Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
518
3. Muhtoj bo‘lmaganga sadaqa berish isrof
hisoblanadi.
4. Vakillari isrof kasalligiga yo‘liqqan mil-
lat shubha yo‘qki, balo va halokatga uchraydi.
Agar dunyo tarixiga nazar solsangiz, dunyoda-
gi qavmlarning nobud bo‘lish sabablaridan biri
shu isrofgarlikdir.
Baxillikdan uzoq bo‘ling!
urmatli bolajonlar, yuqorida ne’matlardan
tejamkorlik bilan foydalanish lozimligi
va isrofdan saqlanish kerakligi aytildi. Ba’zi
insonlar tejamkorlikni baxillik va isrofni saxiy-
lik, deb tushunadilar. Bu noto‘g‘ri tushuncha-
dir. Chunki tejamkorlik
hech qachon baxillik
sanalmaydi. Tejamkor behuda sarf-xarajatdan
saqlanuvchi, faqat eng kerakli narsalar uchun
pul va boshqa narsalarni ishlatuvchi kishidir.
Baxil esa eng kerakli joylarga ham pul ish-
latishni xohlamaydi.
Tejamkorlik maqtalgan
xislatdir. Baxillik esa qoralanadi. Bolalar, mana
shu farqni yaxshi ajratib olinglar.
Yana boshqa odamlar isrofni saxiylik bilan
chalkashtirib yuboradilar. Isrof ne’matlarni
behuda sarflashdan iborat bo‘lib, albatta bu
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
519
qoralangan xislatdir. Saxiylik esa bag‘rikenglik
bo‘lib, pulni lozim bo‘lgan miqdordan biroz
ko‘proq sarflashni bildiradi. Shuningdek, qarz
olgan odam qarzini to‘lashga qiynalib qolganda
ham uning muddatini uzaytirish yo bo‘lmasa,
qarzidan kechib
yuborish ham saxiylikka ki-
radi. Saxiylik zinhor isrof emas.
Do'stlaringiz bilan baham: