Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
472
mak uchun mushukning orqasidan quvib qo‘-
li dagi kaltak bilan uni ura boshladi. Mushuk
esa bir joydan boshqa joyga sakrar,
jonini
qutqarish uchun har tarafga qochardi. Nati-
jada u xonadagi chinni idishlardan birini yer-
ga tushirib, uni sindirdi. Bundan bola badtar
g‘azablanib, mushukni beayov ura boshladi.
Mushukning joni og‘rib, butun kuchini to‘plab,
bolaning o‘ziga chang soldi va uning yuzini
yumdalab oldi. Buni kutmagan bola eshikka
qarab qochdi va yordam so‘rab baqira bosh-
ladi. Mushuk esa fursatni boy bermay uydan
qochib ketdi. Shu bilan bolaning yuzi bir umr
tirtiq bo‘lib qoldi.
navoiy bobomiz ibrati
(Ibratli hikoya)
avoiy bobomizning har kungi odatlari
shu ediki, asr namozini ado etgandan
keyin namozda bo‘lmaganlarni so‘rab-surishti-
rar, betob bo‘lganlar yoki hojatmandlar bo‘lsa,
ulardan hol-ahvol so‘rar, ularga behad mehri-
bonliklar ko‘rsatardi.
Bir kuni bu odatiga
xilof ravishda namoz-
dan keyin tezlik bilan o‘z bog‘lari tomonga qa-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
473
rab ketdi va biror joyda to‘xtamadi. Odamlar
bundan hayron bo‘ldilar.
Hazrat Navoiy bu holni shunday izohladi:
– Men masjidga kelayotganimda, falon joy-
da tahorat olgan edim. Namozda turganim-
da yelkamda bir chumoli o‘rmalayotganini
ko‘rdim.
Bildimki, tahorat olgan joyimda u
menga ilashgan ekan. Mabodo u mening yelka-
mdan tushib, ozor topsa va iniga yo‘l topol-
masa,
shu sababdan uvoliga qolarman, deb
qo‘rqdim. Shuning uchun namozdan keyin
tezlik bilan tahorat olgan joyga borib, uni ini
oldiga qo‘ydim, ozor yetkazish tashvishidan
qutuldim. Hazratning xizmatidagilar bu hikoy-
ani eshitgandan keyin qay darajada jonzotlar-
ga rahmdil ekanidan hayratlandilar va duoga
qo‘l ochdilar (Xondamir, “Makorimul axloq”).
Yodda saqlang:
Alisher Navoiy – o‘zbek
mumtoz
adabiyatining asoschisi, adabiy
tilimizni kamoliga yetkazgan ulug‘ shoir va
mutafakkir.
www.ziyouz.com kutubxonasi