Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
520
o‘lganidan so‘ng ani kimsa duo ila yod qilmag‘ay
(Alisher Navoiy).
3. Saxovat shunday bir buyuk sifatki, uni
doim maqtov bilan eslaydilar.
4. Saxiy odam xalqqa dunyoni suvdek oqizib
ulashsa, xalq uning tevaragiga suvdek oqib,
yig‘ilib keladi.
5. Yumshamas ko‘ngilni saxiy yumshatadi,
yetib bo‘lmas murodga saxiy kishi erisha oladi.
6. Odamlar muhabbatini o‘zingga jalb qilmo-
qchi bo‘lsang, saxiy bo‘l, saxovat seni sevikli
qiladi.
7. Saxiylik juda yaxshi xislat, uni hech
qo‘ymaslik kerak, lekin o‘zganing moli bilan
saxiylik qilmaslik kerak.
To‘rtga bo‘lingan olma
(Ibratli hikoya)
or askarlari
asirga tushgan shayx
Shomil ustidan kulish uchun bir
necha kun unga na bir burda non va na bir
qultum suv beribdilar. So‘ng
qip-qizil chi-
royli olmani oldilariga qo‘yishibdi. Ularning
o‘ylashicha, och va tashna shayx Shomil ol-
maga tashlanib, ochofatlarcha yeyishi, ular esa
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
521
uni masxara qilib kulishlari kerak edi. Ammo
oradan yana bir necha kun o‘tibdi hamki,
shayx Shomil olmaga qo‘l urmay, uni tomosha
qilib o‘tiraveribdi. Bu holdan hayratga tush-
gan uch rus askari olmani nega yemayotganini
so‘rashibdi:
– Menga bir pichoq keltirsangiz, –
debdi
shayx. Aksarlar pichoq keltirishibdi. Shayx
Shomil olmani qo‘liga olib to‘rt qismga bo‘libdi.
Uch qismini uch askarga berib,
eng kichik
bo‘lagini o‘ziga olibdi...
Do'stlaringiz bilan baham: