqlli va solih farzand bor edi. U akalariga: – Allohdan qo‘rqinglar! Otamizning yaxshi odatini to‘xtatib qo‘ymanglar, – dedi. Qolgan- lari esa: – Yo‘q, bular bizning haqqimiz, anavi tekinxo‘rlar haqqi emas. Agar ular ozgina ol- ishsa ham, nasibamiz kamayib qoladi. Xudo haqqi, bu yil hech kimga hech narsa bermay- miz! – deyishdi. Shu kechasi boqqa yondiruvchi bo‘ron yog‘ildi. Hammayoq kuyib, kulga aylandi. Bog‘ egalari bundan bexabar uxlab yoti-shardi. Ular tong otishi bilan boqqa borib, mevalarni uzib olishmoqchi va kambag‘al-miskinlardan buni sir tutmoqchi bo‘lishdi. Tong arafasida bir-bir- larini imo-ishora bilan bildirmay chaqirdilar. Hech kim sezmasligi uchun oyoq uchida yurib ketishdi. Bir-birlari ortidan asta-sekin oyoq uchida yurib boqqa qarab borishdi. Boqqa ki- rayotib birlari: – Xudoga shukr, miskinlardan birontasi ham bizni payqab qolmadi, – dedi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 523 Lekin qaysi ko‘z bilan ko‘rsinlarki, daraxt- lar yashin urgandek kuyib, qorayib ketgan va mevasidan asar ham qolmagan edi. – E voh! – deb yuborishdi. – Yanglishdik, qorong‘ida adashib boshqa boqqa kirib qoldik. Bu bizning bog‘ emas-ku?! Endi nima qilamiz!? Shunda oqil farzand dedi: – Yo‘q! Bu bog‘imizning xuddi o‘zginasi. Si- zlar kambag‘allarni uning hosilidan mahrum qilmoqchi bo‘lganlaringiz uchun ham bu bog‘ kuydirib yuborildi! Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling