Farzand tarbiyalashda maslahatlar
495
Birovlarni yomonlamaslik
Aziz bolalar, shuni bilingki, birovlarni yomon-
lash, ular haqida turli gap-so‘zlarni
tarqatish
g‘iybat bo‘ladi. G‘iybat asl insoniy fazilatlarga
teskaridir, odob-axloqli bola birovlarni yomon-
lash va odamlar haqida noloyiq so‘z aytishdan
saqlanadi. Garchi bir odam haqiqatda yomon
bo‘lsa, uni behuda tilga olaverish, aybini oshkor
qilish yaxshi emas. Balki kishining aybini yolg‘iz
o‘ziga aytib, tuzatishga harakat qilish yaxshidir.
Ko‘ngli qora odamlar kishi aybini hammaning
o‘rtasida gapirib, birovni uyaltirishni xohlaydi-
lar. Qalbi pok insonlar esa o‘ziga o‘xshagan in-
sonlar haqida yomon gaplarni tarqatmaydilar.
Bolalar lug‘ati
G‘iybat
– birovni kamsitish, ayb-
lash
va odamlar kamchiligini osh-
kor etish.
Tuhmat
(bo‘hton) – birovni
yolg‘ondan ayblash va aybsiz odam-
ga kamchiliklar xos ekanini da’ vo
qilish.
www.ziyouz.com kutubxonasi