Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
499
xoli bo‘lmaydi. Shunday ekan, aziz farzandim,
sen zinhor maqtanchoq bo‘lma, juda zo‘r ish-
larni qilsang ham kekkayma, o‘zingni maqta-
ma, seni boshqalar maqtasin. Aqlli bola o‘zini
maqtamaydi. Nodon bolalar esa birov ular qil-
gan
ishlarni tan olmasalar ham, doim o‘zini
maqtashga harakat qiladi.
Agar sen yaxshi,
bilimli va odobli bola bo‘lsang, insonlar sening
qanday
ekaningni bilishadi, maqtanishga va
o‘zingni ko‘z-ko‘z qilishga hojat qolmaydi. De-
mak, hayotda kamtar va xolis bo‘lish insonni
yuqori martabalarni egallashiga sabab bo‘ladi.
Zero, dono xalqimiz bejizga “kamtarga kamol,
manmanga zavol”, deb aytmagan.
Bolalar lug‘ati
Maqtanchoq odam
– o‘zini-o‘zi
maqtaydigan, maqtanishni yaxshi
ko‘radigan kishi.
Kamtar odam
– maqtanishni ista-
maydigan, o‘zini
boshqalardan past
oladigan, mag‘rurlanmaydigan kishi.
Xolis odam
– samimiy, qalbi toza, beg‘araz,
ko‘nglida kiri yo‘q, yaxshilikni biron ta’masiz
amalga oshiruvchi kishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi