Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
456
Yaxshilikning mukofoti
(Ibratli hikoya)
o‘pon Ahmad tog‘aning g‘am-tash-
vishlari ko‘p edi. U urushning og‘ir
yillarini sira unuta olmaydi. Chunki xuddi shu
yillarda o‘zining qadrdonlarini yo‘qotgan edi.
Turmush o‘rtog‘i vafot etib, o‘g‘li daraksiz
ketgan, shahardagi
ishidan ajragandan keyin
qishloqda cho‘pon bo‘lib ishlayotgan edi. Bir
kuni yo‘l chetida qo‘ylarini boqib turganida
bir kasalmand yigitni shaharga kuzatayotgan
odamlarni ko‘rib qoldi. Afti-basharasidan uning
kambag‘alligi bilinib,
kalta kamzulda sovuq-
dan qaltirab turardi. Shunda cho‘pon Ahmad
tog‘a necha yillardan beri ustidan yechmagan
chakmonini unga kiygizib qo‘ydi.
Kasalxona yo‘lakchasida shifokor tashxisi-
ni kutib turgan kasalmand
yigit bir kishining
yelkasiga qo‘lini qo‘yib «ota» deb chaqirgani-
ni sezdi. Kasalmand
yigit bundan ajablandi va
boshini ko‘tarib unga qaradi. Dastlab «ota» deb
chaqirgan bu yigitni tanimadi. Yigit ham hayron
bo‘ldi va undan uzr so‘rab shunday dedi: «Siz
kiygan bu chakmon men necha yillardan beri
ko‘rmagan otamning chakmoniga o‘xshar ekan,
men sizni otam deb o‘ylabman, kechirasiz».
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
457
Kasalmand yigit undan: «Otangiz kim edi-
lar?» deb so‘radi va biroz gaplashib o‘tirgandan
keyin bildiki, u chakmonini bergan cho‘pon
Ahmad tog‘aning o‘g‘li ekan. Shunda unga:
«Chindan ham bu chakmon otangizniki, siz
adashmadingiz», dedi. Shifokor ko‘rigidan
o‘tgandan so‘ng kasalmand yigit cho‘pon Ah-
mad tog‘aning
shifoxonada shifokor yordam-
chisi bo‘lib ishlaydigan o‘g‘li bilan qishloqqa qa-
ytdi. Shunday qilib, cho‘pon Ahmad tog‘aning
yaxshiligi o‘g‘lining topilishiga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: