Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
480
So‘zlashish va muomala odobi
y farzand, sen o‘z yumushlaringni baja-
rishda odamlar bilan muomala qilasan. 
Buning uchun senga til berilgan. Sen til bi-
lan boshqa jonzotlardan afzaldirsan. Shuning 
uchun sen chiroyli did-farosatga rioya qilgan 
holda va to‘la odob bilan tilingni faqat foydali 
narsalarga ishlatishing kerak.
Buning uchun quyidagilarga rioya qilishing 
lozim:
1. Agar bir odamga gapirsang, o‘rtacha ovoz 
bilan gapir, ya’ni sen bilan gaplashayotgan 
odam ranjib qolmasligi uchun ovozingni juda 
baland ham, past ham qilma.
2. Har bir kishi bilan darajasiga qarab ga-
plashishga odatlan, ota-onang, ustozlaring va 
boshliqlaring bilan gaplashganda to‘la odobga 
rioya qil. Kichik ukalaring, uydagi xizmatchilar 
kabi sen bilan darajasi barobar kishilarga nis-
batan yumshoq va muloyim bo‘lishga harakat qil.
3. Chiroyli, oson, maqsadni aniq ifoda etu-
vchi so‘zlarni tanla va odamlarga so‘zingdan 
malol etmasligi uchun ko‘p takror qilma.
4. Shoshilmay gapir, qo‘ling va boshing bilan 
ko‘p ishora qilma. So‘zingni tinglashga majbur 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
481
qilish uchun sen gaplashayotgan odamning bi-
ron a’zosini ushlab olma.
5. O‘zing haqingda va o‘zingdagi fazilatlar 
haqida gapirma. Chunki odamlar o‘zini maqta-
gan kishini yomon ko‘radilar.
6. Sergap bo‘lma va so‘zni faqat o‘zingniki 
qilib olma. Chunki suhbatdoshing senga javob 
qaytara olmasligi mumkin.
7. Senga gapirayotgan odamni qo‘yib bosh-
qasi bilan gaplashishga yoki kitob va jurnal 
o‘qishga chalg‘ib ketma, so‘zini tamomlashdan 
oldin suhbatdoshing so‘zini bo‘lma.
8. Agar suhbatdoshing so‘zidan biron noto‘g‘-
ri narsani topsang, yolg‘onchiga chiqarib yoki 
e’tiroz bildirib, uni xijolat qilma. Chunki u 
ozorlanadi va seni yomon ko‘rib qoladi.
9. Agar birov sen biladigan biron hikoyatni 
gapirayotgan bo‘lsa, so‘zini bo‘lib qo‘ymasliging 
uchun hikoyani bilishingni aytib, uni hijolat 
qilma. Bilsang ham sabr bilan tingla.
10. Agar bir guruh odamlar o‘zlariga tegish-
li mavzuda gaplashayotgan bo‘lishsa, ularning 
gapiga qo‘shilma. Faqat o‘zlari seni suhbatga 
taklif qilishsagina, ularga borib qo‘shil.
11. Jamoat joylarda baland ovozda gapiril-
maydi.
“Maxzanul-ulum” kitobida so‘zlashish odobi 
haqida shunday deyilgan: “So‘zlashish odobi 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling