Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
468
o‘g‘rilik va odamlar sha’nini oyoq osti qilish 
harom ishlardan ekani ta’kidlangan.
Hurmatli farzandlar, jamiyat oldidagi vazi-
falarni sanab o‘tar ekanmiz, beixtiyor “dav-
lat mulki” degan tushuncha yodimizga keladi. 
Davlat mulki bu millat mulkidir. Unda barch-
aning haqi bor. Shu sabab odobli bolalar davlat 
mulkini o‘g‘irlashi, unga zarar berishi kerak 
emas, balki uni o‘z mulkidek qo‘riqlashi lozim. 
Sen maktabdagi o‘quv jihozlarini, parta va 
darsliklarni qanchalik avaylab-asrasang, dav-
lat mulkini saqlagan, o‘zingga va jamiyatga 
foyda keltirgan bo‘lasan.
Bolalar lug‘ati
Jamiyat 
– birlashma, tashki-
lot; kishilar jamoasi (“jamiyat” va 
“jamoat” so‘zlari bir-biriga yaqin 
ma’noni anglatadi).
Jinoyat
– ayb, gunoh, jinoiy 
ish, yomon oqibatlarga olib boru-
vchi zararli xatti-harakat.
Sha’nini oyoq osti qilish
hurmatini 
toptash, obro‘sini to‘kish.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
469
Jonzotlarga shafqatli bo‘lish
y farzand, odobli bolaning qalbi insonlar-
ga va jamiki jonzotlarga nisbatan mehr-
shafqatga to‘la bo‘ladi, birontaning ko‘ngliga ozor 
yetkazmaydi, hayvonlarga zarar bermaydi. Hay-
vonlarda inson uchun foyda ko‘p. Mol go‘shtini 
yeyiladi, sutini ichiladi, terisi va junidan kiyim-
lar tikiladi, bir joydan boshqa joyga borishda 
unga miniladi. U dehqonga beminnat dastyor va 
yordamchidir: yerini haydab beradi, sug‘orish 
charxpalaklarini aylantiradi va og‘ir yuklarini 
manzilga yetkazadi va yig‘ilgan hosilini uyga 
tashib keltiradi. Shuning uchun biz jonzotlarga 
mehribon bo‘lib, muloyimlik bilan muomala qil-
ishimiz kerak. Chunki ular ham his qiladi, agar 
urilsa, joni og‘riydi. Lekin buni gapira olmaydi. 
Ba’zi nodon va johil odamlar ot-ulovini yurish-
dan bosh tortsa, boshiga kaltak bilan uradi. Bu 
esa ularning haqini poymol qilishga kiradi. Inson 
qalbidagi mehr-muhabbat uning imon-e’tiqodiga 
bog‘liq. Imoni kuchli odam barcha tirik jonzot-
larga mehr-shafqatli bo‘lishi tabiiydir. Ko‘nglida 
kiri bor yomon kimsalar hayvonlarga shafqat ni-
maligini unutadi, ularni bekordan bekor qiynay-
dilar, uradilar va haqoratlaydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling