Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
515
isrofdan saqlaning!
Aziz bolalar, isrof tejamkorlikning ziddidir.
Isrofgarlik aqlga zid ishdir. Isrof deganda ker-
aksiz narsalarga behuda pul sarflash tushuni-
ladi. Isrofgarlikning oxiri halokat va ziyon. Is-
rofchi odam qanchalik boy bo‘lmasin, baribir
oqibatda kambag‘alga aylanadi. Chunki isrof-
chi uchun har narsaning eshigi ochiq bo‘ladi.
Bu eshikdan kambag‘allik
va muhtojlik ham
kirib keladi.
Bolajonlar, ota-onalarimizning ertadan ke-
chgacha ishlab pul topishlariga e’tibor qara-
taylik. Ularga bu ish oson emas. Shunday ekan,
ular
topgan pulni qadrlaylik, pulni behuda
narsalarga sarflamaylik.
Shunda ota-onamiz
bizdan xursand bo‘lishadi.
Qanday pul topish va uni qayerga ishlatish
borasida muqaddas Islom dinimiz ta’limotlarida
kerakli ko‘rsatmalar berilgan. Avvalo, pul halol
yo‘l bilan topilishi kerak. Birovlarni norozi qilib
topilgan pul, masalan o‘g‘rilik qilib topilgan
pul halol emas. Shundan keyin halol yo‘l bilan
topilgan
pulni halol ishlarga, ezgulik yo‘liga
sarflash kerak. Haloldan topib gunoh ishlarga,
yomonlik yo‘liga sarflash ham noto‘g‘ri.
www.ziyouz.com kutubxonasi