Nazariy savollar: Pudrat shartnomasi
Download 20.15 Kb.
|
Fuqarolik huquqi 2-semestr ON —sirtqi
Nazariy savollar: Pudrat shartnomasi Pudrat shartnomasining huquqiy belgilarini sanab bering Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi Pudrat shartnomasi bo‘yicha javobgarlik Pudrat shartnomasi bo‘yicha Taraflarning huquq va majburiyatlari Pudrat shartnomasining turlari Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining huquqiy belgilarini sanab bering Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi taraflarning javobgarligi Yo‘lovchi tashish shartnomasi Yo‘lovchi tashish shartnomasining huquqiy belgilarini sanab bering! Yuk tashish shartnomasi Yuk tashish shartnomasining huquqiy belgilarini sanab bering! Charter (fraxtlash) shartnomasi Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining bekor bo‘lish asoslari Tashish shartnomalarining turlari Qarz shartnomasi Qarz shartnomasining huquqiy belgilarini sanab bering! Qarz shartnomasining shakli Aniq maqsadli qarz Kredit shartnomasi Kredit shartnomasining huquqiy belgilarini sanab bering! Kredit shartnomasining turlari Qarz shartnomasining Kredit shartnomasidan farqlari Keys-stadi (Kazuslar) 1. Obidov telvideniyadagi tanish usta bilan o’z televizoriga DMV bloki va DMVga mos antennani o’rnatish to’g’risida shartnoma tuzishdi. Ustaning xizmatlari haq evaziga bajarilishiga va hamma kerakli narsalar Obidov tomonidan topib berilishiga kelishishdi. Televizor tuzatib berilgach, Obidovning iltimosiga ko’ra usta televizorni tekshirib ko’ra boshladi, televizor yaxshi ishladi. Lekin videomagnitofon ulanganda ekranda faqat oq-qora tasvir ko’rinardi. Usta Obidovga televizorga PAYe bloki qo’yilsa televizor tasviri rangli bo’lishini aytdi, Obidov o’zida bunday blok borligini aytib, uni televizorga o’rnatib berishini iltimos qildi. Hamma ishlar bajarib bo’lganidan keyin usta televizorni yoqqanida televizor kuyib ketdi. Keyinchalik aniqlanishicha masofali boshqarish bloki nosoz bo’lib, uni ishlatganda qisqa tutashuv kelib chiqqan, usta esa obidov tomonidan berilgan blokni tegishli tartibda tekshirmasdan o’rnatgan. Obidov ustaga kelishilgan haqni berishdan bosh tortdi va televizorni usta tomonidan tuzatilib berilishini talab qildi. Usta esa o’z navbatida kelishilgan haqni to’lashni talab qildi va va televizorni o’z hisobidan tuzatmasligini, televizorni buzilishiga Obidov aybdorligini, u nosoz blok berganligini aytdi. Bu nizoda kim haq? Agarda nosoz blok usta tomonidan tayorlovchi zavod plombalari bilan qo’yilgan bo’lganda ushbu masala qanday hal qilinar edi. 2. Mirsobitov tikuvchi Ahmedov bilan qishqi palto tikish to’g’risida kelishib oldi. Shartnomaga ko’ra, Mirsobitov fakat gazlama yetkazib berishi kerak edi, hamma qo’shimcha materiallarni shu bilan birga qora rangli qorako’ldan bo’lgan yoqani ham Axmedov o’z hisobidan qo’shishi kerak edi. Paltoning narxi Ahmedov maslahatiga ko’ra Mirsobitov tomonidan tanlangan fasonga mos ravishda 500.000 so’m hisobida kelishildi. Ishlarni bajarish muddati 1 oy qilib belgilandi. Ikkinchi o’lchash davomida Ahmedov hamma asosiy ishlar tugallanganligini, lekin narx oshganligi sababli yoqani 250.000 so’mga sotib olganligini aytdi. Va ushbu holatni yakunlovchi hisob-kitobda e’tiborga olishni so’radi. Mirsobitov qo’shimcha 250.000 so’m to’lashga qarshi chiqib narxlarni o’zgartirish oqibatlari uni qiziqtirmasligini aytdi. Mirsobitov buyurtmani olishga kelganda paltoga ancha kichik xajmdagi qorako’l quyilganligini ko’rdi. Taraflar urtasida nizo kelib chiqdi. Mirsobitov buyurtmani avvalgi yoqasi bilan kelishilgan narxda berishni talab qildi. Ahmedovning fikricha, qo’shimcha 250.000 so’m to’lamasdan Mirsobitov ilgari kelishilgan yoqali paltoni olish huquqiga ega emas. Ushbu nizo yuzasidan ular sudga murojaat qilishdi. Sud qanday qaror chiqarishi lozim? 3. Fuqaro Mamatova ma’suliyati cheklangan «Atila» atelyesi bilan chet elda sotib olingan qimmatbaho gazlamadan kostyum tikishga shartlashishdi. Kostyum fasoni atelye rassomi tomonidan buyurtmachi figurasi va mato xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, fasonning ko’rinishi Mamatova bilan kelishilgan va shartnomaga ilova qilib qo’yilgan edi. Atelye hamma ishlarini vaqtida bajarib bo’ldi. Tayyor buyurtmani olgani kelgan buyurtmachi uni kiyib ko’rib tanlagan fasoni unga to’g’ri kelmasligini, yoshiga mos kelmasligini va semiz qilib ko’rsatishini aytdi. Bichiqchi buyurmachiga tayyor kostyumga o’zgartirishlar kiritilsa bu xol uning sifatiga salbiy ta’sir qilishini aytdi. Buyurtmachi tayyor kostyumni olishdan voz kechdi va atelyedan yangi fason bo’yicha boshqa kostyum tikib berishini so’radi. Atelye buyurtmachi talabini rad etib, bajarilgan ishning haqini talab qildi. Buyurtmachi sudga murojaat qildi. Sud majlisi davomida Mamatovaning advokati atelye buyurtmachidan rassom tomonidan ishlab chiqarilgan fasonning xususiyatlari to’g’risida ogohlantirishga majbur ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari pudratchi buyurtmachini buyurtma sifatiga ta’sir qiluvchi omillar to’g’risida ogohlantirishi shart deb aytdi. Masalani hal qiling. Agarda tayyor mahsulot fasoni buyurtmachiga yoqmasa, buyurtmachi pudratchiga qanday talablar qo’yishga haqli? 4.Tolipov atelyega to’y kostyumi tikishga buyurtma berdi. To’y 15 may kuniga bo’lib, buyurtma 10 mayga tayyor bo’lishi kerak edi. Tikish vaqtida bichilgan kostyumning ipi yo’qolib qoldi. Gazlama Tolipov tomonidan yetkazib berilganligi, atelyeda ushbu gazlama yo’qligi sababli ishni o’z vaqtida bajarish mumkin emas edi. Tolipov telefon orqali uning buyurtmasi muddatida tayyor bo’lmasligi, agarda rozi bo’lsa, haqini to’lash evaziga atelye boshqa gazlamadan kostyum tikib berishini ogohlantirildi. Yangi kostyum muddatida tayyor bo’lmasligiga ishongan Tolipov tijorat do’konidan xorijiy davlatda ishlangan kostyumni sotib oldi va atelyedan sotib olingan kostyum haqini to’lashni, shuningdek o’zining sotib olingan kostyum haqkining o’n barabar haqi miqdorida ma’naviy zararni to’lashni talab qildi. Sud atelyedan Tolipov tomonidan sotib olingan kostyum haqqini undirdi, boshqa talablarini sud rad etdi. Sud qarori to’g’rimi? Buyurtma vaqtida bajarilmaganda, shuningdek buyurtmachi tomonidan berilgan mato yo’qolganda buyurtmachi qanday huquqlarga ega bo’ladi? 5. Komilov radio, televizor apparaturasini tuzatish ustaxonasiga tekshirib ko’rish va texnik xizmat ko’rsatish uchun «DAEWOO» rusumli rangli televizorini topshirdi. Bir xafta vaqt o’tgach ustaxona binosida o’g’irlik sodir bo’lib, Komilovga tegishli televizor o’g’irlandi. Dastlabki tergov davomida aniqlanishicha, o’g’irlik sodir etilgan kechada ustaxona binosi ustaxona xodimining aybi bilan boshqaruv pultiga ulanmagan. Komilov ustaxonadan televizor haqini qoplashni talab qildi. Shuningdek neustoyki va ma’naviy zararni to’lashni talab qildi. Masalani hal qiling. Agarda Komilov ustaxonada ishlovchi tanishiga berib, hech qanday kvitansiya olmaganida masala qanday hal etilardi? 6. «Sharq» hissadorlik jamiyati «Montaj» kooperativi bilan xissadorlik jamiyati ehtiyojlari uchun personal kompyuterlarni o’rnatish, ishga tushurish va ularga xizmat ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuzdi. Shartnomaga muvofiq kompyuterlarni o’rnatish 1 sentyabrga qadar amalga oshirilishi lozim edi. Lekin 20 avgust kuni kooperativ kompyuterlarni o’rnatish ishlarini bajara olmasligini, narxlar o’zgarganligi munosabati bilan hissadorlik jamiyati uchun kompyuterlarni sotib ololmagangini aytdi. Bunda kompyuterlarni sotib olish va o’rnatish xarajatlari «Montaj» kooperativi hisobidan qoplanishi lozim edi. Ishlar bajarib bo’lganidan keyin hissadorlik jamiyati kooperativdan, kompyuterlarni ishga tushirish, tekshirish va ularga texnik xizmat ko’rsatishni talab qildi. Kooperativ vakili hissadorlik jamiyati tomonidan kooperativ bilan shartnomani bekor qilganligi va kompyuterlarni kooperativ ishga tushirish va tekshirish ishlari bajarilmaganligini bildirdi. Ularning fikricha xissadorlik jamiyati bilan mantaj kooperativi o’rtasida tuzilgan pudrat shartnomasi bo’yicha texnik xizmat ko’rsatish to’g’risidagi shart ham O’z kuchini yo’qotadi. Xissadorlik jamiyati xujalik sudiga mantaj kooperativini shartnoma bo’yicha O’z majburiyatlarini tuliq bajarishga majbur qilishni so’rab murojaat qiladi. Ushbu nizoda kim haq? 7. 1998 yil “Shijoat” auditorlik firmasi “Bo’kanon” OTAJ bilan jamiyat faoliyatini taftish qilish to’g’risida haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasini tuzadi. Shartnoma shartlariga ko’ra har yili moliyaviy yil yakunidan 1 oy oldin taftish o’tkazish, buning uchun jamiyat 3 oy oldin pul o’tkazib turish majburiyatlarini oladi. 2000 yili jamiyat taftish uchun firmaga pul o’tkazgandan so’ng, 1 oy o’tsa ham auditorlik taftishi o’tkazish boshlanmaydi. “Shijoat” auditorlik firmasi bunga vaj qilib, boshqa tashkilotlarda olib borilayotgan tekshirish nihoyasiga yetmagani va xodimlari keyinroq borishini bildiradi. Masala qanday hal etiladi? 8. Fuqaro Shokirov “ Ulug`nor “ xususiy firmasi bilan uyni pardozlash to`g`risida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi tuzadi. Shartnoma muddati 3 oy qilib belgilanadi. Lekin bu vaqt ichida Shokirov. Kerakli materiallarni olib bermaydi. Shartnoma muddato tugagach , xuxusiy firma unga bu davr ichida ketgan xarajatlarni va olishi mumkin bo`lgan foydanio to`lashi talab etadi. Shokirov Talabni rad etadi. Nizoni hal eting 9. Tоshkеntdаgi «Elеktrоаppаrаt» zаvоdi Surхоndаryo vilоyatidаgi qurilish trеstigа yuk krаnlаrining elеktrоmоtоrlаrini jo`nаtdi. Yuk bеlgilаngаn mаnzilgа 5 kun kеchikib kеldi. Elеktrоmоtоrlаrni o`z vаqtidа еtkаzib bеrmаgаnligi uchun zаvоd qurilish trеstigа shаrtnоmаni muddаtidа ijrо etilmаgаnligi uchun nеustоykа to`lаdi. Shu munоsаbаt bilаn zаvоd O`zbеkistоn Tеmir yo’llаri АJgа yukni o`z vаqtidа yеtkаzib bеrmаgаnligi uchun jаrimаni vа tеmir yo`lоvchilаr tоmоnidаn yеtkаzilgаn zаrаrni, ya`ni u sоtib оluvchigа to`lаgаn nеustоykа miqdоrini to`lаshni tаlаb qildi. Zаvоdning tаlаbini qоndirish kеrаkmi? 10. «Qаlqоn» yopiq turdаgi АJ tеmir yo`l bоshqаrmаsigа kоntеynеrdа kеltirilgаn vа bеlgilаngаn tаshqi ko`rinishdаn zаrаrlаngаnligini ko`rinib turgаn, yukning zаrаrlаnishi nаtijаsidа еtkаzilgаn zаrаrni qоplаshni tаlаb qildi. Dа`vоgаr bildirilgаn e`tirоzni rаd etib, tеmiryo`l bоshqаrmаsi, bаrchа аyb yuk jo`nаtuvchining zimmаsidа ekаnligini, chunki uyukni trаnspоrt bаyonnоmаsidа ko`rsаtilgаn, tеmirdа pаyvаndlаshdаn qоlgаn tеshiklаri bo`lgаn nоsоz kоntеynеrgа yuklаngаnligin аytаdi. «Qаlqоn» АJ yukning shikаstlаnishi uchun fаqаt tеmir yo`l bоshqаrmаsi jаvоbgаr bo`lishini, kоntеynеrdаgi kаmchilikni yukni оrtish pаytidа sеzishi mumkin emаsligini, bu qоrоng`idа fаqаt sun`iy yoritish оrqаli ko`rinishini bildirdi. «Qаlqоn» АJ dа`vоsi qоndirilаdimi? 11. «Bobur» firmasi «Non» AJning iltimosiga ko‘ra, non chiqarish uskunasini sotib olish uchun 1.000.000 so‘mni «Non» AJ hisobiga o‘tkazdi. Pul o‘tkazish «Non» AJning xatiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra pul 60 kundan keyin qaytarilishi kerak edi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin «Non» AJ pulni qaytarmadi. Va «Bobur» firmasi xo‘jalik sudida da’vo qo‘zgatdi. Xo‘jalik sudida AJning vakili tomonlar o‘rtasida kredit munosabati sodir etilmaganligini, tashkilotlarga kredit berish bank faoliyatining bir turi ekanligini va bunday faoliyat bilan faqat Markaziy Bankdan lisenziya olgan tashkilotlar shug‘ullanishi mumkinligi, firmada esa bunday lisenziya yo‘qligini bayon qildi. Firma manfaatlarini himoya qilayotgan advokat esa, tomonlar o‘rtasida kredit shartnomasi emas, qarz shartnomasi tuzilganligini aytdi. Qarz shartnomasini tuzish uchun esa lisenziya talab qilinmaydi. Bundan tashqari advokat sudda qarz shartnomasining kredit shartnomasi va bank omonati shartnomasidan farqlashni taklif qildi. Bu nizoda kim haq? Qarz shartnomasi, kredit shartnomasi va omonat shartnomasini tavsiflang. 12. Rajabov qarz shartnomasiga ko‘ra Alimovdan 1 yil muddatga xar oyda 15 foiz to‘lab turish sharti bilan pul oldi. Birinchi 6 oy lavomida u bu foizlarni to‘lab keldi. Keyin esa Alimovga qarzga olgan xamma pulini kaytarib berishni taklif qildi. Alimov rozi bo‘lmadi va xamma summani karz shartnomasi muddati tugaganidan keyin olishini aytdi. Nimaga Alimov karzni kaytarib olishni rad etdi? Bu holda Rajabov xar oylik foizlarni bundan keyin xam to‘lab borishga majburmi? 13. Tadbirkor G‘ulomov yaxna mevali ichimliklar ishlab chikarishiga sarflash uchun aniq maksadli qarz shartnomasi bo‘yicha bankdan pul oldi. Ammo buning o‘rniga bozor talablarini xisobga olib spirtli ichimliklar chiqara boshladi. Bank o’z navbatida berilgan pulning maqsadli ishlatilishini nazorat qila olmadi sababi, tadbirkor Gulomov mablag‘larni sarflash buyicha hisob-kitob daftarini yuritmas edi. Shu sababli bank G‘ulomovdan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va shartnomada belgilangan foizlarni ham to‘lab qo‘yishni talab qildi. Qarz beruvchining talablari uchun qonuniy asos bor edimi? Qarz oluvchiga shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham qandaydir sanksiyalar qo‘llash mumkinmi? Download 20.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling