Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
488
1. Jamoat joylarda ovozini baland ko‘tarib 
gapirish.
2. Tevarak-atrof tozaligiga bee’tibor bo‘lish.
3. Me’yoridan ortiq hazil-mutoyiba qilish.
4. Odamlar orasida tishini tozalash, qo‘lini 
og‘ziga urish.
5. Og‘zini katta ochib esnash (esnaganda 
og‘iz o‘ng qo‘l bilan berkitiladi).
6. Jamoat orasida faqat o‘z manfaati uchun 
ish yuritish, ko‘pchilikni o‘ylamaslik.
7. Ko‘pchilik ichida bir odamni yomonlab, 
uning ayblarini ochish (aslida biron kishin-
ing aybi ko‘rinsa, uning o‘zini chetga chaqirib, 
muloyimlik bilan xatosi tushuntiriladi. Agar 
odamlar orasida aytilsa, u bundan noqulay 
holatga tushib, sizga dushman bo‘lib qolishi 
mumkin).
8. Ko‘pchilik orasida o‘zini maqtash.
Tilni befoyda so‘zlardan tiyish
y farzand, sen tilingni ehtiyot qil, faqat foy-
dali gaplarni gapir, behuda so‘zlardan yiroq 
bo‘l. Shunda odamlar orasida suyukli bo‘lasan.
Odamlar ichida suyukli bo‘lib yashashing uchun
quyidagi nasihatlarga amal qilishing kerak:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
489
1. Doim to‘g‘ri so‘zlashga odatlan. Chunki 
odamlar yolg‘onchi deb tanilgan kimsalar bi-
lan muomala qilishni va ularning so‘ziga quloq 
solishni xohlamaydilar.
2. Agar sendan kichikroq bo‘lsa ham, odam-
larga gapirganda ularni hurmat qilishga odat-
lan. Chunki o‘zingdan obro‘si past kishilarni ka-
msitishga tiling o‘rganib qolsa, o‘zingdan ulug‘ 
kishilarga nisbatan ham odobing yomonlashadi.
3. Do‘stlaringni so‘kma, haqorat qilma va 
ularni yomon ko‘radigan laqablar bilan chaq-
irma. Chunki bu qabih so‘zlar tarbiyang yo-
monligiga ishoradir.
4. Biron kishini o‘zi yo‘qligida u eshitishni 
xohlamaydigan gap-so‘z bilan eslama. Chunki 
kim odamlarning aybini qidirsa, odamlar ham 
uning aybini qidiradilar.
5. Adovat solish uchun odamlar o‘rtasida 
yomon gaplar tarqatadigan chaqimchi bo‘lma.
6. Sharmanda qilib, ayblarini hammaga yoy-
ishni xohlab odamlarning sirlarini fosh etma.
7. Payg‘ambarimiz alayhissalomning ushbu 
so‘zlari doim qulog‘ingda tursin: “Kim Allohga 
va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yax-
shi so‘z gapirsin yoki jim tursin”.
Aziz farzandlar, bilingki, donolar shunday 
deydilar:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling