Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
478 “assalomu alaykum”, degani “sizga tinchlik va salomatlik tilayman” ma’nosini anglatadi. “Assomu alaykum” esa “sizga o‘lim bo‘lsin”, deganidir. Albatta biz o‘zimiz yaxshi ko‘rgan insonlarga faqat yaxshilik tilaymiz. Shunday- mi? Demak, salomni to‘liq va to‘g‘ri berishi- miz kerak. Yana “assalom” deyish ham yetarli emas. “Assalom” tinchlik-salomatlikdir. Ammo salomning ortidan “alaykum” qo‘shilmasa, bu tilak kimga bildirilayotgani ma’lum bo‘lmay qoladi. Aziz bolalar, yana bir narsani bilib olinglar- ki, agar birontasi sizlarga chala salom bersa yoki sizlar tushunmaydigan biron tilakni bil- dirsa, ularga “va alaykum”, deb javob qay- tariladi. Bu “sizga ham shuni tilayman” de- ganidir. Shunda u sizga salomatlik tilasa, siz ham unga salomatlik tilagan bo‘lasiz. Agar du- shmanlik ma’nosida biron so‘z aytgan bo‘lsa, unga munosib javob qaytargan bo‘lasiz. Hikmat alom berish odam uchun omonlik de- makdir. Salom berilsa, jon undan omon- lik topadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 479 Haqiqiy do‘stlik qadri (Ibratli hikoya) hmad odobli o‘quvchi. Bir kuni u isit- malab kasal bo‘lib qoldi. Tuzalguniga- cha o‘rnidan turolmay yotdi. Maktabdoshlari va qo‘shnilar uni ko‘rish uchun kelib, sog‘ayib ketishini tilab duo qilishdi. Otasi ko‘rish uc- hun uyga kelganlar yoki telefon orqa- li so‘raganlarning ko‘pligidan taajjublanib, ularning biridan so‘radi: – Sen Ahmadning do‘stimisan, sen uni yax- shi ko‘rasanmi? – Ha! – deb javob berdi u. – Senga uning qaysi bir xulqi yoqadi? – Uning yuzidan hamisha tabassum arimay- di, do‘stlari bilan chiroyli odob bilan ko‘rishadi, birinchi bo‘lib ularga salom beradi, salomiga muloyimlik bilan javob qaytaradi, ko‘rinmay qolgan kishilar haqida so‘raydi va kasallarni borib ko‘radi. Shundan keyin otasi o‘g‘li o‘z odobi va mu- loyimligi bilan odamlar mehrini qozonganini bildi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling