Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
516
Endi yana bir narsaga e’tibor qarataylik, puli 
bo‘la turib uni kerakli narsalarga sarflamaslik 
baxillikdir. Zero, qo‘lidagi pulni oila a’zolariga, 
kambag‘al va muhtoj kishilarga, xayriya ish-
lariga sarflamayotgan kishi ayni baxildir. Bun-
day kishining puli borligidan nima foyda bor? 
Zarur bo‘lganida ham pulini sarflamay, faqat 
ko‘paytirish payida bo‘lishdan foyda yo‘q. 
Buning aksi-chi, pul topib, uni keraksiz nar-
salarga sarflab yuborish ham aslo to‘g‘ri emas. 
Ushbu holatlarning har ikkisi ham xatodir. 
Eng to‘g‘risi o‘rtacha yo‘l tutishdir. Ya’ni, oila 
a’zolari va kambag‘allarga kerakli darajada 
sarf qilish va ortiqcha sarf-xarajatdan tiyilish 
insonni komillik darajasiga olib chiqadi. Kim 
o‘rtacha yo‘lni tutsa, kambag‘allikdan ham, is-
rofgarchilikdan ham saqlanadi.
Juda ko‘p kishilar isrof aslida nima ekanini 
bilmaganlari uchun ne’matlarni isrof qiladilar. 
Ba’zilar faqat pul to‘lanadigan narsalarni tejash 
kerak, deb tushunadigan va tekin yoki arzon 
ne’matlarni xohlagancha ishlataveradilar. Bu 
noto‘g‘ri. Chunki ne’matlarning qadri insonlar 
nazdidagi qadri bilan emas, balki Yaratgan Al-
loh dargohidagi qadri bilan o‘lchanadi. Mana 
bir misol, suvni olaylik. Ko‘pchilik odamlar 
anhor to‘la suv, uni xohlaganingcha ishlatav-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
517
erasan, deb tushunadilar. Aslida ichimlik suvi 
eng qadrli va bebaho ne’matdir. Dunyodagi 
aksar odamlar bunga amal qilmayotganlari 
bois hozirda ichimlik suvi muammo darajasiga 
chiqib bormoqda. Ba’zi mamlakatlarda ichim-
lik suvi juda qimmatbaho narsaga aylanib ul-
gurdi. Shunday ekan, biz har bir ne’mat qad-
riga yetishimiz kerak.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling