Farzand tarbiyalashda maslahatlar
491
Hikmatlar
1. Ey farzand, dunyoda omon bo‘lay desang,
sergap bo‘lma, zarurat tug‘ilsa gapir, bo‘lmasa
jimlikni ixtiyor qil.
Eng yoqimli xislat tilni
saqlay bilishdir.
2. Sergaplik o‘z dushmaningdir,
chunki u
sening ayblaringni oshkor etadi, dushmaning-
ni esa joyidan qo‘zg‘atadi (Buni Muhammad
Zehniy shunday izohlaydi: “Ko‘p gapirishdan
saqlan, chunki ko‘p gapirsang, yashirin sirlar-
ing va kamchiliklaring o‘z-o‘zidan ochilib qola-
di, jim yotgan dushmanlaring esa xatoyingdan
foydalanib qoladilar”).
3. Gapirishdan ko‘ra eshitishda foyda ko‘p,
chunki eshituvchi o‘zgalar gapidan ibratli so‘z
durlarini terib oladi, bilmaganlarini o‘rganadi,
hayotning yaxshi-yomon
narsalari haqida
tajriba hosil qiladi.
4. Luqmoni hakimdan:
– Bemorga nima yediraylik? – deb
so‘rabdilar.
– Achchiq so‘zdan boshqa nima yedirsangiz
yediraveringlar, – debdi hakim.
www.ziyouz.com kutubxonasi