Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Ruxsat so‘rash odobi
ziz bolalar, biron joyga borishdan oldin 
ota-onadan ruxsat so‘rash kerak. Ularn-
ing ruxsatisiz yoki aytmasdan ketib qolish du-
rust emas. Chunki ota-onamiz bizlardan xavotir 
olishadi. Yana ular biz bilmagan narsalarni bi-
ladilar. Agar biz boradigan joy xatarli bo‘lsa, u 
yerga borishdan qaytarishadi. Shuning uchun 
har doim ularning ruxsati bilan ko‘chaga chiq-
ish kerak. O‘z uyimizdan boshqa uylarga, hatto 
qo‘ni-qo‘shni yoki qarindoshlar uyiga kirishdan 
oldin ham albatta ruxsat so‘rash kerak. Eshik 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
460
tirqishidan mo‘ralash yoki chaqirmasdan to‘g‘ri 
uyga bostirib borish odobsizlikdir. Tashqarida 
chaqirgach, oldiga odam chiqishini kutib tu-
riladi. Agar ruxsat berilsa, ichkariga kiriladi. 
Shuningdek, ota-onamiz o‘z uylarida bo‘lgan 
vaqtlarida ham oldilariga kirishdan avval “Ota 
yoki ona, kirsam maylimi”, deb ruxsat so‘rash 
kerak. Ruxsat olmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri oldi-
lariga kirib borish odobli bolaga yarashmaydi.
Bundan tashqari, oila davrasida katta yo-
shlilar suhbat lashayotganlarida biron fikr ay-
tmoqchi bo‘lsang, oldin “Men ham gapirsam 
bo‘ladimi?” deb ruxsat so‘rab, ruxsat bo‘lsa, 
gapirish kerak. Ammo kattalar so‘zini bo‘lish 
yo ularning suhbatiga iznsiz aralashish aslo 
to‘g‘ri emas.
Bolalar lug‘ati
Ruxsat so‘rash
– izn so‘rash, 
biron ishni qilish uchun rozilik ol-
ish.
Mo‘ralash
– to‘siq, tirqish yoki 
teshik orqali ichkariga qarash.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
461
ojiz odamlarga mehribonlik qilish
y farzand, Alloh kuch-quvvat va tan-
sog‘lik ato etgan yoki mol-dunyo va shon-
shuhrat bergan kishilar mana shu ne’matlar 
evaziga shukr bajo qilishlari uchun ojiz va zaif 
kishilarga yordam berish lozim. Shuni unutma:
1. Agar ota-onang yoshlari ulg‘ayib, senga 
muhtoj bo‘lib qolsalar, ularga mehribonlik 
ko‘rsat va ehtiyojlarini qondiradigan darajada 
ularga pul berib tur. Chunki ular ham sening 
baxtli bo‘lishing uchun o‘zlarini ko‘p hayot la-
zzatlaridan mahrum etganlar.
2. Agar odamlar ko‘p chiqqan avtobusda 
bo‘lsang va biron keksa, kasal, zaif kimsa yoki 
bir ayol o‘tirishga joy topa olmasa, sen o‘tirgan 
bo‘lsang, darhol o‘rningdan turib ularga joy 
ber.
3. Agar sening xizmatkoring bo‘lsa, unga to-
qatidan ortiq ish yuklama, haqoratlab va xor-
lab unga ozor berma, uni yetarli ovqat yey-
ishidan mahrum etma va uni urib azoblama.
4. Agar uyda uy hayvonlari bo‘lsa, ularni 
qiy nama, yetarli taom va suvini ber.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling