Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
502
Sport o‘yinlari o‘quvchilarning sog‘ligi va 
axloqiga ko‘p foyda beradi. Ta’lim-tarbiya 
vazirligi sport va sport ishlariga alohida e’tibor 
berib, darslik programmalarida sport o‘yinlari 
uchun o‘quv soatlari ajratilgan. Bu vazirlik to-
monidan bu sohani o‘rgatadigan o‘qituvchilar 
tayinlanib, har yili musobaqalar uyushtiriladi 
va unda yutib chiqqanlar uchun mukofotlar 
belgilanadi. Lekin o‘yinlarning foydasi faqat 
quyidagi odoblarga rioya qilgandagina bo‘ladi.
1. O‘ynamoqchi bo‘lgan bola o‘yin vaqtida 
o‘rtoqlari bilan go‘zal odoblarga rioya qilgan 
holda o‘ynashi kerak.
2. O‘yin vaqtida hazillashib yomon so‘zlar va 
uyatsiz gaplarni aytmasin. Chunki kim o‘yin 
vaqtida tilini yomon so‘zlarga o‘rgatib qo‘ysa, 
jiddiy turgan vaqtlarida ham yomon so‘zlarni 
tilga oladigan bo‘lib qoladi.
3. Agar ikki guruh o‘ynayotgan bo‘lsa, biri 
yutib chiqsa, unisini mazah qilishi va ustidan 
kulishi uchun biri boshqasini o‘ziga dushman 
sanamasin.
4. O‘ynayotganlardan biri boshqasiga ozor 
berish, uni urish, kiyimini yirtish yoki erga 
yiqitishga harakat qilmasin. Chunki o‘ynovchi 
arzimas deb sanayotgan bu ishlar ba’zida o‘ta 
achinarli natijalar bilan tugaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
503
5. Futbol va basketbol kabi odatiy o‘yinlarni 
o‘ynasin.
6. Har bir o‘yinda o‘zining va o‘zi bilan 
o‘ynayotgan bolalarning kiyimlarini yirtish va 
kir qilib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lsin.
7. Ovqat egandan keyin darhol o‘ynamasin. 
Chunki bu narsa oshqozonga zarar qilib, jismni 
qiynab qo‘yadi.
8. Bolalar o‘yinlarni me’yorida o‘ynasinlar. 
Chunki charchab qolib maktab vazifalarini 
tayyorlashga kuch topa olmasliklari mumkin.
9. Qurol-aslaha yoki gugurt kabi uy jiho-
zlariga talafot yetkazadigan, koptok kabi dera-
za oynalarini va chiroqlarni sindiradigan nar-
salarni o‘ynamasin.
10. O‘yin uchun munosib vaqt tanlasin va 
odamlar dam oladigan yoki uxlaydigan, ma-
salan peshin vaqtiga o‘xshagan vaqtlarda 
o‘ynamasin.
11. Shuningdek, o‘yin uchun munosib joy 
ham tanlasin. Odam lar va mashinalar o‘tadigan 
ko‘chalarda o‘ynamasin. Bog‘lar va oqar su-
vlarga yaqin, bahavo joylar o‘yin uchun eng 
yaxshi joylardir.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling